Namoyish tajribalari: 1. Erkin elektromagnit tebranishlar (tebranish konturi). Tebranish konturida energiyaning o‘zgarishi.
2. O‘zgaruvchan tok generatori.
3. O‘zgaruvchan tok zanjiridagi kondensatordan tokning o‘tishi.
4. O‘zgaruvchan tok zanjiridagi g‘altakda induktiv qarshilikning paydo bo‘lishini tajribada kuzatish.
5. O‘zgaruvchan tok zanjiri uchun rezonans hodisasi kuzatish.
Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar: Tok manbayi. Ulovchi simlar to‘plami. Bir va ikki qutbli kalitlar to‘plami. Induktivlik g‘altagi. Kondensator to‘plami. Ampermetr, milliampermetr, voltmetr. Rezistor. Lampochka. O‘zgaruvchan tok generatori. Past chastotali tovush generatori, chastotametr.
IV BOB. ELEKTROMAGNIT TO‘LQINLAR VA TO‘LQIN OPTIKASI
(15 soat, B1+: 23 soat)
Elektromagnit tebranishlarning tarqalishi. Elektromagnit to‘lqin tezligi. Uyurmaviy elektr va magnit maydon. Elektromagnit tebranishlarning tarqalishi. Elektromagnit to‘lqin tezligi. Hertz tajribasi. Ochiq tebranish konturi.
Elektromagnit to‘lqinlarning umumiy xossalari (ikki muhit chegarasida qaytishi va sinishi). To‘lqinni xarakterlovchi asosiy tushuncha va kattaliklar. Elektromagnit to‘lqinlarning ikki muhit chegarasida qaytishi va sinishi. To‘lqinni xarakterlovchi asosiy tushuncha va kattaliklar (oqim zichligi, to‘lqin intensivligi, chastota, elektr va magnit maydon kuchlanganligi). Elektromagnit to‘lqin nurlanishining oqim zichligi.
Masalalar yechish.Mavzular kesimida amaliyotga yo‘naltirilgan (kompetentlikka) va fanlararo bog‘liqlikka doir masalalar (mantiqiy) yechish.
Radioaloqaning fizik asoslari. Eng sodda radioning tuzilishi va ishlashi. Radioqabulning fizik asoslari. Radiolokatsiya. Radioaloqaning fizik asoslari. Detektorlash va modulyatsiya. Detektorli radiopriyomnik Radiolokatsiya.