O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi tabiiy va iqtisodiy fanlar blok moduli bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi



Yüklə 77,26 Kb.
səhifə3/18
tarix20.12.2023
ölçüsü77,26 Kb.
#187260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Tabiiy va iqtisodiy fanlar blok moduli bo‘yicha umumiy o‘rta ta’-fayllar.org

I BOB. MAGNIT MAYDONI

(9 soat, B1+: 14 soat)

Magnit maydoni. Magnit maydonni tavsiflovchi kattaliklar. Magnit maydon tavsiflari, parametrlari: magnit maydon induksiyasi, magnit oqimi va ularning birligi.

Bir jinsli magnit maydonning tokli ramkani aylantiruvchi momenti. Magnit maydonga kiritilgan tokli ramkaning harakati. Amper kuchi.

Tokli to‘g‘ri o‘tkazgichning halqa va g‘ltakning magnit maydoni. Magnit maydonning supurpozisiya prinsipi. To‘g‘ri tokning magnit maydon induksiyasi. Aylanma tok markazidagi magnit maydon induksiyasi.

Masalalar yechish. Mavzular kesimida amaliyotga yo‘naltirilgan (kompetentlikka) va fanlararo bog‘liqlikka doir masalalar (mantiqiy) yechish.

Tokli o‘tkazgichni magnit maydonda ko‘chirishda bajarilgan ish. Tokli o‘tkazgichni magnit maydonda ko‘chirishda bajarilgan ish va undan amaliyotda foydalanish.

Tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’sir kuchi. Parallel tokli o‘tkazgichlar orasida o‘zaro ta’sir kuchlari.

Bir jinsli magnit maydonda zaryadli zarraning harakati. Lorens kuchi. Bir jinsli magnit maydonida zaryadli zarraning harakati. Lorens kuchi. Chap qo‘l qoidasi.

Masalalar yechish. Mavzular kesimida amaliyotga yo‘naltirilgan (kompetentlikka) va fanlararo bog‘liqlikka doir masalalar (mantiqiy) yechish.

Namoyish tajribalari:
1. Tokli to‘g‘ri o‘tkazgichning magnit maydoni.
2. Tokli halqaning magnit maydoni.
3. Bir jinsli magnit maydonning tokli ramkani aylantiruvchi momenti.
4. Tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’sir kuchi.

Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar: Ulovchi simlar to‘plami. Bir va ikki qutbli kalitlar to‘plami. Induktivlik g‘altagi. Magnit maydonida ramkaning aylanishini namoyish etuvchi asbob. Ampermetr. Voltmetr. O‘zgaruvchan tok generatori.

II BOB. ELEKTROMAGNIT INDUKSIYA


Yüklə 77,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin