O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 414,05 Kb.
səhifə33/71
tarix22.08.2023
ölçüsü414,05 Kb.
#140163
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71
8 11 sinf o‘quvchilari uchun korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar

Yo‘riqnoma: Bu fikrlarni o‘qing. Agar rozi bo‘lsangiz, yoniga “+” qo‘yib, rozi bo‘lmasangiz, “-“ qo‘ying.

  1. Siz qat’iyatlisiz va ikkilanmay qabul qilgan qaroringizni hech qanday to‘siqlar va qiyinchiliklarga qaramasdan amalga oshirasiz.

  2. Siz, boshqarish, buyruq berish, itoat qilishdan ko‘ra osonroq deb hisoblaysiz.

  3. Boshqa ko‘pchilik odamlarga nisbatan siz uquvliroq va topqirroqsiz.

  4. Sizga birorta topshiriq berilsa siz uni o‘zingiz bilganingizcha bajarasiz.

  5. Siz hamma yerda va hamma narsada birinchi bo‘lishga intilasiz.

  6. Agar siz ilm bilan shug‘ullaganingizda qachondir (ertami, kechmi) olim bo‘la olardingiz.

  7. Siz hayotda o‘z tengqurlaringizdan ko‘ra ko‘proq narsaga erishaman deb o‘ylaysiz.

  8. Siz hayotingiz davomida boshqalardan ko‘ra ko‘proq narsalarni qilishga ulgurasiz.

9. Istagingiz mumkin bo‘lmasa ham o‘zingizga "yo‘q" deyishingiz juda qiyin.
10. Agar hayotingizni qayta boshlashga to‘g‘ri kelsa, ancha narsaga erishardingiz.
Sizning ijobiy javoblaringiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, da’volar darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Siz uchun nimalar muvaffaqiyatli bo‘lsa, unga erishish yo‘llarini belgilab olish kerak.
Shaxsning biror narsaga bog‘liqlik darajasi – bu o‘sha darajadagi maqsadga erishishga intilishi imkoniyati borligini bildiradi. Bog‘liqlik darajasi aniq bo‘lgan kishilar o‘z maqsadlariga erishishda qat’iyatliligi bilan ajralib turadi va maqsadga erishishga bog‘liqlik darajasi, qobiliyatlari va imkoniyatlari past bo‘lganlar nisbatan ko‘proq natijalarga erishadi.

Yutuq motivasiyasini baholash”


Ko‘rsatma. Agar siz bu fikrga rozi bo‘lsangiz, jadvaldagi raqam yoniga “+” belgi qo‘ying va norozi bo‘lsangiz “-” belgisini qo‘ying.

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

1. Biror vazifani qusursiz bajara olmasam, bezovta bo‘laman.
2. Ishlayotganmda, yaxshisi menga savol bilan murojaat kilmaslik kerak.
3. Vaqt yetishmaydigan sharoitda ish qobiliyatim ko‘tariladi.
4. Agar ikki-uch kun davomida qiladigan ishim bo‘lmasa, xavotirlana boshlayman.
5.Aslida mening ishlash qobiliyatim va imkoniyatim tengdoshlarimga nisbatan yuqori.
6. Boshqalardan ko‘ra o‘zimga nisbatan qattiqqo‘lman.
7. Shiorim: “agar yaxshi ish qilmoqchi bo‘lsang, o‘zing qil”
8. Agar qiyin, ammo qiziqarli vazifani rad esam, keyinchalik afsuslanaman.
9. Ish bilan shug‘ullansam, dam olishni unutaman.
10.Tanbeh meni maqtashdan ko‘ra ko‘proq rag‘batlantiradi.
11. Tanishlarim meni maqsadli inson deb hisoblashadi.
12. Maqsad yo‘lidagi to‘siqlar menga qat’iyat bag‘ishlaydi.
13. Hatto kichik muvaffaqiyatsizliklarni ham dard bilan qabul qilaman.
14. Kayfiyatsiz ishlasam ham uni muvaffaqiyat bilan yashira olaman.
15.Bugun qiladigan ishimni kamdan-kam hollarda ertaga qoldiraman.
16. Hamma narsada o‘zimga tayanishga harakat qilaman.
17. Hayotda muvaffaqiyatdan ko‘ra muhimroq narsalar kam.
18. O‘zimni shuhratparast va shijoatli inson deb bilaman.
19. Yoz oxirida men maktab boshlanishidan juda xursandman.
20. Men ishshlashga moyil bo‘lsam ishni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bajaraman.
21.Qat’iyat bilan ishlay oladigan odamlar bilan muloqotda bo‘lishni yaxshi ko‘raman.
22. Menga ko‘pincha mas’uliyatli ish yuklanadi.
23. Qaror qabul qilishim kerak bo‘lsa, men buni iloji boricha yaxshi bajarishga harakat qilaman
24. Menga kuch, epchillik va bilimdonlik ko‘rsatish talab qilinadigan o‘yinlar yoqadi.
25. Men uchun hayotda eng muhim narsa muvaffaqiyatli kasb va martabaga erishish.
26. Men o‘zimning kasbiy muvaffaqiyatlarimni qadrlayman.
27. Umumiy ishda, mening hissam boshqalarning hissasidan ko‘proq.
28. Odatda boshlagan ishimni tugataman.
29. Nima qilishni bilmaydigan odamlarni tushunmayman.
30. Agar men haq ekanimga amin bo‘lsam, meni ko‘ndirish qiyin..

Yüklə 414,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin