Oʻzbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Kurs ishini bajarishdan maqsad



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə2/8
tarix22.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#119509
1   2   3   4   5   6   7   8
Absamatova Feruza

Kurs ishini bajarishdan maqsad: Kurs ishining yozilishidan maqsad shundan iboratki, bunda talaba oʻzi mustaqil ravishda izlanadi, izlangan sari bu mavzuni mustaqil ravishida oʻzlashtirib boradi. Kurs ishining vazifasi talabaga darslikdan tashqari kitoblardan ham ma’lumot yigʻish uni oʻrganish va kerak boʻlganda oʻrgangan bilimlarini takomillashtirib hayotga tadbiq etishiga, qisqa qilib aytganda talabaning bilim darajasini mukammanlashtirishga yordam beradi. Mazkur kurs ishidan koʻzlangan maqsad – “Uglevodorodlarning tabiiy manbalari. Tabiiy gaz va toshkoʻmir” mavzusi boʻyicha bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash va atroflicha oʻrganish. Oʻquv rejasida koʻzlangan muayyan fan boʻyicha ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarda olingan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarni aniq ijodiy va masalalarni mukammal yechishda qoʻllashdir.
Kurs ishining vazifasi: Mazkur kurs ishini vazifasi organik kimyo fanidan ushbu mavzu boʻyicha bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash, oʻrganish, zamonaviy axborotlar bilan tanishishdan iborat.

ASOSIY QISM
2.1. Neft va neftni qayta ishlash mahsulotlari
Uglevodorodlarning eng muhim manbalari neft, tabiiy gaz, neftning yoʻldosh gazlari va toshkoʻmirdir.
Neft—qora-qoʻngʻir moysimon suyuqlik boʻlib, turli xil uglevodorod-larning aralashmalaridan iborat. Neftning tarkibida, uglevodorodlardan tashqari, ba’zan kislorodli, oltingugurtli va azotli birikmalar ham boʻladi.
Turli joydan chiqqan neftning tarkibi turlicha boʻlib, uning solishtirma ogʻirligi 0,73 bilan 0,97 g/sm3 orasidadir. Neftning tarkibiga qattiq, suyuq va gaz holidagi uglevodorodlar kiradi. Gaz holidagi uglevodorodlar yer tagidan tabiiy gaz yoki yoʻldosh gaz (neft qazib olishda chiqadigan gaz) holida chiqadi. Òarkibida, asosan, suyuq uglevodorodlar boʻladigan neft — parafin asosli, qattiq uglevodorodlar boʻladigan neft esa asfalt asosli neft deb ataladi. Neftning paydo boʻlishi haqida bir qancha gipotezalar mavjud boʻlib, hozirga qadar ulardan birortasi ham toʻla tasdiqlanmagan.
Ba’zi olimlar neft metall karbidga (metallarning uglerodli birikmalariga) suv ta’sir etishidan paydo boʻlgan, boshqa olimlar esa neft yer tagida qolib ketgan oʻsimlik va hayvonlarning chirishidan hosil boʻlgan deb taxmin qiladilar. Neftning xalq xoʻjaligi uchun juda katta ahamiyati bor, chunki uni qayta ishlab, sanoatda foydalaniladigan mahsulotlar ajratib olinadi.
Neft konlari yer bagʻrining turli chuqurliklarida, ayrim jinslar orasidagi boʻshliqlarni toʻldirgan holda boʻladi. Agar u gazlar bosimi ostida boʻlsa, neft quduqlari orqali yer yuziga koʻtariladi.
Neft suvdan biroz yengil boʻlib, amalda suvda erimaydi. Neft turli uglevodorodlar aralashmasi boʻlgani uchun uning aniq qaynash temperaturasi boʻlmaydi.
Neft qaysi konlardan olinganiga koʻra, uning sifati va miqdori turlicha boʻladi. Masalan, Boku nefti sikloparafinlargaboy va toʻyingan uglevodorodlari nisbatan kam. Grozniy va Fargʻona neftlarida toʻyingan uglevodorodlar bor.
Sanoatda neft juda katta ahamiyatga ega, chunki undan xalq xoʻjaligi ehtiyojlarini qondiruvchi turli xil mahsulotlar olinadi. Masalan, neft raketalar uchun, dizel hamda ichki yonuv dvigatellari uchun yonilgʻi olishda eng boy manba hisoblanadi. Neftdan faqatgina mashinalar uchungina emas, balki uy-roʻzgʻorda, korxonalarda ham yoqish uchun ishlatiladigan mahsulotlar (tabiiy gaz, qoramoy — mazut) chiqadi. Surkov moylari, parafin moyi, ya’ni vazelin va boshqalar ham neft mahsulotlaridir.
Neft tarkibidagi mahsulotlarni ajratib olish uchun u turli usullar bilan qayta ishlanadi. Bu usullar orasida eng muhimi neftni fraksion haydashdir; bunda neft tarkibidagi mahsulotlar qaynash temperaturasiga qarab birin-ketin ajralib chiqadi. Neft haydalganda, avvalo uning eng yengil qismi — gazsimon uglevodorodlar ajralib chiqadi. Neft haydalganda, asosan, uch xil fraksiyaga ajratiladi:
I. 150°C gacha — gazolin, ya’ni benzinlar.
II. 150°C dan 300°C gacha — kerosin.
III. 300°C dan yuqori —neft qoldigʻi, ya’ni qoramoy (mazut).
Ajratib olingan uchala fraksiyaning har biri qaytadan haydaladi va quyidagi mahsulotlar olinadi.
I. Gazolin, ya’ni benzinlar fraksiyasi. Bu fraksiya molekulasida uglerod atomlarining soni 5 dan 9 tagacha boʻladigan yengil uglevodorodlardan iborat boʻlib, ulardan quyidagi mahsulotlar olinadi:
1. Yengil benzin — gazolin yoki petroley efiri. Qaynash temperaturasi 40 — 70°C, solishtirma ogʻirligi 0,64 — 0,66 g/sm3 . Petroley efiri, asosan, erituvchi sifatida ishlatiladi.
2. Oʻrtacha benzin (haqiqiy benzin). Qaynash temperaturasi 70 —120°C, zichligi 0,70 g/sm3. Benzin fraksiyasi texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga koʻra aviatsion, avtomobil benzini va hokazolarga boʻlinadi. Texnikada oʻrta benzin fraksiyasi, asosan, ichki yonuv dvigatellarida yonilgʻi sifatida ishlatiladi.
3. Ogʻir benzin yoki boshqacha aytganda, ligroin. Qaynash temperaturasi 120 — 140°C, solishtirma ogʻirligi 0,73 — 0,77 g/sm3 . Bu fraksiya dizel dvigatellari uchun yonilgʻi sifatida ishlatiladi.
II. Kerosin fraksiyasi. Bu fraksiyani tashkil qilgan uglevodorodlar molekulasida uglerod atomlarining soni 9 dan 16 tagacha boʻladi. Kerosin fraksiyasi maxsus usullar bilan tozalangach, traktor dvigatellarida va uy-roʻzgʻorda yonilgʻi sifatida ishlatiladi.
III. Qoramoy (mazut) fraksiyasi. Bu fraksiyadagi uglevodorodlar molekulasida uglerod atomlarining soni 16 va undan ortiq boʻladi. Qoramoy qayta ishlanganda, masalan, haydalganda, u parchalanib ketishi mumkin. Shu sababli mazut suv bugʻi vositasida yoki vakuumda haydaladi. Mazutdan solyar moylar, turli surkov moylari, vazelin, parafin va boshqalar olinadi. Solyar moy va surkov moylari texnikada keng koʻlamda ishlatiladi, solyar moylardan dvigatellar uchun yonilgʻi sifatida, surkov moylari esa mashina mexanizmlarini moylash uchun qoʻllaniladi. Vazelin tibbiyotda, parafin esa kimyo sanoatida keng qoʻllanadi.
Qoramoyning turli fraksiyalari haydalib boʻlgach, qolgan qoldiq gudron deb ataladi. Gudrondan asfalt tayyorlanadi. Sanoatimizning tobora oʻsib borayotgan talabini neftdan toʻgʻridan toʻgʻri haydash usuli bilan ajratib olinadigan benzin miqdori qondira olmay qoldi. Chunki neft haydalganda undan 5 — 20 % miqdoridagina benzin olinadi, xolos. Shu sababli neft texnologiyasini oʻzgartirishga, ya’ni benzin fraksiyasini boshqa fraksiyalar hisobiga, asosan, yuqori temperaturadagi fraksiya hisobiga oshirishga toʻgʻri keldi.
Neftdan olinadigan benzinning miqdori kreking jarayoni yordamida oshiriladi. “Kreking” soʻzi inglizcha soʻz boʻlib — parchalanish demakdir. Bu jarayon natijasida neft tarkibiga kiruvchi yuqori molekular uglevodorodlar parchalanib, quyi molekular uglevodorodlar hosil boʻladi. Kreking jarayonida neftdagi uglevodorodlar parchalanishi bilan bir qatorda, degidrogenlash, sikllanish, izomerlanish, polimerlanish kabi jarayonlar roʻy beradi.
Neft, asosan, ikki xil usul, ya’ni termik va katalitik usulda krekinglanadi.
Termik kreking 450 — 550°C temperaturada va 84 — 293 kPa bosim ostida olib boriladi. Natijada yuqori molekular uglevodorodlar parchalanib, quyi molekular toʻyingan va toʻyinmagan uglevodorodlarni hosil qiladi. Bular esa, oʻz navbatida, benzin (C5 — C9 ) fraksiyasini beradi. Kreking jarayonida benzin fraksiyasidan tashqari, toʻyinmagan uglevodorodlardan tashkil topgan kreking gazi ham ajraladi. Kreking gazi (masalan, izopropilen) kimyo sanoati uchun xomashyo boʻlib xizmat qiladi. Bu gazdan sintez yoʻli bilan yuqori sifatli motor yonilgʻisi olinadi. Odatda, neftning ham ogʻir, ham yengil fraksiyalari termik krekingga uchratiladi. Kreking jarayonida neftdan chiqadigan benzinning miqdori neftni toʻgʻridan toʻgʻri haydab olinadigan benzinnikiga nisbatan qariyb ikki baravar ortiq boʻladi. Neft past bosimda (3 —5 atm) va 550 — 600°C da bugʻ fazasida ham krekinglanadi. Bunday usul „bugʻfazali“ kreking deyiladi.

Katalitik kreking 450°C da va atmosfera bosimi ostida, katalizator ishtirokida olib boriladi. Katalizator sifatida aluminiy xlorid, turli xil aktivlangan alumosilikatlar ishlatiladi. Katalitik kreking termik krekingga nisbatan yaxshi usul hisoblanadi, chunki bu usul bilan olinadigan benzinda yuqori oktan soniga ega boʻlgan benzin miqdori koʻp boʻladi.


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin