O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə99/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2 
oila, maktab, mahallada bo‘layotgan jarayonlarga daxldorlikni his etish va
ularda faol ishtirok etish.
A2+ 
oila, maktab, mahallada bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘z burchini tushunish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya: 
A2 
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy
qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, orasta kiyinish.
A2+ 
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy
qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta
kiyinish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish 
hamda foydalanish kompetensiyasi: 
A2 
aniq reja tuza olish, kundalik faoliyatda turli formula, chizmalarni o‘qiy olish.
A2+ 
kundalik reja tuza olish, turli formula, chizmalarni o‘qiy olish.

1-mavzu. Kirish. Badiiy so‘z qudrati (1 soat) 
Badiiy adabiyotning so‘z san’ati ekanligi. Uning boshqa san’at turlari
o‘rtasidagi o‘rni va ahamiyati. Hayot hodisalarini badiiy obrazlar vositasida
tasvirlashning o‘ziga xosligi. Badiiy adabiyotning ilmiy adabiyotdan va san’atning
boshqa turlaridan farqi. Adabiy tur va janrlar.

I. 
KO‘ZIM QAROG‘IDASAN, VATAN! 
(7 soat, A2+: 2 soat) 

2-3-mavzu. Hamza. “Jonlarni jononi vatan”, “Dardiga darmon istamas”
she’rlari. (2 soat) 
Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti namoyandalari ijodida Vatan
mavzuining asosiy o‘rinni egallash sabablari.
“Vatan”, “Dardiga darmon istamas” she’rlarida chorizm zulmi ostida ezilgan,
jaholat botqog‘iga botgan Turkiston xalqlari qismatiga qayg‘urish. Shoirning xalq



97
og‘zaki ijodiga xos timsollar va xalq iboralaridan foydalanishi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin