O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


-29-mavzu. Asqad Muxtor. “Chinor” romani. (3 soat, A2+: 5 soat)



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə117/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

27-29-mavzu. Asqad Muxtor. “Chinor” romani. (3 soat, A2+: 5 soat)
Asqad Muxtorning nasriy ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
“Chinor” romani adibning ijodidagi yangi bosqich sifatida. Romanning
yetakchi qahramonlari va kompozitsion o‘ziga xosligi. Akbarali qismati haqidagi
fasl “Chinor” romanining eng dramatik sahnalaridan biri ekanligi. Asarda insoniy
ojizlik, loqaydlik, qo‘rqoqlik, irodasizlik fojiaga olib kelishi mumkinligining
ishonarli tasvirlab berilgani. Lahzalik qo‘rqoqlik sababli Bektemirning o‘limiga
sabab bo‘lgan Akbaralini vijdon azobi tinimsiz ta’qib etishi va oxir-oqibat
halokatga olib kelishi. Bu voqea tasviridagi samimiylik va ta’sirchanlik. Akbarali
ruhiy olamining teran tasviri. Romanning yuksak tarbiyaviy ahamiyati.
Nazariy ma’lumot. Roman haqida.
30-32-mavzu. Said Ahmad. “Ufq” romanidan parcha. (3 soat, A2+: 5 
soat) 
Yozuvchining “Ufq” trilogiyasi haqida ma’lumot.
Romanda Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbek xalqi hayotining haqqoniy
tasvir etilishi. “Hijron kunlarida” kitobining bosh qahramoni Ikromjon – murakkab
taqdirli shaxs. Beshafqat urushning asar qahramonlari taqdiridagi izlari.
Yozuvchining xarakter yaratishdagi milliy o‘ziga xosligi. Asardagi tabiiylik va
ruhiy tahlil. Roman tilining jozibadorligi. Asarning tarbiyaviy ahamiyati.
Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat)
33-mavzu. Ozod Sharafiddinov. “O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan”
maqolasi. (1 soat, A2+: 2 soat) 
Adabiyotshunosning hayoti va ijodiy faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot.
Adibning o‘zbek madaniyati, fani va publitsistikasi rivojiga qo‘shgan ulkan
hissasi. O. Sharafiddinovning ijodda va hayotda halollik, prinsipiallik, adolatlilik
singari qadriyatlarni yuksak tutgani.
Adibning “O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” maqolasida ilgari surilgan
g‘oyalar. Vatan tuyg‘usi, Vatan oldidagi farzandlik burchini anglash masalalari O.
Sharafiddinov talqinida. Bu borada muallifning o‘zi va zamondoshlari oldiga
qo‘ygan talablari. Maqolaning bugungi yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin