O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 310,5 Kb.
səhifə12/18
tarix26.04.2023
ölçüsü310,5 Kb.
#102878
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
BMI-1

Yalpi fikriy hujum Bu metodni 30—40 nafar o'quvchilardan iborat sinflarda qo'llash mumkin.Metod o'quvchilar tomonidan yangi g'oyalarning o'rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bin 5 yoki 6 nafar o'quvchilami o'z ichiga olgan guruhlarga 15 minut ichida ijobiy hal etilishi lozim bo'lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy ishlar beriladi. Topshiriq yoki ijodiy ishlar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a'zolaridan biri axborot beradi.
Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy ishning yechimi) o'qituvchi va boshqa guaih a'zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga balio beriladi. Dars yakunida o'qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasidan cng yaxshi va o'ziga xos deb topilgan javoblami e'lon qiladi. Dars jarayonida guruh a'zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko'ra baholab boriladi.
«Yalpi fikriy hujum» melodini fizikaning ayrim darslarida avvalgi darsda o'tilgan mavzu bo'yicha o'quvchilar egallagan bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish uchun qo'llash tavsiya etiladi.
Fikrlarning shiddatli hujumi. Bu metodning mohiyati jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o'quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro'yobga
chiqarishga ko'maklashishdan hamda o'quvchilarda ma'lumjamoa (guruh) tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g'oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iborat.
«Fikrlarning shiddatli hujumi” metodini qo'llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:
- o'quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta
o'zlashtirilishiga erishish;
- vaqtni tejash;
- har bir o'quvchini faollikka undash;
- ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.
Ushbu metoddan foydalanishga asoslangan dars quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi:
- ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo'lgan o'quvchilarni o'zida biriktirgan hamda son jihatidan teng bo'lgan kichik guruhlarni shakllantirish;
- guruhlarga hal etish uchun berilgan topshiriq yoki vazifalar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash;
- guruhlar tomonidan muayyan g'oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlaming hal etilishi);
- topshiriqlaming yechimlarini muhokama etish, ularni to'g'ri hal etilganligiga ko'ra turkumlarga ajratish;
- topshiriqlaming yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya'ni ularning to'g'riligi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlaming aniq va ravshan bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash;
- dastlabki bosqichlarda topshiriqlaming yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona xulosaga kclish.
«Fikrlarning shiddatli hujumi» metodini fizikaning ayrim boblarini takrorlash darslarida, shuningdek, awalgi darsda o'tilgan mavzu bo'yicha o'quvchilar cgallagan bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish uchun qo'llash tavsiya etiladi.

Yüklə 310,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin