O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


-Mavzu: Muvaffaqiyatli taqdimot o‘tkazish sirlari



Yüklə 414,05 Kb.
səhifə57/71
tarix22.08.2023
ölçüsü414,05 Kb.
#140163
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71
8 11 sinf o‘quvchilari uchun korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar

16-Mavzu: Muvaffaqiyatli taqdimot o‘tkazish sirlari
Mashg‘ulotning ta’limiy maqsadi: muvaffaqiyatli taqdimot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi:. har xil turdagi insonlar bilan samarali muloqot o‘rnatishni o‘rganish;
Mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: shaxslararo o‘zaro munosabat ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Mashg‘ulot uchun jihozlar: tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar, markerlar.
Mashg‘ulot turi: davra suhbati, savol-javob.
Mashg‘ulotning borishi: 45 daqiqa
Taqdimot yoki jamoa oldida so‘zga chiqish
Taqdimot deganda nima nazarda tutiladi? Jamoa oldida so‘zga chiqish bu - bevosita yoki OAV orqali bilvosita turli loyiha, tovar, dasturlarni tinglovchilarni qiziqtirish maqsadida taqdim etishdir.
Taqdimot biznes yoki siyosatda keng qo‘llaniladi. Taqdimotdan deputatlar, menedjerlar, boshliqlar samarali foydalanishlari mumkin.
Yaxshi tayyorgarlik nima?
Yaxshi tayyorgarlik sizga gapingizni mantiqiy to‘g‘ri qurib gapirishga va qo‘yilgan maqsadga muvaffaqiyatli erishishga yordam beradi. Buning uchun siz:
 maqsadlaringizni yaxshilab aniqlashingiz;
 reja va ssenariyni tuzib olishingiz;
 loyihalarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishingiz;
 ajratilgan vaqtga rioya qilishingiz kerak.


Taqdimotning to‘rtta qismi
Odatda taqdimot to‘rtta prinisipial ahamiyatga ega bo‘lgan qismlardan iborat bo‘ladi. Har bir qismning o‘z maqsad va vazifalari mavjud.
1.Kirish. Maqsad – yoqish, auditoriyani o‘z tarafingizga og‘dirish, hurmat va qiziqishni uyg‘otish (avval o‘zingizga, so‘ngra esa, mavzuingizga). Gap nima haqida borishini aytib, reglament haqida ham unutmang.
2.Asosiy qism. Maqsad - vaziyatni siz ko‘rgan shaklda tasvirlashdan iborat. Uni yanada yaxshilashning barcha vositalarini sanab o‘ting, so‘ngra esa muammoni yechishning yo‘lini taklif qiling. Ushbu yo‘lning afzal tomonlarini asoslab bering.

Yüklə 414,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin