108
inson mehnatini yengillashtiradigan, fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo‘la olish hamda ulardan foydalana olish.
1-mavzu. Kirish. (1 soat)
Davr, ijodkor va adabiyot. Adabiyotda muayyan
millat hayotiga daxldor
jihatlarning aks ettirilishi. Muayyan davrga xos xususiyatlarning badiiy asarlarda
tasvirlanishi. Badiiy adabiyotda zamondosh obrazining ifodalanishi. Adabiyotning
ijtimoiy muammolarga hamohangligi va umrboqiyligi o‘rtasidagi aloqa.
Badiiy
adabiyot adabiy til shakllanishidagi asosiy vosita sifatida.
I.
XALQ OG‘ZAKI IJODI
(5 soat, A2+: 1 soat))
2-6-mavzu. “Kuntug‘mish” dostoni. (5 soat, A2+: 6 soat))
Xalq dostonlarining millat ruhiyatini aks ettirishdagi o‘rni. Ularning turlari (1
soat)
“Kuntug‘mish” ishqiy-sarguzasht dostonlarning namunasi sifatida. Asar
syujetining
sarguzashtlarga
boyligi.
Qahramonlar
taqdirini
belgilovchi
hodisalarning maishiy turmushga yaqinligi. Kuntug‘mish obrazi. Unga xos
jo‘mardlik, tantilik, jasurlik va ayni vaqtda soddalik sifatlari. Kuntug‘mish
tabiatidagi samimiyat va ishonuvchanlik xislatlari. Xolbekada o‘zbek qizlariga xos
go‘zallik, o‘ktamlik, erkalik, shaddodlik, mayinlik va
mehribonlik sifatlarining
namoyon bo‘lishi. Dostonda ayollarga xos shubhaga berilish,
injiqlik, sinchkovlik
sifatlarining ishonarli tasvirlanganligi (2 soat).
Dostondagi Gurkiboy va Mohiboy obrazlarining tasviri. Gurkiboyga xos
bosiqlik,
mehribonlik, mulohazakorlik hamda Mohiboyning quv, tajang,
qaytmas
yigitcha ekanligi. Dostondagi boshqa obrazlar tasviri (1 soat).
Dostonning badiiy xususiyatlari. Nazariy ma’lumot. Doston (1soat).
Dostları ilə paylaş: