O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


-48-mavzu. Ibroyim Yusupov she’riyati. “Qadrdon so‘qmoqlar” she’ri



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə96/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

47-48-mavzu. Ibroyim Yusupov she’riyati. “Qadrdon so‘qmoqlar” she’ri. 
(2 soat, A2+: 3 soat)
Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Shoirning
hozirgi qoraqalpoq she’riyatida tutgan o‘rni.
“Qadrdon so‘qmoqlar” she’rida kindik qoni to‘kilgan qishloqqa bo‘lgan
mehr-muhabbatning ifodalanishi. Vatanga bo‘lgan muhabbatning qadrdon
xonadon, qadrdon so‘qmoqlarga bo‘lgan muhabbatdan boshlanishi. She’rda lirik
tuyg‘uning mohirona ifodalanganligi.
Nizomiy Ganjaviy. Ruboiylar. ( A2+: 3 soat) 
Nizomiy Ganjaviy hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot. Adib
ruboiylarida hayot haqiqatlari, yuksak insoniy fazilatlar talqini. “Umrimizku shom-
u xufton orasi”, “Adolat farzandi zafardir, zafar”, “Ne gaplar bor, qaytarishga
chidamaydi bet” ruboiylari tahlili.

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: 

Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish): 
A2 
o‘rganilgan asarlar asosidagi audiomatn va videotasvirlarni ko‘rib, tinglab
tushuna oladi;
nasriy va she’riy asarni ifodali o‘qiy oladi;
ularning mazmun-mohiyatini tushuna oladi;
badiiy asar syujetini qayta hikoya qila oladi;
turli janr va hajmdagi 4-5 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan
ifodali ayta oladi;
asar qahramonlariga tavsif, insho (3-4 sahifa) yoza oladi.
A2+ 
maktab kutubxonasidan mustaqil foydalana oladi, tanlab mutolaa qilgan
asardagi voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi.

Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: 
A2 



94
o‘rganilgan asarda tasvirlangan voqea-hodisalar, obrazlar tizimini o‘zgalarga


tushuntirib bera oladi.
A2+ 
monologik va dialogik nutqlarni ifodali o‘qiy oladi;
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z
bilan ifodalab bera oladi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin