110
“Sog‘inish” she’rida otaga xos sog‘inch tuyg‘usining tiniq va jozibali
ifodalanishi. Lirik qahramon tabiatida milliy o‘ziga xoslikning bo‘rtib ko‘rinishi.
She’rda
yaxshilikka,
ezgulikka, ertangi kunga ishonch tuyg‘ulari
falsafiy
tasvirlanishi. “Vaqt” she’rida umr falsafasi, hayotning har bir daqiqasini qadrlab va
iz qoldirib yashashga da’vatning yuksak poetik shaklda ifodalanishi. “Bilib qo‘yki,
seni Vatan kutadi” she’rida barkamol yoshlarni
Vatan kutayotganligini,
ularning
Vatani oldidagi mas’uliyati shoirona mahorat bilan tasvirlanishi. Shoir she’rlarida
so‘z qo‘llash san’ati.
22-24-mavzu. M. Shayxzoda. “Jaloliddin Manguberdi” dramasi (3 соат,
А2+: 5 соат).
Shayxzodaning o‘zbek dramaturgiyasi taraqqiyotida tutgan o‘rni.
“Jaloliddin Manguberdi” dramasi o‘zbek adabiyoti
dramaturgiyasining yetuk
namunasi sifatida. Asarda mo`g`il istilochilariga qarshi kurashgan xalq qahramoni
Jaloliddin Manguberdi obrazi va unga xos bo`lgan vatanparvarlik
sifatlarining
tasviri. Asar qahramoni haqidagi tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaning o‘zaro
munosabati. Dramadagi falsafiy ruh va til jozibadorligi.
Nazariy ma’lumot. Drama.
Dostları ilə paylaş: