O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Komplimentlarni aytishga doir ayrim qoidalar



Yüklə 414,05 Kb.
səhifə59/71
tarix22.08.2023
ölçüsü414,05 Kb.
#140163
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71
8 11 sinf o‘quvchilari uchun korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar

Komplimentlarni aytishga doir ayrim qoidalar:
– kompliment ishtirokchilarning faqat yaxshi tomonlarini maqtashga qaratilgan bo‘lishi kerak;
– komplimentda maqtovga sazovor bo‘gan yaxshi fazilatlar oshirib yuborilishi kerak;
– inson qutilmoqchi bo‘lgan fazilatlariga kompliment ayta ko‘rmang;
– kompliment o‘rgatishi kerak emas;
– kompliment va laganbardorlikning bir-biriga zidligini unutmang.
Axborotni tizimlashtirish uni yaxshilab eslab qolishga yordam beradi.


Asosiy gaplarni aytishning qoidalari
 Gapning tezligi kamayadi.
 Har bir so‘z bosh yoki qo‘l qimirlatish bilan xarakterlanadi.
 So‘zlar orasida mikro-pauzalar hosil bo‘ladi.
 Ovoz sag‘al pasayadi.
 Ishonarli yoki avtoritar intonasiyalar vujudga keladi.
 Taqdimotchining vazifasi – aytilgan so‘zlar, fikrlarning tinglovchilar xotirasida ko‘proq saqlanib qolishiga erishishdan iboratdir.
Nutq nafaqat axborotni uzatish balki tinglovchilarni ishontirish vositasidir. Ishonch hosil bo‘lgandagina tinglovchilarga ta’sir etish mumkin.


Taqdimotning noverbal tomonlari


Yuz va ko‘zlar harakati
Taqdimotchining noverbal harakatari tinglovchilarda emosiyalarni hosil qilishga sabab bo‘ladi. Agarda televizor tovushini o‘chirib qo‘yilsa, faqat tasvir qoladi. Tinglovchilar tadqimotga nima demoqchi ekanligingizni eshitish uchun tashrif buyuradi, ammo ular, shu bilan birga, sizga qaraydilar, harakatlaringizni kuzatib, baho beradilar. Bu esa, xuddi tovarni sotish yoki sotib olishga o‘xshaydi. Gaplaringizni tinglovchilar tashqi ko‘rinishingiz, o‘zingizni tutishingiz, mimika va ekspressiyangiz bilan eshitishadi.
Tadqimotchining noverbal xulqi 700 000 turli xil harakatlaridan iborat. Bu ko‘pgina tillarda mavjud bo‘lgan so‘zlardan ham qo‘pdir. Taqdimotchining muvaffaqiyati uning mimikasi, yuzi, ko‘ziga bog‘liqdir.
Tinglovchilarning asosiy fokusi – taqdimotchining yuzida bo‘ladi: ko‘zi va lablarida. Agarda ma’lumotlar tinglovchilarda qiziqish uyg‘osa tadqimot vaqtining 70% davomida, zeriktirib yuborsa vaqtning 30% davomida tinglovchilar taqdimotchining yuziga qaraydilar.
Yuz harakati
Tadqimotning birinchi daqiqalarida sizning qiyofangiz, yuzingizdagi tabassum siz aytmoqchi bo‘lgan gapingizdan ham muximroqdir. Professional balet artistlarida “qaddingizni ushlang” shiori bo‘lsa, yaxshi tadqimotchining shiori “yuzingizni yo‘qotmang”dir.

Yüklə 414,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin