O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Akedemik Litseylarda fizika va astronomiya fanlarini integrallab o`qitish muammolari



Yüklə 310,5 Kb.
səhifə6/18
tarix26.04.2023
ölçüsü310,5 Kb.
#102878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
BMI-1

1.3. Akedemik Litseylarda fizika va astronomiya fanlarini integrallab o`qitish muammolari.
Fizika darslarida astrofizika masalalarini o`rganish. Hozirgi kunda ta`lim sohasini islox qilish yo`nalishlaridan biri fizika va astronomiya ta`limi sifatini oshirishga qaratilgan.Bu sohadagi muhim yo`nalishlardan biri-fizikaviy qonunlarning umumiyligini namoyish qilish va ularning butun koinot uchun to`g’riligini namoyio` qilishdan iborat fanlararo bog’liqlikka yangicha yondoshishdan iborat [1]. Bunda asosiy holat va o`rin atrof olamning tuzulishi va xossalariga nisbatan dunyoqarashimizni chuqurlashtiradigan va kengaytiradigan astrofizika masalalarini o`rganishga qaratiladi.
XXI asr – bu kosmos asrida,o`rta maktab bitiruvchilari astrofizika va kosmologiya to`g’risidagi yutuqlar bilan erali darajada tanish bo`lmaydilar. Ammo uzoq vaqtlar shaxrimizdagi maktab,akademik litsey va kasb hunar kollejlarida ilmiy izlanishlarimiz natijalariga ko`ra talabalarning fizikaga nisbatan astronomiyaga ishtiyoqlari o`zgacha ekanligini ko`rsatadi. Manna shunday qiziqishning mavjudligi fizikaviy jarayonlarni kosmik masshtablarda o`rganish uchun turtki bo`lishi mumkin.Maktablarda o`tkazgan anketa so`roqlarimizga ko`ra ko`pchilik o`quvchilar bu fan to`g’risita hech bo`lmaganda bir oz ma`lumotlarga ega bo`lish istaklarini bildirganlar. Astronomiyaning ahamiyati sifatida ular bizning sayyoramizdan tashqaridagi olamni o`rganish uchun,boshqa sayyoraga ko`chish,kosmik ob`ektlarni o`rganish,olam va uning tuzilishi to`g’risidagi bilimlarni kengaytirish,insoniyatning bilimi va madaniyatini kengayishi,biz kimmiz va nimaligimizni tushinish,qandaydir jismni erga yaqinlashishini oldindan bilishni va h.k. ni ko`radilar.
Mavjud fizikadan darsliklar nafaqat astronomik mazmunni kengaytirishni talab qiladi balki ularda mavjud bir necha o`n yilliklar mobaynida shakllangan astronomik materiallarni o`zlashtirish samaradorligini orttirishni ham talab etadi.Darsliklarni astronomik mazmunini izchil qayta ishlash va to`ldirishni talab qiladi,uning tarkibini o`zgartirish,eng birinchi fizika darslarida astronomik bilimlarni shakllantirish metodikasini ishlab chiqishni talab qiladi.
Ta`kidlash joizki, astrofizika masalalarini fizikadan o`quv darsliklariga kiritish tendentsiyasi AQSH da fizika o`qitishda keng qo`llanishga ega.Buning uchun mos mavzu va savollar mustaqil boblar shaklida bayon qilinadi,shuningdek odatdagi fizika masalalarini bayon qilishda misol sifatida ham astrofizika masalalari kiritiladi. Astrofizikaning alohida masalalari vatanimizda faoliyat ko`rsatayotgan ko`pgina darsliklarda ham o`z ifodasini topgan.
SHaxrimizdagi ba`zi maktab o`qituvchilari va akademik litsey va kasb hunar kolejlari fizika o`qituvchilari bilan bo`lgan suxbatlarimizda ular o`z darslarida astronomik materiallardan quyidagi bo`limlarda foydalanishlarini aytdilar: "Mexanika", "Elektromagnit nurlanishlar", "Geometrik optika", "Issiqlik hodisalari", "Magnit maydoni", "Atom fizikasi", "Kvant fizikasi". Bu masalani atroflicha o`rganish shuni ko`rsatdiki fizika kursining ba`zi mavzularida astronomik masalalarni kiritish uchun zaxira mavjud.
Maktab va akademik litsey kasb xunar kollejlaridagi fizika faniga ajratilgan soatlardagi balansni saqlagan holda talabalar kelajak hayoti davomida kerak bo`lmaydigan murakkab texnik qurilmalarni tavsiflaydigan materiallar va olam tuzilishi to`g’risidagi yangi bilimlarni bera olmaydigan materiallardan samarador foydalanish hisobiga astrofizikaning masalalarini kiritish imkoniyati mavjud. Astrofizikadan tanlangan material quyidagi printsiplarga javob berishi zarur am: muhimlik, ilmiylik, erishib bo`lishlik.
Xorazmiy haqida biografik ma’lumotlar, baxtga qarshi, bizgacha etib kelmagan. Uning tug‘ilgan yili allomaning asarlarda keltirilgan ayrim ma’lumotlar asosida taxminan belgilangan bo‘lib, shartli ravishda 783 yil deb ko‘rsatilgan. Olim faoliyatining izi 847 yildan so‘ng yo‘qoladi, shu sababli, uning vafot etgan yili taxminan 850 yil deb hisoblanib kelinadi.
Arab xalifaligida abbosiylar sulolasi hokimiyatni qo‘liga olgandan so‘ng, eslatilgandek, poytaxtni Damashqdan Bog‘dodga ko‘chirishgan edi. SHu sulola davrida, Ayniqsa, Xorun-ar-rashid (786-809 yillar) va uning o‘gli Ma’mun (813-833) halifalik qilgan zamonlarda halifalikda iqtisodiy va madaniy hayot ancha jonlandi. Bog‘dod SHarqning yirik ilmiy va madaniy markaziga aylandi, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tibbiyot va boshqa fanlar rivojlandi. SHu davrda Bog‘dodga taklif etilgan al-Xorazmiy xalifalikdan dastlab al-Ma’mun, so‘ngra al-Mu’tasim (833-842) va al-Vosiq (842-847) saroylarida yashab ijod etdi. Bunday qizgin muxitda Xorazmiyning ilmiy faoliyati yanada ravnaq topdi.
Bog‘dodda ochilgan va keyinchalik «Ma’mun akademiyasi» nomi Bilan mashhur bo‘lgan «Bayt ul hikma» («Donishmandlar uyi») o‘nlab olimlar va tarjimonlar va xattotlarning boshini bir joyga qovushtirgan edi. «Ma’mun akademiyasi» ko‘p yillik faoliyati mobaynida mashhur YUnon olimlaridan bir qancha asarlari arab tiliga tarjima qilindi. SHuningdek, matematika, astronomiya, geografiya va boshqa fanlar bo‘yicha qator asarlar ham yaratildi. Ko‘plab bu tarjima asarlari SHarq ilmiy tafakkurining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. SHunday asarlardan biri, II asrda yashab o‘tgan Klavdiy Ptolemeyning «Almajistik» («Almagest») – «Megali sintaksis» («Buyuk tuzilish») asari bo‘lib, u taxminan 825 yilda arab tiliga mashhur arab astronomi al-Xajjoj ibn YUsuf al-Matar tomonidan tarjima qilingandi.
«Bayt ul-hikma»ning tarjimonlari, shuningdek, hindlar erishgan fan va madaniyat yutuqlarini o‘zida aks ettirgan adabiyotlarni ham arab tiliga tarjima qilib, arab dunyosini bu bilimlar bilan tanishtirishdi.
«Ma’mun akademiyasi» huzurida yirik kutubxona ochilgan bo‘lib, unda xalifalik va qo‘shni mamlakatlar bo‘yicha nodir adabiyotlar jamg‘arilgan edi. Ma’mun davrida kutubxonaga «Ma’mun akademiyasi»ning ko‘zga ko‘ringan olimi sifatida Xorazmiy boshchilik qildi. «Bayt ul-hikma»ning kutubxonasidan tashqari ikki rasadxonasi ham bo‘lib, ulardan biri - Bag‘dodning SHammosiya mahallasida, ikkinchisi – Damashq yaqinidagi Kassiyun tog‘ida barpo qilingan edi.
«Donishmandlar uyi» da Xorazmiy, asosan, astranomiya bilan shug‘ullanib, IX asrning 20-yillarida o‘zining mashhur astronomik jadvallari-«Zij» ini yozdi. Unda keltirilgan ma’lumotlarda, Xorazmiy vafotidan keyin ikki asrdan ko‘proq vaqt davomida ko‘plab rasadxonalar foydalanib keldi.
Xorazmiy «Zij» i 37 bob va 116 jadvaldan iborat mukammal astranomik asardir. Uning 1-5 boblari o‘sha zamonda keng tarqalgan kalendarga bag‘ishlangan bo‘lib, Muhammad payg‘ambar tomonidan asoslangan musulmonlarning xijriy erasi hamda ispan va Iskandar Zulqarnayn eralari haqida ma’lumot beradi. Bu eralarning biridan ikkinchisiga o‘tish usuli unda to‘la hisob-kitobi va jadvallari bilan berilgan.
Asarning 7-12 boblari +uyosh, Oy va o‘sha davrda oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan beshta sayyoraning harakati Ptolemeyning geotsentirk sistemasi asosida tushuntirishga bag‘ishlangan.
Asarning sakkizinchi bobida +uyoshning ekliptikadagi o‘rnini, to‘qqizinchi bobda Oyning xaqiqiy o‘rnini topish masalalalari qo‘rib chiqilgan. Keyingi ikki bob sayyoralar o‘rnini aniqlashga bag‘ishlangan.
«Zij» ning 12-bobida keltirilgan ikki jadvalda Oy chiqish tugunining (Oy orbitasi va ekliptikaning kesishgan nuqtalari tugunlar deyilib biri-chiqish, ikkinchisi esa tushish deb ataladi) ekliptika bo‘ylab o‘rtacha siljishi xaqida ma’lumotlar jamlangan. Bunda Xorazmiy Oy orbitasining ekliptikaga qiyaligini xind astranomlarida bo‘lgani kabi 4,5 daraja deb qabul qiladi.
O‘n uchinchi bobda muallif sayyoralarning turishi, qaytma va ilgarilama harakatlarini Ptolomeyning «Almajistiy» ida bayon qilgan geotsentrik ta’limoti asosida tasvirlab, sayyoralarning epitsiklik nazariyasiga tayanadi. +uyoshning og‘ishini belgilash va va Oyning ekliptikal tenglamasini aniqlash kabi murakkab hisoblashlarni talab etadigan masalalarga «Zij» nging 15-17 boblari bag‘ishlangan.
«Zij» ning 24-27-boblari, joyning geografik tenglamasini aniqlash bilan bog‘liq amaliy astronomiya masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda +uyoshning kulminatsiya (tush paytida tikkaga kelgan) holatlaridagi balandligi asosida, kuzatuvchi turgan joyning tenglamasini topish mufassal bayon qilinadi. Xususan, +uyosh, Hamal va Mezon yulduz turkumlarida yotuvchi zoodiak belgilarida (bu belgilar ekliptika bilan osmon ekvatorining kesishgan nuqtalariga mos keladi) bo‘lganda, uning sutkalik harakati osmon ekvatori bo‘ylab kuzatilishini ma’lum qiladi va tush paytida +uyosh markazining ufqdan balandligini o‘lchash usullarini ko‘rsatadi.
SHuningdek, Xorazmiy barcha fasllarda +uyoshning og‘ishi ma’lum bo‘lganda, uning tush paytidagi balandligiga ko‘ra, joyning geografik tenglamasini topish yo‘lini ham shu boblarda bayon qiladi.
Oxirgi boblari astrologiya masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda sferik va amaliy astranomiya uchun muxim bo‘lgan bir qancha masalalar yoritilgan. Xususan +uyosh va Oyning qo‘shilish (bir to‘g‘ri chiziq yaqinida yotishi-astronomik yangioy paytida ro‘y beradi) va qarama-qarshi turish (to‘linoy paytida kuzatiladi) holatlarini belgilash hamda zoodiakdagi o‘n ikki belgining holatlari tasvirlangan jadvallar keltirilgan.
YOritgichlarning geksagonal, kvadraturali hamda trigonal aspektlari jadvallari ham shu boblardan o‘rin olib, bu aspektlar, mos ravishda yoritgichlar ekliptikal uzunlamalarning 60 (geksogonal), 90 (kvadraturali) va 120 darajali (trgonal) holatlarini belgilash bayon qilingan. Bu boblardan, shuningdek, astronogik bashoratga doir «Tug‘ilgan yillar jadvali» va «Uy belgining jadvali» ham o‘rin olgan. Xorazmiyning «Zij» dan tashqari, astronomiyaga bag‘ishlangan yana bir yirik asari bo‘lib, u «Astrolyabiya bilan ishlash haqidagi kitob» («Kitob ul-amal bil-asturlabat») deb ataladi.
Ma’lumki arab teokratik davlati-xalifatining markazi uning asoschilari Muhammad payg‘ambar va uning yaqinlarining xalifalik davrlarida (VII asr) Madinada bo‘lib, Umayilar sulolasining xalifaligida Damashq shaxriga ko‘chirildi. Abbosiylar sulolasining xalifalik davrida esa (VIII asr) xalifatning markazi Bog‘dodga ko‘chirildi. Mazkur sulolaning ikkinchi xalifi al-Mansur (754-775 yillar xalifalik qilgan) tomonidan 762 yilda asos solingan. Bog‘dod-637 yilda xonavayron qilingan sasanidlar sulolasi davrida Eronning poytaxti bo‘lgan Ktesifon shahri yaqinida qurildi.
Xalifalikning shakillanishi bilanoq, Bog‘dod shaxrining rivojlanishida olimlarning roli juda katta bo‘ldi. Bo‘lajak shaxarning o‘rnida turli geodezik o‘lchashlar va qurilishni rejalashtirish bo‘yicha ishlarni xalif al-Mansurning o‘zi boshchiligida saroy munajjimlari jumladan fors Naubaxt, YAxudiy Manassiy (arabcha Mashallax). Bog‘dodni bevosita qurilishida esa tarjimon Umar ibn Fortuxan at-Taboriy / Tabaristonlik / ishtirok qildi.
Bu davrda al-Mansur saroyiga ko‘p olimlar tashrif buyurdilar, jumladan mashxur xind olimi Kanaka xalifga Xindistonining taniqli astranomi Braxmaguptaning (VI-asr) «Braxma-Spuxuta- Siddxant» asarini taqdim etdi. Ayni paytda Bag‘dodda faoliyat ko‘rsatayotgan olim Ibroxim al-Fazoriy va YOqub ibn Tariklar «Siddxant» asarini arabcha «Sindxind» deb nomlangan taxlilini tuzdilar. SHundan so‘ng Bag‘dod olimlar mustaqil astranomik risolalar- «Zij» lar tuza boshladilar. Al-Mansur davrida o‘nlab astralogiya va meditsinaga oid asarlar grekchadan arab tiliga tarjima qilindi.
Xorun ar-Rashidning xalifalik davrida (786-809) al-Fazoriyning o‘g‘li Muxammad ibn Ibroxim va Naubaxtning o‘g‘li, xalif kutibxonasining boshlig‘i, al-Fadl ibn Naubaxtlar uning saroyida ishlab forscha astronologik asarlarni arab tiliga tarjima qilishdi. K. Ptolemeyning «Almajistiy» sini arab tiliga tarjima qilgan al-Xajjoj ibn YUsuf al-Matar Xorun-ar-Rashidning buyrug‘iga ko‘ra Evklidning «boshlanishini» / «Nachalo» / ham arab tiliga tarjima qildi.
Al-Mansur va Xorun-ar-Rashidlarning xalifaligida saroyda bir nechta matematik va astranom ishlagan bo‘lsa, Xorun ar-Rashidning o‘g‘li al-Ma’mun xalifaligida / 813-833/ Bag‘dodda kuchli ilmiy maktab vujudga keldi.
Ma’mun, otasi Xorun ar-Rashid davrida Xurosonni boshqarib, Marvda yashadi va 813 yili u Bog‘dod xalifi deb e’lon qilingandan keyin ham u yana 6 yil Marvda qoldi. Bag‘doddan uzurpator Ibroxim al-Maxdiy quvilgandan keyingina u Bag‘dodga kelib xaliflik taxtiga o‘tirdi. Al-Ma’mun Bag‘dodga kelgach, YAh’yo ibn Abi-Mansur shahrining SHamassiya darvozasi yonida qurilgan rasadxonada ishlay boshladi. Ayni paytda Damashq yaqinidagi Kasiyun tog‘idagi Dayr-Murran deb atalmish xristianlarning cherkovida Xurosonlik Xamid al-Morverrude ham astranomik kuzatishlarini boshladi.
Abu-Rayxon Beruniy, SHamassiya rasadxonasida YAh’yo ibn Abi-Mansur tomonidan 828-829 yillarda ekliptikaning (quyoshning yulduzlar oralab yurgan yillik ko‘rinma yo‘li) osmon ekvatoriga og‘maligini o‘lchagani va bu kuzatishlarda al-Xorazmiy ishtirok qilganini o‘zining «Geodeziya» asarida keltiradi.
Ma’mun saroyida Xorazmiydan tashqari O‘rta Osiyodan yana bir nechta olimlar-al-Marveziyning, al-Farg‘oniy va al-Javxariylarning ishlagani ma’lum. Bulardan al-Marveziy marvlik bo‘lib, u bir necha risola va «Zij» larning muallifi edi. Jumladan uning «Osmon jismlarining masofalari va ularning hajmlari haqida» gi risolasi, osmon jismlari o‘lchamlariga tegishli dastlabki arabcha ilmiy asarlardan edi.
Baxtga qarshi, Farg‘onalik al-Farg‘oniyning xalif Ma’munning «Donishmandlar uyi» (Baytul xikmat) ga qachon va qanday kelib qolganligi haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q. Biroq uning bu ilmiy maktabdagi faoliyatiga tegishli ma’lumotlar etarlicha mavjud. SHubxasiz al-Farg‘oniy XI asrning eng ko‘zga ko‘ringan, buyuk astronomlaridan bo‘lgan.
Mashhur arabshunos olim I.YU.Krachkoviskiy uning «Kitob fi xarakati as-samaviyya va javami ilm an-nujum» (YUlduzlar haqidagi fan elementlari haqidagi kitob) asari haqida yozib shunday degan edi: «…u astronomiyadan arab tilida bitilgan birinchi asarlardan bo‘lib, o‘rta asr Evropasida bu soxada eng ommobop asarlardan edi».
Al-Farg‘oniyning to‘la ismi sharifi Ahmad ibn Muxammad ibn Kasir al-Farg‘oniy. Tug‘ilgan yili aniq bo‘lmay, ma’lum yillarda topilgan yoshiga daxldor ba’zi ma’lumotlar asosida uning tug‘ilgan yili qilib 798 yil olingan. Farg‘oniy haqida tarixda qolgan oxirgi ma’lumot, uning 861 yili Koxira yaqinida Raud oroliga o‘rnatilgan Nilometrni ta’mirlashda ishtirok qilganligini e’tiborga olib, u 860 yillarining o‘rtalarida vafot etgan deb taxmin qilinadi.
Abu Rayxon Beruniy «Geodeziya» asarida, xalif Ma’mun davrida, Sinjar saxrosida Er meridiani gradusining uzunligini o‘lchashda Farg‘oniy va boshqa yuqorida eslatilgan olimlar olgan ma’lumotlarga tayanganini ma’lum qiladi.
Ko‘p manba’larning ham bergan ma’lumotlariga ko‘ra, al-Farg‘oniy Ma’munning xaliflik davri (813-833) va undan keyin al-Mu’tasimning xaliflik davlarida (833-842) yashab ijod etgan. Nilometrni ta’mirida ishtirok etganligi haqidagi ma’lumot esa, u Misrga ham sayoxat qilganidan darak beradi.
Tarixiy manba’lar, Al-Farg‘oniy tomonidan quyidagi 6 ta asar yozilganligini bizga ma’lum qiladi.

  1. Yulduzlar haqidagi fan elementlari to‘g‘risidagi kitob.

  2. Asturlab yasash haqidagi kitob. («Kitob fi san’a al-asturlab»).

  3. Asturlabni qo‘llash haqidagi kitob. («Kitob amal al-asturlab»)

  4. Al-Farg‘oniy jadvallari («Jadval al-Farg‘oniy»).

  5. Oy Er ustida va ostida bo‘lgan damlarida vaqtni aniqlash haqidagi risola. («risola fi ma’rifi al-avkat allati yakun al-kamar fixa faun al-ardau taxta»).

  6. Etti iqlim hisobi («Xisob al-akalim assab’a»).

Bulardan «Yulduzlar haqidagi fan elementlari» kitobi, yuqorida eslatilgandek arab tilida bitilgan birinchi astronomik asarlardan bo‘lib, uning turli nomlarida atalgan qo‘l yozmalari Sank-Peterburgdagi SHarqshunoslik instituti kutubxonasida Buyuk Britaniyaning Oksford shaxrida (Bodlya kutubxonasida) Parijda «Milliy kutubxonada»,+oxirada (Milliy kutubxonada ) Prinston (A+SH universiteti kutubxonasida) va Morakkoda (Saviya Sidi Hamza kutubxonasida) saqlanadi. Mazkur asarda 836 yilda xalif Mu’tasim tomonidan bayon etilgan Surra man ra’a shaxri haqida ham gap borganligiga qaraganda, u 836 yildan keyin yozilganligi ma’lum bo‘ladi. Asarning Oksforddagi arabcha qo‘l yozmasi lotincha tarjimasi va keng qamrovli shaxri xaqida ham gap borganligiga qaraganda, u 836 yildan keyin yozilganligi ma’lum bo‘ladi. Asarning Oksforddagi arabcha qo‘lyozmasi lotincha tarjimasi va keng qamrovli sharxi bilan Golland sharqshunosi olimi YAkub Gool tomonidan 1669 yilda nashr etilgan. Asarning lotincha tarjimasi Ioani Sevilskiy tomonidan 1145 yilda bajarilgan bo‘lib, nashri ancha keyin 1493 yili amalga oshirildi. VII asrda asarning lotin tiliga o‘girilgan boshqa yana bir tarjimasi G.Kramovskiy tomonidan bajarilib, u XVI asrda nashr etildi. Kitob yaxudiy tiliga YA.Anotoliy tomonidan tarjima qilingan. Asarning yaxudiycha tarjimasidan lotin tiliga keyinroq L.Xristman o‘girdi va 1590 yilda nashr ettirdi. Lotin tarjimalaridan al-Farg‘oniy (Alfraganus) deb ifoda etildi va keyinchalik olim butun dunyoda shu nom bilan mashhur bo‘ldi. Al-Farg‘oniyning «YUlduzlar haqida fan elementlari» asari kuzatishlarga asoslangan astronomiya xranologiya va geografiya bo‘yicha ma’lumotlarning qisqacha bayonini o‘z ichiga olib o‘quvchini olam tuzilishi, yoritgichlarning xarakati, kalendarlar va geografiya asoslari bilan tanishtiradi. Mazmunan darslik ko‘rinishida yozilgan bu qo‘llanma fan bilan qiziqqan keng ommaga mo‘ljallanganligi uchun ham o‘rta asrning eng ommabop asarlaridan sanaladi. Kitob o‘ttiz bo‘limdan tashkil topgan. Asarning dastlabki bo‘limlarida olim o‘sha davrda sharqqa keng tarqalgan musulmonlar, yunonlar, kont va forslilarning taqvimlari ustida olam tuzilishining geotsentrik sistemasi haqida osmonning aylanishi tun kunning almashinishi sabablari to‘g‘risida to‘xtaladi. Erning inson tomonidan o‘zlashtirilgan qismlari haqida gapirib, al-Farg‘oniy bu geografik uzunlama bo‘yicha taxminan 1800 ni tashkil qiladi deb o‘qtiradi. Asarning bo‘limlaridan biri «Erning o‘lchamlari va uning etti iqlimga bo‘linishi» deb atalib, unda al-Farg‘oniy Er meridianining aylanasining uzunligini Ptolomeyga nisbatan ancha aniq belgilab 20 ming to‘rt yuz arab miliga teng chiqaradi. Bu taxminan 40 ming sakkiz yuz kilometrga to‘g‘ri keladi. Meridian uzunligining haqiqiy qiymati esa 40007,98 km. Bundan ko‘rinadiki, Farg‘oniyning erishgan qiymati IX asr uchun katta aniqlikka ega edi. «Iqlim» atamasi aslida yunoncha «Klima»-«og‘ish» so‘zidan olingan bo‘lib, Ptolomeyning «Al-Majistiy» sida Er sharining parallellari orasidagi qismlari shunday nom bilan atalgan edi. Mazkur asarning VI bobida ekvatordan qutibgacha 39 «Iqlim» ga tavsif beriladi. Bunda 25 ta iqlim kunduzisining maksimal uzunligining bir-biridan 1/4 soatga (15minut) farqlanadigan qilib keyingi to‘rtta iqlim bir-biridan 1/2 soatga farqlanib kunduzisining maksimal uzunligi 20 soat bilan chegaralanadigan tenglamagacha borgan. Keyingi to‘rt iqlimda esa kunduzilarning uzunligi bir soatga farqlanadigan qilinib 660,5 li tenglamagacha borgan va nihoyat keyingi oltita iqlim 660,5 dan 900 gacha tenglamalar zonasida joylashib, bir-biridan +uyosh bir oy mobaynida botmaydigan, 2,3,4,5,6 oy botmaydigan zonalarni o‘z ichiga olgan. Islom mamlakatlarida Erni etti iqlimga bo‘linishi, bir vaqtlar fors olimlari tomonidan Erning o‘zlashtirilgan qismining etti «kishva» (iqlim) ga bo‘linganidan boshlangan. Bu bo‘limda turli iqlimlar uchun Farg‘oniy tomonidan kunduzining maksimal uzunligi va olam qutibining balandligiga doir ma’lumotlarni keltiriladi. Bunda u Ptolomeyning «Al-Majistiy» sidan foydalangan.
Al-Farg‘oniy bu asarida, shuningdek turli iqlimlar chegarasida yotgan mamlakatlar va shaharlarning ro‘yxatini keltiradi. Bunda birinchi iqlim chegarasini Xitoyning janubiy qismi, dengiz qirg‘og‘i va Xindistonning cheti orqali o‘tkaziladi.Bu iqlim «Arablar oroli» (xozirgi arab yarim oroli), YAman, +izil dengiz, Abissini (Efiopiya), Nilni o‘z ichiga olib, g‘arbiy dengizda (ya’ni Atlantika okeanida) tugaydi.
Tibet, Xuroson, O‘rta Osiyo, Xo‘jand (Leninobod), Ustravshan (O‘ratepa), Farg‘ona, Samarqand, Balx, Buxoro, Xirol, Marv, Seraxs, Tus, Nushopir, shuningdek Siriya va Eronning bir qancha shaharlarini Farg‘oniy to‘rtinchi iqlimga kiritadi. Beshinchi iqlimda Toshkent bilan birga Xorazm, Taraz (xozirgi Jambul), Osiyoning SHimoliy sharqidagi yajuj (bibliyadagi Goga Magoga), keyin, Ozarbayjon va Armanistonlar kiradi.
Asarning bir necha bo‘limi +uyosh, Oy va planetalarning ko‘rinma harakatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Oyning bekatlari (28 ta bekatga bo‘linadi) va bu bekatlar soxasida joylashgan yulduz turkumlari va ularning yorug‘ yulduzlariga sharh beriladi.
Asarning oxirgi bo‘limlarida Quyosh, Oy va planetalargacha masofalarni aniqlash masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning erdan uzoqlikliklarini al-Farg‘oniy quyidagicha belgilaydi: oygacha – 208542 mil, Merkuriyga – 542750 mil, Veneragacha -364000 mil, Quyoshgacha – 3965000 mil, Saturngacha – 65357000 mil, Bu erda bir arab mili- taxminan 2 kilometr ekanligi e’tiborga olinsa, bu ma’lumotlar Erdan eslatilgan planetalar, Oy va Quyoshgacha bo‘lgan haqiqiy masofalardan ancha kam ekanligi ma’lum bo‘ladi.
SHuningdek, Farg‘oniy Er hajmi birligida Quyosh, Oy va planetalarning hajmlarini ham hisoblaydi. Unda oy -5/17; Merkuriy 1/18; Venera 3/10; Quyosh -51/2; Mars -1 1/6; YUpiter -4 9/16; Saturin -4. Er xajmi ko‘rinishlarida keltiriladi. Baxtga qarshi bu masalalarda hisoblash metodlaridagi kamchiliklar o‘z kuchini ko‘rsatib, xatolik katta chiqadi. Xususan Oyning hajmi uning haqiqiy xajmidan chiqqan. Asarning oxirgi bo‘limlaridan biri nechtasi yoritgichlarning chiqish va botish vaqtlarini aniqlashgan, Quyosh shafag‘iga bag‘ishlangan.
YOritgichlarning parallaktik siljishi (parallaksi), Quyosh va Oyning tutilishi nazariyasi masalalalariga asarning oxirgi 4 ta bo‘limi bag‘ishlangan bo‘lib, Quyosh va oy tutilishining sabablari va shartlari bayon qilinadi.
Al Farg‘oniyning boshqa bir yirik asari o‘rta asr astronomiyasining asosiy kuzatish asbobi- astrolyabiyaga bag‘ishlangan bo‘lib, mazkur asarning to‘la ismi “Al-Xomil fi san’a al-asturlab ash-shimoli va-l-janubi bi-l handasa va-l hisob” deb qisqacha esa, “Kitob fi san’a al-asturlab” deb ataladi. Beruniy o‘zining “YUlduzlar haqidagi fan” (Astrologiya) asarida Astrolabiya asbobi haqida yozib, u dastlab greklarning kuzatish asbobi bo‘lganini takidlaydi. Grekcha “Astroloban” so‘zi, astro –yulduz va “labiyn” so‘zlaridan olingan bo‘lib, u osmonda qo‘zg‘almas yulduzlarning koordinatalarini aniqlaydigan asbobini bildiradi. O‘rta asr arab va musulmon mamlakatlari astronomiyasining rivojlanishida bu instrumentlarning turli xillaridan foydalanishgan. Al-Farg‘oniy ana shunday astronomik kuzatish asboblarini yasashda qadimdan ma’lum bir nechta prinsiplarga amal qilganini ta’kidlab, “.... biroq biz bu ta’moillar bayon qilingan bir-bir tavsiyanomani risolalarda uchratmadik. SHularga qaramay, asrlar davomida kishilar ulardan foydalanadilar va ularning to‘g‘riligiga dalil keltira olmasalarda, hisoblashlar qilib, ularga taqlid qiladilar. SHuning uchun ham biz o‘tgan olimlarning astrolyabiyani yasalishi va amalda ishlatilishi bilan bog‘liq faoliyatlarning aslida to‘g‘ri ekanligini isbotlash maqsadida ushbu risolani yozdik,” – deb uqtiradi asar so‘z boshisida olim.
Mazkur asar so‘z boshi va etti bobdan iborat bo‘lib, uning birinchi, uchinchi boblari astrolyabiya asbobining asosi hisoblangan stereografik proeksiyalashning umumiy nazariyasiga hamda osmon sfeerasining olam qutblaridan turib astrolyabiya tekisligiga proeksiyalash masalalariga bag‘ishlangan.
Risolaning to‘rtinchi –asosiy bobi astrolyabiya yasash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar jadvallarini o‘zida aks qilgan. Xususan, bu bobda astrolyabiya tekisligida proeksiyalangan sutkalik parallellarning (osmon ekvatoriga parallel aylanalar) radiuslarini, yoritgichlarning koordinatalari- astronomik uzunlamasi, to‘g‘ri chiziqlari orasidagi bog‘lanish formulasidan olingan ma’lumotlarni, hamda eng yorug‘ yulduzlarning jadvallarini o‘zida aks ettirgan. Bu jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar asosida, osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanishlari astrolyabiya tekisligida qanday aks ettirilishi risolada tushunarli bayon qilingan.
Asarning beshinchi va oltinchi boblari, shimoliy va janubiy astrolyabiya yasash bo‘yicha maslahatlar, jumladan uning “o‘rgimchagi” (pauk) ni yasash haqida tushuncha beradi. “O‘rgimchak” astrolyabiyaning yuza qismiga joylashtirilgan qo‘zg‘aluvchan doira disk bo‘lib, unda sutkalik tufayli o‘z vaziyatini o‘zgartirib beradigan ekliptika (Quyoshning yillik ko‘rinma harakat yo‘li) tekisligi va qo‘zg‘almas yulduzlarning eng ravshanlarining holatlari aks ettiriladi.
Risolaning eng so‘ngi ettinchi bobida esa, osmon sferasining proeksiyasining olam qutbidan emas, balki Olam o‘qining ixtiyoriy nuqtasidan bajarilayotgandagi hollar bayon qilingan. Xususan bunda sferasining aylanishlarining proeksiyasi aylana ko‘rinishida emas, balki markazlari bir to‘g‘ri chiziqda yotuvchi ellipslarning ko‘rinishlarini olishi tushuntiriladi. Al-Farg‘oniyning “Astrolyabiya yasash haqida” gi risolasi, o‘rta asr sharqida borliqni geometrik aks ettirish nazariyasini rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan asarlaridan hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, yurtdoshimiz Ahmad al-Farg‘oniyning bu asarlari orqali bizgacha etib kelgan ilmiy meros, u o‘z zamonasining buyuk olimlaridan bo‘lganligini ma’lum qilib, o‘rta asr O‘rta Osiyo olimlari ichida esa, birinchi mashxur astronom bo‘lgan deyish uchun to‘la asos beradi.

Yüklə 310,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin