O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 414,05 Kb.
səhifə66/71
tarix22.08.2023
ölçüsü414,05 Kb.
#140163
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
8 11 sinf o‘quvchilari uchun korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar

Mashg‘ulotning borishi:
O‘quvchilarni qutlang va bugungi mavzu "Asosiy funksional ko‘nikmalar" ekanligini eslating
Guruhning asosiy qoidalariga qisqacha murojaat qiling (qoidalar aniq yozilgan plakatlarga ishora qiling):
•Hurmatga asoslangan muloqot va munosabatdan foydalaning
•Guruhda barchaning ishtiroki muhimdir
•Bir-biringizni tinglang
•Boshqalarga ham fikr bildirish uchun teng imkoniyat bering
•Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang
•Mashg‘ulot vaqtida oshkor qilingan har qanday shaxsiy ma’lumotlar qat’iy sir saqlanadi
•Og‘zaki tahqirlash yoki zo‘ravonlik ta’qiqlanadi
1-mashq: “Ustuvor vazifalarni belgilang”.
•Quyidagi misollar yordamida «yetarlicha vaqt yo‘qligi»ni tasvirlab bering
Guruchni yarim litrli idishga soling (3/4 qismigacha to‘ldiring) va o‘quvchilarga guruch biz qilishni istaydigan narsalar - televizor tomosha qilish, telefonda suhbatlashish, do‘stlar bilan vaqt o‘tkazish, futbol o‘yinlariga borish va h.k. ni bildirishini ayting.
•Barcha yong‘oqlarni yoki sharchalarni guruchning tepasiga solishga harakat qilib ko‘ring (yong‘oqlar idish yuzasini to‘ldirishiga e’tibor bering).
Boshlovchi: “Bu yong‘oq bizning ustuvor maqsadlarimizni, ya’ni biz qilishimiz kerak bo‘lgan ishlarni anglatadi. Qachonki biz bajarishimiz zarur bo‘lgan narsadan ko‘ra o‘zimiz istagan narsamizni avval qilishga intilsak, biz kun davomida ham o‘zimiz istagan va o‘zimiz uchun zaruriy bo‘lgan maqsadlarni bajara olmaymiz”.
•Qayta boshlab, yong‘oqni to‘la bankadan chiqarib, bo‘sh idishga joylashtiring, shunda ularning barchasi idish ichiga sig‘adi.
•Ohistalik bilan guruchni yong‘oq ustiga soling (guruch va yong‘oq idishga sig‘ishi lozim)
Boshlovchi: “Maqsadlarni va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash vaqtni boshqarishdagi muhim qadamdir. Agar biz birinchi navbatda ustuvor maqsadlarimizni (yong‘oq singari) birinchi o‘ringa qo‘ysak, unda biz istagan va rejalashtirgan ishlarimizni bajarishimiz uchun qo‘shimcha vaqtga ega bo‘lamiz. Vaqtni boshqarish kun tartibimizni tashkillashtirishga va hayotimizda yanada muvaffaqiyatli bo‘lishga ko‘mak beradi.”

Yüklə 414,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin