2-mashq: “Fakt va fikr o‘rtasidagi farq”. Biz ushbu mashg‘ulotni fakt va fikr o‘rtasidagi farqni muhokama qilishdan boshlamoqchimiz. Kim menga bularning ikkisiga ham ta’rif bera oladi”
•Doskada o‘quvchilarning to‘g‘ri javoblaridan asosiy so‘zlarni yozing. Aniq javoblarini tekshiring va ixtiyoriy ravishda o‘z ta’rifini aytib bergan o‘quvchilarni maqtang.
–Faktlar- haqiqatdir, biz isbotlashimiz mumkin bo‘lgan haqiqiy narsalar, va biz ularni o‘z ko‘zlarimiz bilan ko‘rishimiz mumkin, masalan : Mening sochlarim jigarrang, osmon moviy. Faktlar ko‘pincha raqamlarga asoslangan masalan: Harorat 20 daraja, 12 yoshda, itning vazni 20 kilogramm” (Ishtirokchilar yordamida ko‘proq misollar ko‘rsating.)
Fikrlar -bu kimnidir yoqtirishi, o‘ylashi va har bir kishining o‘z fikri borligiga ishonishi. Ular bu odamga haqiqatan ham mos bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo ularni faktlar sifatida isbotlash mushkul, chunki ko‘pincha ular fakt emas. Fikrlarga misollar: "maktab zerikarli" va "kabob mazali", “u kelishgan.” Bizga maktab zerikarli, kabob mazali ekanligi va muayyan odamning chiroyli ekanligi isbotlashimiz juda mushkul bo‘lishi mumkin, chunki bu ommaviy fikrlar bo‘lgani bilan, ular faqatgina fikrlardir. Bunday fikrga qo‘shilmagan insonni doim topasiz».
•O‘quvchilar quyidagilar fakt yoki fikrligini farqlashiga imkon bering. Agar bayonot fakt bo‘lsa, bosh barmoqlarini yuqoriga qaratsinlar, agar ular fikr bo‘lsa, bosh barmoqlarini pastga qaratsinlar.
•Barcha odamlar yashash uchun nafas olishi kerak (fakt)
•Hamma odamlar basketbolni sevadilar (fikr)
•Matematika yoqimsiz (fikr)
•U dangasa (fikr)
•Ozarbayjon Kaspiy dengizida joylashgan (fakt)
•4 fasl bor (fakt)
•Menga pomidor yoqmaydi (fikr)
•Itlar yoqimli (fikr)
•Itlarning 4 oyog‘i va dumi bor (fakt)
•Pissa ajoyib ta’mga ega (fikr)
•Ko‘pchilik, ammo barcha insonlarda ham emas, ikki qo‘llari va oyoqlari bor (fakt - amputasiya qilingan odamlardan tashqari)