O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi angor tuman xalq ta’limi bo’limi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə2/2
tarix07.04.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#94604
1   2
Ishbayeva Dilnoza Ovqat hazm qilish sistemasi

T/R

Darsning bosqichlari



Vaqt taqsimoti

1.

Tashkiliy qism.



4 daqiqa

2.

Guruhlarga topshiriqlar berish orqali o’tilgan mavzuni so’rash.



8 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni(elektron darslik orqali 4 daqiqa)
Axborotli kichik ma’ruza 11 daqiqa).



15 daqiqa

4.

Interfaol usullar yordamida yangi mavzuni mustahkamlash.



15 daqiqa



5.

Dars yakuni:
1.Baholash.
2.Uyga vazifa berish.



3 daqiqa





Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)Psixologik iqlim yaratish.(Salomlashish,sinf xonasining holatini ,o’quvchilarni darsga tayyorgarligini,davomat va sanani aniqlash.)
b)Ma’naviy daqiqa tashkil etish.
d)Darsning mavzusi va o’rganiladigan BKM larni e’lon qilish.
e)”Oltin qoidalar”ni ishlab chiqish:






f)Baholash mezoni bilan tanishtirish:


“Ofarin: 5 baho. “Barakallo”4 baho.”Harakat qiling” 3 baho
g)O’quvchilarni guruhlarga ajratish,nomlash va guruh sardorlarini saylash.

1-guruh

2-guruh










3-guruh






Guruh sardorlariga nazorat varog’lari topshiriladi.Sardorlar guruhlari qo’lga kiritgan ballarni nazorat varog’iga qayd etib boradi.
Nazorat varog’i:

Guruh nomi

O’tilgan mavzuni so’rash jaroyonida erishgan ko’rsatkichlari

Yangi mavzuni mustahkamlash jaroyonida erishgan ko’rsatkichlari

1-topshiriq







2-topshiriq







3-topshiriq







4-topshiriq







5-topshiriq







II.O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarni baholash.
O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarni baholashda interfaol usullar yordamida o’z-o’zini rivojlantirish va kommunikativ kompetensiyalar shakllantiriladi.
O’tilgan mavzu:Nafas olish organlari kasalliklari.
1-topshiriq.
Idrok xaritasi” metodi orqali o’tilgan mavzu asosida tuzilgan tezkor savolli tarqatmalar guruh ishtirokchilariga beriladi.Har bir to’g’ri javob nazorat varog’iga qayd etib boriladi.Umumiy savol:Nima uchun?






?
“Nima uchun” deb nomlangan interfaol o’yin orqali o’quvchilarda faollikka,mantiqiy fikrlashga mulohaza qilishga,o’zaro hamkorlikda hamjihat bo’lib ishlashga erishiladi.

2-topshiriq


Guruh ishtirokchilarining har biriga o’tilgan mavzu yuzasidan “ biologik talqinlar” tarqatiladi.O’quvchilardan to’g’ri yozilgan fikr oldiga “+” ishorasini, noto’g’ri fikr oldiga “-“ ishorasini qo’yish talab etiladi. Bu usul yordamida o’tilgan mavzu yuzasidan baholashda har bir o’quvchining ishtiroki ta’minlanadi.

Guruhlar

Biologik talqinlar

To’g’ri fikr

Noto’g’ri fikr

Ibn Sino

Is gazi gemoglabinga kislorodga nisbatan 300 marta tezroq birikadi.

+”




Beruniy

O’pka alveolalariga kirgan havodagi kislorod konsentratsiyasi alveolalardagiga nisbatan past bo’ladi.



“ –“


Aristotel

To’qima suyuqligida kislorod konsentratsiyasi qondagiga nisbatan past bo’ladi.

+”






Baholash mezoniga ko’ra o’quvchilar baholanadi va rag’batlantiriladi.

III. Yangi mavzu bayoni

Ahborotlar bilan ishlash kompitentsiyasi shakllantiriladi.Ta’limiy maqsadga erishiladi.O`qituvchi yangi mavzu bayonini o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter, videoproyektor va ekrandan bevosita foydalangan holda Microsoft Office dasturi tarmog`iga kiruvchi Microsoft Office Power Point matn muharriri orqali ekranda mavzuga tegishli rasmlardan lavhalarni slaydlar orqali namoyish etib tushuntiradi. Shuningdek, yangi mavzuga tegishli multimedia dars namoyish etiladi.(4-minut)


Axborotli kichik ma’ruza:(11-daqiqa)
Ovqat hazm qilish organlari lablar, og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, me'da, o'n ikki barmoq ichak, ingichka va yo'g'on ichaklar hamda me'daosti bezi va jigar kabi organlardan tashkil topgan. Og'iz bo'shlig'ida tishlar, til va so'lak bezlarining kanalchalari joylashgan.Lablar. Yuqori va pastki lablar mus- kullardan iborat bo‘lib, ular og‘izning kirish qismini hosil qiladi.Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Tishlar ikki xil boladi: sut tislilari — 20 ta, doimiy tishlar — 32 ta. Sut tishlari bolaning olti oyligidan ikki yoshigacha chiqadi. Bola olti yoshligidan to o‘n ikki yoshigacha sut tislilari tushib, ularning o‘miga doimiy tishlar chiqadi. Doimiy tishlar soni 32 ta bo‘lib, yuqori va pastki jag‘da 16 tadan, jaglarning o‘ng va chap tomonida 8 tadan bo’ladi. Shulardan oldingi 2 tasi kesuvchi (kurak), bittasi qoziq, ikkitasi kichik oziq tish va uchtasi katta oziq tislilardir. Doimiy tishlaming 28 tasi 12—yoshgacha chiqadi, 4 tasi, ya’ni yuqori va pastki jaglardagi oxirgi katta oziq tislilar (aql tishlar) 18 yoshdan keyin chiqadi.Til og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan, muskuldan tashkil topgan organ bo‘lib, u ovqatni aralashtirib, tomoq tomonga o‘tkazish va uning ta’mini aniqlash vazifasini bajaradi. Tilning eng muhim vazifalaridan biri so‘zlaming ravon talaffuz qilinishini ta’minlashdir.Halqum burun va og‘iz bo‘shlig‘ining davomi bo‘lib, u shilliq va muskul qavatlardan iborat. Uning uzunligi katta odamda o‘rtacha sm bo‘lib, uch qismga — burun, og‘iz va hiqildoqqa bo‘linadi. Halqumning vazifasi ovqatni og‘iz bo‘shlig‘idan qizilo‘ngachga, havoni burun bo‘shlig‘idan hiqildoqqa o‘tkazishdan iborat. Hal­qumning pastki qismi qizilo‘ngachga tutashadi.Qizilo‘ngach uzunligi o‘rtacha 23—25 sm bo‘lib, shilliq va muskul qavatdan iborat. U ko‘krak qafasi to‘sh suyagining orqa qismida joylashgan. Vazifasi ovqatni tomoqdan oshqozonga o‘tkazishdan iborat.Me’da qorin bo‘shlig‘ining yuqori qismida, diafragma ostida joylashgan. Katta odamda me’daning hajmi o‘rtacha 2,5 1 atrofida bo‘ladi. Xlorid kislota esa pepsin fermentining faollik kuchini oshiradi.O‘n ikki barmoq ichak. Bu ingichka ichakning boshlang‘ich qismi bo‘lib, uzunligi o‘n ikkita barmoq eniga teng (25—30 sm) boladi. Shuning uchun u o‘n ikki barmoq ichak deb ataladi. Bu ichak bo‘shlig‘iga me’daosti bezining shirasi va jigaming o‘t suyuqligi quyilib turadi.Me’daosti bezi suyuqligining tarkibida oqsilni parchalaydigan tripsin, yoglarni parchalaydigan lipaza va uglevodlami parcha­laydigan amilaza fermentlari boladi. O‘n ikki barmoq ichakka jigardan quyiladigan o‘t suyuqligi ovqat tarkibidagi yog‘larni emulsiya holatiga keltiradi va lipaza fermentining faolligini oshiradi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida interfaol usullardan foydalangan holda matematik savodxonlik ,o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi shakllantiriladi,rivojlantiruvchi maqsadga erishiladi. Guruh ishtirokchilariga ekran orqali “PISA” asosida tuzilgan topshiriq namoyish etiladi.









2 -topshiriq.
“FSMU”metodi yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida
umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash,
qiyoslash orqali axborotni oʻzlashtirish, xulosalash, shuningdek,
mustaqil ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat
qiladi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:

  • qatnashchilarga mavzuga oid boʻlgan yakuniy xulosa yoki gʻoya taklif etiladi;

  • har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qogʻozlarni tarqatiladi:

  • ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.


FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli oʻzlashtirilishiga asos boʻladi.
Quyidagi vaziyatni “FSMU” metodi orqali tahlil qiling.



V.Dars yakuni


O’quvchilarni baholash.
1.Yuqorida tanishtirib o’tilgan baholash mezoniga ko’ra o’quvchilarning baholari izohlangan holda qo’yiladi.
2.Eng ko’p rag’batni qo’lga kiritgan g’olib guruh aniqlanib, “Ustoz sovg’asi” topshiriladi.


Uyga vazifa

1.O’tilgan mavzuni o’qib o’rganish.


2.Quyidagi mustaqil ishni bajarish.

Mustaqil topshiriq.






Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin