98
“Tug‘ilish”, “Yo‘l”, “O‘zimniki bu umr..” she’rlarida shoir ruhiy olamining
ifodalanishi. Bu she’rlarda yashashdan maqsad xalq va jamiyat oldidagi
mas’uliyatni his etib yashash va o‘zidan
yaxshi iz, yaxshi nom qoldirish,
degan
g‘oyaning badiiy mujassamlanishi. Asqad Muxtor she’rlaridagi fikr va tuyg‘u
uyg‘unligidagi o‘ziga xoslik. Bu she’rlarning badiiy xususiyatlari.
Nazariy ma’lumot. She’r vaznlari haqida.
11-13-mavzu. Mirmuhsin. “Me’mor” romanidan parcha. (3 soat, A2+: 5
soat)
Mirmuhsin hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Asarda XV asr
voqealarining tasvirlanganligi. Asar qahramonining
sidqidildan xizmat qilganligi,
muhtasham binolar qurib, hukmdorlar shuhratiga shuhrat qo‘shganligi, har qancha
qiyinchilikka uchrasa-da, o‘z
qarashlariga, e’tiqodiga sodiq qolganligi. Me’mor
taqdiri orqali iste’dodli kishilar timsolining berilishi. Asardagi Najmiddin Buxoriy
timsoli.
Nazariy ma’lumot. Roman va uning turlari.
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili.
(2 soat A2+: 3 soat)
Nazorat ishi: Test. (1 soat)
Takrorlash: (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat A2+: 2 soat)
14-15-mavzu. O‘lmas Umarbekov. “Qiyomat qarz” hikoyasi. (2 soat)
Yozuvchi hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. “Qiyomat qarz”
hikoyasida aks ettirilgan inson kechinmalari, iztiroblari tasviri, hikoyadagi insoniy
qadriyatlar talqini. Asarda millatga xos samimiylik,
soddalik, bag‘rikenglik va
irodalilikning ifodalanishi. Hikoya qahramonining qarzdorligi,
kechinmalari va
iztiroblarining haqqoniy tasvirlanganligi. Sarsonboy ota timsoli. Hikoyaning
ahamiyati va ifoda tarzi. Hikoya
orqali millatga xos halollik, o‘zganing haqidan
qo‘rqish kabi insoniy sifatlarning ulug‘lanishi.
Nazariy ma’lumot. Hikoya haqida.
Dostları ilə paylaş: