O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə116/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: 
A2 
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy adabiyot namunalari (nasriy, she’riy,
dramatik asar yoki ulardan olingan parcha)ni farqlaydi va tahlil qila oladi;
badiiy tasvir vositalarini farqlay oladi, ularni berilgan matndan topadi va
tahlilda foydalana oladi;
asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi;
asar qahramonlari xarakteriga xos fazilat va nuqsonlarga munosabat bildiradi,
baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab xulosa chiqara oladi;
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy adabiyotga oid asar va uning
qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tavsif bera oladi;
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z
bilan ifodalab bera oladi.
A2+ 
asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi;
adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan badiiy-estetik hodisalarga
mustaqil va ijodiy munosabat bildira oladi;
asarlarga annotatsiya, hamda kichik xabarlar yoza oladi;
nutqning ma’no turlari: tavsif, hikoya qilish va mushohadaning o‘ziga xos
jihatlarini tushuna oladi.

Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat)
Nazorat ishi: Test. (1 soat)
Takrorlash: (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2 soat)

25-26-mavzu. Usmon Nosir. “Yurak”, “Nil va Rim”, “Monolog”
she’rlari. (2 soat, A2+: 4 soat)
Usmon Nosirning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Shoirning adabiy
merosi. Shoir she’rlarida tabiat go‘zalliklari bilan pokiza qalbli inson tuyg‘ulari
o‘rtasidagi hamohanglik. Usmon Nosir she’rlarida odamning go‘zallikka munosib
bo‘lishi ulkan bir istak sifatida ifodalangani.
“Yurak” she’rining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. She’rdagi tuyg‘u va fikr
parvozi. She’rning ohangdorligi. “Nil va Rim” she’ri – erk madhiyasi ekanligi.



112
She’rda tarixga – ozodlik va mustaqillik uchun olib borilgan asriy kurash


sahifalariga murojaat qilib, insoniy erk uchun kurashning abadiyligi va
davomiyligi masalasining yuksak ifoda etilgani.
“Monolog” she’rida sevgi mavzuining o‘ziga xos talqini. Shoir uslubidagi
ichki shiddatli ritm va keskinlik, o‘xshatish va jonlantirishlarning originalligi.
Shoirning betakror so‘z qo‘llash mahorati. Usmon Nosir lirikasining faqat
o‘zigagina xos bo‘lgan qirralari.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin