O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi tabiiy va iqtisodiy fanlar blok moduli bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi



Yüklə 77,26 Kb.
səhifə2/18
tarix20.12.2023
ölçüsü77,26 Kb.
#187260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Tabiiy va iqtisodiy fanlar blok moduli bo‘yicha umumiy o‘rta ta’-fayllar.org

Laboratoriya ishi o‘tilgan o‘quv materiali asosida uni bajarish tartibi va o‘tkazish uchun zarur jihozlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. O‘quvchi laboratoriya ishida o‘lchov ishlarini bajaradi, natijalari asosida jadvalni to‘ldiradi, hisoblaydi hamda xatoliklarni aniqlaydi va xulosa yozadi.

Amaliy topshiriq strukturasi o‘z ichiga matn, rasm, grafik yoki jadval orqali ifodalanadi. O‘quvchi berilgan topshiriqlarni matn, rasm, grafik va jadvaldan foydalanib bajaradilar. Amaliy topshiriqlar o‘tilgan mavzular kesimida yoki fanlaro aloqani hisobga olgan topshiriqlar bo‘lishi mumkin.
Ushbu o‘quv dasturida boblar kesimida mavzularga ajratilgan umumiy soatlar hajmi keltirilgan bo‘lib, ularning taqsimlanishi o‘qituvchi tomonidan ijodiy yondoshgan holda amalga oshiriladi. Jumladan, taqvim mavzuiy rejani tuzishda o‘quv dasturida boblarga ajratilgan (mavzularga berilgan) umumiy soat hajmidan chiqmagan holda taqsimlanishi zarur.
Shuningdek, o‘quvchilarning Davlat ta’lim standartini o‘zlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida mavzularga ajratilgan soat hajmini 15% gacha o‘zgartirish va metodik kengash yig‘lishida kelishilgan holda maktab pedogogika kengashida muhokama qilinib tasdiqlanishi maqsadga muvofiqdir.
Mazkur dasturda tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxatidan fan o‘qituvchilari ijodiy yondoshgan holda mavzularni kengaytirib o‘qitishda foydalanishlari mumkin.
O‘quv dasturining boshida har bir sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Bu o‘z o‘rnida o‘quv yili boshlanishida pedagoglarning harakat strategiyasini belgilab beradi.
Mazkur takomillashtirilgan o‘quv dasturidan 2018-2019 o‘quv yillida fizika va astronomiya fanlarini o`qitishda foydalaniladi.


FIZIKA

(68 soat, В1+: 102 soat)

O‘quvchilar o`quv faoliyati natijalariga qo`yiladigan talablar:
Magni maydon tushunchasini, doimiy magnit va suniy magnitlarni biladi;
magnit maydon induksiyasi, magnit oqimi formulalarini va birliklarini biladi;
elektromagnit induksiyasi va o‘zinduksiya hodisalarini tushunadi va tushuntiradi;
elektromagnit tebranishlarni ikki muhit chegarasida qaytishi va sinishi, yorug‘lik interferensiyasi, difraksiyasi, infraqizil nurlanishlarni tushunadi va tushuntira oladi.
induktivlik g‘altagi, ampermetr, voltmetr, o‘zgaruvchan tok generatoridan amaliyotda foydalana oladi.
difraksion panjara yordamida yorug‘lik to‘lqin uzunligini, yoritilganlikning yorug‘lik kuchiga bog‘liqligini tajriba o‘tkazish yo‘li bilan aniqlay oladi va xulosalar chiqaradi.
o‘zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni, tokning ishi va quvvati, yorug‘lik oqimi, kuchi, yoritilganlik qonuniga doir masalalar yecha oladi.



Yüklə 77,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin