3-mashq: “Ishonch bilan suhbatlashish”. Endi biz ishonch bilan muloqot qilish usulini ko‘rib chiqamiz. Biz o‘z his-tuyg‘ularimizni yoki xistaklarimizni ifoda etganimizda, suhbatdoshimizning xatti-harakati yoki noto‘g‘ri qilgan ishlariga e’tibor qarasak, o‘zimiz istamagan holda unga ta’qid qilishimiz mumkin. Yaxshiyamki, "Men ta’kidlayman" deb nomlangan usul bor. Suhbatni “Menimcha, bilishimcha, men istaymanki” so‘zlar bilan boshlash. O‘z fikringizni, xohish va ehtiyojlaringizni ifoda etishda «Men ta’kidlayman» iborasidan foydalanish xudbinlik emas. Bu sizning ehtiyojlaringiz va his-tuyg‘ularingiz uchun javobgarlikni olishning qarama-qarshi bo‘lmagan usuli sanaladi. "Men bayonotlarini qo‘llaganingizda, atrofdagilar o‘zlariga nisbatan bo‘lgan noto‘g‘ri fikrni, ta’kidni yoki tanqidni kamroq sezadilar.
Qat’iyat bilan suhbatlashishning uch turi mavjud: •Quyidagilar yozilgan plakat yoki flipchartani tayyorlang •Bunda har bir qismga ishora qiling:
Vaziyatga nisbatan sizning nuqtai nazaringiz ("Menimcha ...")
Vaziyatga nisbatan sizning munosabatingiz ("Bilishimcha ...")
Vaziyatga nisbatan sizning istagingiz ("Men istaymanki ...")
Bu yerda barcha 3 qismni qat’iy suhbatlashishda qanday qo‘llash bo‘yicha misollar keltirilgan:
O‘zaro suhbat chog‘ida ustunlik qiladigan do‘stingiz bo‘lib, u ko‘pincha sevgilisi bilan bo‘ladigan tortishuvllarning tafsilotlari haqida gapiradi. U kamdan-kam hollarda sizga savol berib, fikringizni tinglashga harakat qiladi. Ba’zida, u sizning romantik munosabatlaringiz haqida savol berish bilan chegaralanadi holos. Siz: "Biz sening romantik munosabatlaring haqida ko‘p suhbatlashamiz. Men sening muammolaringni tinglashdan va o‘zaro suhbat qurish imkoniyati yo‘qligidan toliqdim. Men o‘zimni senga begonadek his qilaman. Biz nafaqat o‘zimiz yoqtirgan insonlar haqida, balki boshqa qiziq mavzularda suhbatlashishimizni istayman. O‘zimiz uchun o‘zaro qiziqarli bo‘lgan mavzularda suhbatlashishni istayman" - deyishingiz mumkin.