8 11 sinf o‘quvchilari uchun korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar
3-mashq. “Yo‘q javobini berish”. O‘smirlik davrining eng mushkul jihatlaridan biri bu o‘zingizga mos keladigan hamda oilangiz va do‘stlaringiz singari boshqa odamlarning siz uchun to‘g‘ri deb hisoblaydigan narsalarni muvozanatlashtir. Biz o‘z chegaralarimizni aniqlashga vaqt ajratdik. Shunday bo‘lsa-da, biz do‘stlarimiz va oilamiz tomonidan qabul qilinishni istaymiz - shuning uchun dastlab ular bilan chegaralarni belgilash oson bo‘lmaydi. Boshqalar bizning ular istagan narsani qilishimizni talab qilishganda - ayniqsa bu bizning qadriyatlarimizga to‘g‘ri kelmagan hollarda - biz buni tengdoshlar yoki oila tomonidan qilinadigan bosim deb ataymiz. Tengdosh - bu sizning yoshingiz yoki unga yaqin bo‘lgan shaxs bo‘lib, u do‘stingiz, sinfdoshingiz yoki hamkasbingiz yoki ijtimoiy guruhingizdagi inson bo‘lishi mumkin. Tengdoshlarning bosimiga qarshi turish juda qiyin, chunki biz ularni hafa bo‘lishlarini istamaymiz. Oila bosimiga qarshi turish ham juda mushkul, chunki ota-onamiz ular istaganchalik yashashimizni kutishlari mumkin. Ular, biz uchun nima yaxshiroq ekanligini bilamiz deb o‘ylashlari mumkinligi sababli, bizning shaxsiy intilishlarimizni amalga oshirishimiz uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaydilar.. Do‘stlaringiz sizni o‘z xoxishiingizga qarshi biron bir narsani qilishga undayotgan holatda, qanday qilib "yo‘q" aytish mumkinligi haqida ijodiy fikrlashga yordam bermoqchiman.
“Yo‘q" deyishning ko‘plab usullari mavjud, ba’zilari bevosita, ba’zilari esa bilvositadir. Sizning ish daftaringizda "Yo‘q" deb aytishingiz mumkin bo‘lgan bir nechta usullar ro‘yxati keltirilgan. Ularning har biri uchun misollar ko‘proq bevosita shaklda bo‘lsadai, ammo bu turdagi xabarlarni bilvosita yo‘l bilan olish usullari ham mavjud. Masalan, oddiy "Yo‘q" so‘zini "Men buni istamayman" yoki "Men bosiq odamman." ko‘rinishida aytilishi ham mumkin. Bularning biri oddiy "Yo‘q" deb aytishning yanada bilvosita usulidir. Men sizga "Yo‘q" deyishning qulayroq usullarini ko‘rsatishni istayman, chunki o‘z qadriyatlaringizga zid bo‘lgan narsalarni bajarishni istamasligingizni bildirish uchun bevosita yoki bilvosita "yo‘q" deya bilishingiz zarur.
•Ishtirokchilarni kichik guruhlarga bo‘ling; har bir guruhdan "Yo‘q" deb javob berishning 1 usulini aytib berishlarini so‘rang.
Boshlovchi: Guruhingiz doirasida "Yo‘q" deb aytishingiz mumkin bo‘lgan turli xil usullarni yozishga 5 daqiqa vaqtingiz bor. Ijodiy yondashing. Samarali bo‘lsa, bironta vaziyat misolida "Yo‘q" deb aytish usulini aniqroq qo‘llab ko‘rsatishingiz mumkin. 5 daqiqadan so‘ng ayting: Endi men sizning tarqatma materialingizda keltirilgan "Yo‘q" deyishning boshqa usullariga mos keladigan fikrlarni keltirishingizni istayman. Mening ishoram bilan siz "yo‘q" deyish usullari bo‘yicha boshqa guruh a’zolari bilan yakka tartibda fikr almashishingizni so‘rayman.
Agar siz chet tilini o‘rgangan bo‘lsangiz, bilasizki, ushbu yangi tilni jamoat joylarida qo‘llash juda noqulay bo‘lishi mumkin. Ammo, so‘zlashish ko‘nikmalaringiz o‘sgan sayin, tildan foydalanishingiz ham yengillashadi"Yo‘q" degan javob berishda ham shunday holat kuzatiladi: qanchalik ko‘p mashq qilsangiz, sizga shunchalik yengil bo‘ladi va o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz shunchalik ortadi. Buni biroz mushkullashtiraylik. Men bir voyaga yetgan shaxsning «yo‘q" degan javob olishi mumkin bo‘lgan holat haqida aytib bermoqchiman. Istasangiz, ish daftaringizdan foydalanishingiz mumkin. Jamiyatingizda yoshlar duch kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatni baham ko‘ring, va ishtirokchilarga navbat bilan “bu yerda nimadir etishmayotgandek” kabi savolga javob berishga imkon bering .