2.Boshqalarni jalb qiling - muammo yana kimga ta’sir qilishi, sizga kim yordam berishi yoki muammo haqida ma’lumotga ega bo‘lishi haqida o‘ylang.
3.Mumkin bo‘lgan eng yaxshi natijani tasvirlab bering - nima bo‘lishini istar edingiz?
4.Variantlar ro‘yxati - Mumkin bo‘lgan eng yaxshi natijaga erishish uchun qanday strategiyalar va choralarni qo‘llay olasiz? Odatda bir nechta yechimlar mavjud.
5.Afzalliklari va kamchiliklarini ko‘ra bilang - Yuqoridagi ikkita yoki uchta variantni tanlang va ularni har bir variantning afzallik va kamchiliklariga e’tibor qarating; qay biri samarali va qulay – qay biri samarasiz (yoki samarasizroq) va mushkulroq.
6.Qaysi variantni tanlashni o‘ylang - oqibatlari qanday? Siz ongingiz, yuragingiz, qo‘llaringiz yoki umidlaringiz asosida ataylab tanlovni amalga oshirishingiz mumkin.
3-mashq: “Muammolarga yechim topishni amalda qo‘llash”. Keling, vaziyat va muammoni hal qilishning ushbu bosqichlaridan qanday foydalanish haqida suhbatlashaylik. Bir shaharda nizo yuzaga keldi. Aksariyat aholi o‘z uylari va mulklarini juda tartibli va ozoda tutadilar. Ularning mol-mulklari saranjom-sarishta holatda saqlanadi.
•Eslatma: Siz guruhdan o‘z jamoalarida saranjom saqlanadigan mol-mulk qanday ko‘rinishini so‘rashingiz mumkin. Ammo shahar markazida o‘z uyini va mol-mulkini saranjom saqlashga harakat qiladigan bir fuqaro bo‘lib, mablag‘ yoki hastalik tufayli so‘ngg vaqtda u o‘z uyini qo‘shnilari kabi saqlab turolmay qoldi.
Quyidagi savollarga javob berishda guruhlardan muammoni hal qilish bosqichlaridan foydalanishni so‘rang:
-Muammoni qanday aniqlaysiz? Guruhning ushbu bosqich bo‘yicha javob ishlab chiqishlariga va javoblarini ish daftarlariga yozishlariga ruxsat bering. So‘ng, extimoliy javoblarni muhokama qiling: odam o‘z uyini saranjom saqlashda yordamga muhtoj. U oilasini boqish uchun juda ko‘p ishlab, o‘z uyiga qarashga sira ham vaqti yetmaydi.
-Kimni jalb qilish mumkin? Quyidagi savollarga javob berishda guruhlardan muammoni hal qilish bosqichlaridan foydalanishni so‘rang. So‘ng extimoliy javoblarni muhokama qiling: Uy egasi. Uning yon qo‘shnilari. Ijtimoiy ishchi. Shahar idorasidan vakil.