O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə123/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

Tahrir nima? (2 soat)



117
Tahrir zaruriyati. Tahrirda ma’no va mantiqning ustuvorligi. Ortiqcha yoki


yetishmaydigan qismlar haqida tushuncha. Ega bilan kesimning, qaratqich va
qaralmishning mutanosibligi. Uyushiq bo‘laklar.
Amaliy mashg‘ulot. (2 soat) 
Matn bilan ishlash.
Notiq mahorati. (2 soat)
Notiq va auditoriya. Notiqning tayyorgarlik bosqichlari. Nutq jarayonida
notiqning ahloqiy-ma’naviy nuqtayi nazari.
Nazorat ishi. (2 soat) 
“Ta’sirchan nutq qanday bo‘lishi kerak?”
Xulosa. (1 soat) 
Nutq tayyorlash bo‘yicha maxsus tavsiyalar. Nutq, notiq va ma’naviyat.

Mavzularni o‘rganish uchun – 20 soat 
Amaliy mashg‘ulotlar uchun – 10 soat 
Nazorat ishlari uchun – 4 soat 

9-SINF 
(102 soat, haftasiga 3 soatdan), (A2+: 136 soat).

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:


Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: 

A2 
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet,
lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron
pochta va boshq.) foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat
bildirish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o‘z faoliyatida qo‘llay olish.
A2+ 
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet,
lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron
pochta va boshq.) zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta
ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-
madaniyatga rioya qilish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2 
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-
ma’naviy ehtiyojga aylanta olish;
badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash
va ularga amal qilish;



118
badiiy kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish, xulosa chiqarish, ibrat olish;


o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat
qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera olish.
A2+ 
badiiy, publitsistik, ilmiy, ilmiy-ommabop, fan va texnika, san’at va
boshqalarga doir kitoblarni muntazam o‘qish, o‘rganish, va xulosa chiqarish,
tegishli holatlarda ulardan o‘z fikrining isboti va dalili sifatida amaliyotda
foydalana olish.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin