Oʻzbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə6/8
tarix22.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#119509
1   2   3   4   5   6   7   8
Absamatova Feruza

Tarixiy ma’lumot
G ipergen konlar, sedimentogen konlar, ekzogen konlar — Yer yuzasida qad. va hozirgi geokimyoviy jarayonlar bilan bogʻliq holda hosil boʻlgan foydali qazilma uyumlari. Gipergen konlar endogen sharoitida hosil boʻlgan mineral xom ashyolarning mexanik va biokimyoviy qayta oʻzgarishi va differensiatsiyasidan tarkib topadi. Gipergen konlar nurash, sochma va choʻkindi konlarga boʻlinadi. Okean va dengiz tubi yotqiziqlarida choʻkindi (koʻmir, yonuvchi slaneslar, neft, yonuvchi gaz va boshqalar), yon bagʻirlar, daryo va dengiz sohillarining boʻsh yotqiziqlarida sochma (oltin, platina, titan, volfram va boshqalar), materik yuzasida nurash (nikel, temir va boshqalar) konlari hosil boʻladi. Gipergen konlarga neft va gaz, kumir, koʻpchilik rudali va noruda konlari kiradi. Gipergen konlarning sanoat ahamiyati katta.
Gipogen konlar, magmatogen konlar, endogen konlar— Yer poʻstining chuqur qismlarida magmatik qorishmalar yoki issiq suvli eritmalardan yuqori temperatura va bosim sharoitida hosil boʻlgan foydali qazilma konlari. Gipogen konlar 5 asosiy genetik guruh: magmatik, pegmatitli, karbonatitli, skarnli va gidrotermal konlarga ajraladi.
M agmatik konlar foydali elementlar (xrom, titan, platina, mis, nikel va boshqalar)ga boy qorishmalarning sovishidan hosil boʻladi. Pegmatitli konlar soviyotgan magmadan ajralib chiqqan qoldiq mahsulotlar. Karbonatli konlar kalsiy, magniy va temir karbonatlarining toʻplanishidan hosil boʻladi. Bular bilan temir, mis, niobiy rudalari, apatit va flagopit konlari bogʻliq. Skarnli konlar magmatik togʻ jinslarining qizigan tutash zonalariga issiq bugʻlarning taʼsir etishidan tarkib topadi (temir, mis, volfram, qoʻrgʻoshin, pyx, bor va boshqalar). Gidrotermal konlar Yerning chuqur joylarida harakatlanadigan qaynoq suvli eritmalardan choʻkkan rudalardan (rangli, nodir, radioaktiv va boshqa rudalari) iborat.
Metamorfogen konlar - togʻ jinslari metamorfizmi jarayonida yuqori bosim va temperatura sharoitida Yer poʻstining chuqur qismida hosil boʻlgan foydali qazilma konlari. Metamorfogen konlar metomorfozlashgan va metamorfik konlar guruhlariga boʻlinadi. Metamorfogen konlarning mineral tarkibi ruda saklovchi jinslarning metamorfik fatsiyalariga xos. Metamorfogen konlar oʻzining paydo boʻlgan davridagi koʻrinishini butunlay oʻzgartirib, boshqa turdagi foydali qazilmaga aylanadi. Mas, torf metamorfik jarayon taʼsirida past navli toshkoʻmir va antra-sitga, oxirida esa grafit va olmosga, ohaktosh marmarga, gilli slanetslarga, boksitlar va boshqa xil tuprokli togʻ jinslari oʻtga chidamli xom ashyoga, qimmatbaho toshlar (korund, laʼl, diaspor, pirofilit, sillimanit, kianit)ga aylanadi.
Metamorfogen konlarni urganish natijasida olmos, laʼl, zumrad, billur va boshqa qimmatbaho toshlar konini topish imkoni yaratildi. Oʻzbekistonda Gʻozgʻon marmar koni, Toshqazigan grafit koni, Angren, Shargʻun kumir konlari, Sharaqsoy korund koni Metamorfogen konlar jumlasiga kiradi.
Jahonda birinchi neft qudugʻi 1846 yilda Kaspiy dengizi qirgʻogʻida kavlangan.
2009yilning sentyabrida Transocean kompaniyasining Deepwater Horizon platformasi qudugʻi chuqurligi 10683 metrga yetib, jahondagi eng chuqur neft qudugʻi boʻldi. Bu rekord uzoq saqlanmadi, bor-yoʻgʻi yarim yildan soʻng bu platforma portlab ketdi.
Dunyoda 40 mingtacha neft koni bor. Jahondagi neftning 60%i 300ta gigant kondan qazib olinadi. Koʻplab gigant konlar 30-70-yillar oraligʻida ochilgandir. Qolgan 40% neft esa kichik konlardan qazib olinadi, ularning “umri qisqa” boʻladi.
6 EROI yoki EROEI (Energy Return on Energy Investment) – bu energiya sarflab shuning evaziga energiya olish koyeffitsiyentidir. 1960 yilda neft qazish ishiga 1 birlik energiya sarflab 100 birlik olingan. Bu koyeffitsiyent har yili 2ga pastlab boradi. 2000 yilda 12-20ni tashkil qilgan. Shu ketishda kelajakda neft qazib chiqarish energetik nuqtai nazardan behuda ishga aylanadi.
Neft kelib chiqishi toʻgʻrisidagi ilk nazariyalardan birida bu qora modda kitning siydigi boʻlib, ummon tubiga choʻkib qolgan, keyin yerosti kanallaridan yer qobigʻiga sizib oʻtgan, deb taxmin qilinadi.
Qazib olingan neftning faqat yarmidan benzin olinadi, qolgani esa turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqarishda ishtirok etadi.
MakKlintok №1 neft qudugʻi 1861 yil avgustida ish boshlagan va haligacha ishlayotibdi. Oldin kuniga 50 barrelgacha neft olingan boʻlsa, hozirga kelib 1 oyda 12 barrel neft beradi.
Neft kelib chiqishi tadqiqotlarida oʻzga sayyoraning belgilariga ham duch kelingan. XIX asr oxirida rus olimi V. D. Sokolov sayyoramizni vujudga keltirgan gaz-chang bulutida uglevodorod molekulalari borligini taxmin qilgan.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin