O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 414,05 Kb.
səhifə52/71
tarix22.08.2023
ölçüsü414,05 Kb.
#140163
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71
8 11 sinf o‘quvchilari uchun korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar

Birinchi vaziyat: Agressiv holatdagi bir kishi ikkinchi - sust holatdagi va o‘zi yaxshi tanimaydigan odamdan katta mikdordagi pulni qarz so‘rayapti.
Ikkinchi vaziyat: Agressiv holatdagi bir kishi ikkinchi o‘ziga ishongan va e’tiroz bildirayotgan odamni spirtli ichimlik ichishga undayapti.

  1. Ishtirokchilar orasidan ko‘ngilli bir kimsa chaqiriladi va unta guruxdan sir tutilgan holda u o‘ynashi lozim bo‘lgan rol va shu rolga taalluqli vaziyat aytiladi. Boshlovchi bu vaziyatda o‘ziga ishongan odamning rolini o‘ynasa, guruhning boshqa a’zosi ko‘ngilli bo‘lib agressiv xulqli kimsaning rolini o‘ynaydi.

Shunisi ahamiyatliki, boshlovchi ishtirokchilar orasidan guruh liderlarini va guruh a’zolari yoqtirmaydigan bolalarni ajrata bilishi, tabiatdan agressiv va sust xulqli ishtirokchilarni aniqlab olishi zarur. Bu hol ko‘ngillilarni aniqlashda juda muhimdir - agressiv xulqli o‘smirlarga sust yoki o‘ziga ishongan xulqli rollarni takdim etgan ma’qul bo‘lsa, sust xulqli o‘smirlar o‘ziga ishonganlarning rolini o‘ynashsin.
O‘smir o‘ziga berilgan rolni muvaffaqiyatli ijro etishi yoki ijro eta olmasligi unchalik muhim emas. Agar bu rolni yaxshi ijro eta olmasa o‘zi yoki guruh buning sababini muhokama qilishlari mumkin, agarda rol yaxshi ijro etilsa guruh a’zolari ushbu xulq ko‘rinishi qaysi biriga tegishli ekanligini darrov bilib olishadi.

  1. Ishtirokchilar takdim etilayotgan xulq ko‘rinishlarini aniqlashadi, o‘z taxminlarini izoxlashadi.



15-Mavzu: “Muammoni hal qilish” (Soft skills)

Mashg‘ulot maqsadi:
O‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
•Muammoni hal qilishning 6 bosqichi
•Muammoni hal qilishning 6 bosqichidan foydalanib, jamoadagi muammoni hal qilish uchun guruhlarda ishlash
•Muammoni hal qilishni qaror qabul qilish bilan bog‘lash
Zarur bo‘lgan jihozlar:
•Guruh qoidalari aniq yozilgan plakat

Yüklə 414,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin