Oʻzbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə3/8
tarix22.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#119509
1   2   3   4   5   6   7   8
Absamatova Feruza

2.2. Tabiiy gaz va toshkoʻmir
Planetamizda tabiiy gazning zaxirasi juda katta (taxminan 1015 m3). Bu qimmatbaho yonilgʻining muhim konlari Sharqiy Sibirda (Urengoy, Zapolyarye), Volga-Ural havzasida (Orenburg), Oʻzbekistonda, Ukrainada (Shebelinskiy), Shimoliy Kavkazda uchraydi.
Tabiiy gaz tarkibida koʻproq molekular massasi kichik boʻlgan uglevodorodlar boʻladi. Uning hajm jihatdan taxminiy tarkibi quyidagicha: 80 — 98% metan, 2 — 20% uning eng yaqin gomologlari — etan, propan, butan va ozroq miqdorda aralashmalar — vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, uglerod (IV) oksid va suv bugʻlari.
Demak, tabiiy gazning asosiy komponenti metan ekan. Uning tarkibida etan, propan, butan boʻladi. Shunday bir qonuniyat bor: uglevodorodning nisbiy molekula massasi qancha katta boʻlsa, tabiiy gazda metan shuncha kam boʻladi. Odatda, neft erigan holda boʻladigan va uni qazib olishda ajralib chiqadigan yoʻldosh gazlar ham tabiiy gazlar jumlasiga kiradi. Yoʻldosh gazlar tarkibida metan kamroq, lekin etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar koʻproq boʻladi. Bundan tashqari, ular tarkibida neft konlariga aloqador boʻlmagan boshqa tabiiy gazlardagi kabi qoʻshimchalar, ya’ni: vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, suv bugʻlari va karbonat angidrid boʻladi.
Neftning yoʻldosh gazlari tabiatda neftdan yuqorida yoki bosim ostida unda erigan holda boʻladi. Yaqin vaqtlargacha neft gazlari ishlatilmasdan yoqib yuborilar edi. Hozirgi vaqtda ular yigʻiladi va yoqilgʻi hamda muhim kimyoviy xomashyo sifatida ishlatiladi.
Yoʻldosh gazlardan, shuningdek, neftni krekinglashda olinadigan gazlardan past temperaturalarda haydash yoʻli bilan alohida-alohida uglevodorodlar olinadi. Propan va butandan degidrogenlash yoʻli bilan toʻyinmagan uglevodorodlar — propilen, butilen va butadiyen olinadi, soʻngra ulardan kauchuk va plastmassalar sintez qilinadi.
Neft yoʻldosh gazlarining xarakteristikasi

Tabiiy gazdan, asosan, issiqlik berish xususiyati yuqori boʻlgan (1m3 gaz yoqilganda 54 400 kJ gacha issiqlik chiqadi) arzon yonilgʻi sifatida foydalaniladi. Bu turmush va sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladigan yonilgʻilarning eng yaxshi turlaridan biridir. Tabiiy gazlarni qayta ishlashning koʻp usullari ishlab chiqilgan. Qayta ishlashdan asosiy maqsad — toʻyingan uglevodorodlarni ancha aktiv — toʻyinmagan uglevodorodlarga aylantirishdan iborat, soʻngra toʻyinmagan uglevodorodlar sintetik polimerlarga (kauchuk, plastmassalarga) aylantiriladi. Bundan tashqari, uglevodorodlarni oksidlash yoʻli bilan organik kislotalar, spirtlar va boshqa mahsulotlar olinadi.
Keyingi yillarda toshkoʻmir, torf va slaneslarni qayta ishlash yoʻli bilan gaz ishlab chiqarish ancha koʻpaydi. Koʻmir ham tabiiy gazlar va neft singari energiya manbayi va qimmatli kimyoviy xomashyo hisoblanadi.
Tabiiy gaz eng yaxshi yoqilgʻi, toʻliq yonadi va juda katta issiqlik beradi Bu jihatdan boshqa yoqilgʻilardan farq qiladi.
CH+2O2 →CO₂+ 2H2O+ Q
Hozirgi vaqtda tabiiy gaz kimyo sanoatida har xil sintetik va organik birik- malar olishda asosiy xomashyo boʻlib qolmoqda. Metanni 1500°C gacha qizdirib atsetilen va vodorod olinadi.
2CH4→HC=CH +3H2
Elektrkimyo kombinatlarida atsetilendan sirka aldegid, benzol, sirka kis-lota, etil spirt, kauchuk va boshqa moddalar, vodoroddan esa ammiak, nitrat kislota, kaliy, natriy va ammoniyli selitralar olinadi. Metanni suv bilan yuqori haroratda katalizator ishtirokida qizdirib is gazi va vodorod olinadi. Bu aral-ashma sintez gaz deyiladi.
CH4+ H2O→ CO + 3H2
Tabiiy gazlarni qayta ishlashning koʻp usullari ishlab chiqilgan. Qayta ishlashdan asosiy maqsad-toʻyingan uglevodorodlarni toʻyinmagan ug- levodorodlarga aylantirishdan iborat, soʻngra toʻyinmagan uglevodorodlar sin- tetik polimerlarga (kauchuk, plastmassalarga) aylantiriladi. Bundan tashqari, uglevodorodlarni oksidlash yoʻli bilan organik kislotalar, spirtlar va boshqa mahsulotlar olinadi.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin