Taqdimotni tabassumdan boshlang. Tabassum chiqishingizning muvaffaqiyatli o‘tishining garovidir. Tinglovchilar fokusi trenerning yuzida bo‘ladi. Unda tabassumning hosil bo‘lishi ko‘z, peshona va lablarga ham bog‘liqdir. Tabassum bilan gaprishiga o‘rganing.
Esda tuting: tinglovchilar taqdimot vaqtning asosiy qismi davomida taqdimotchining yuziga qaraydilar.
Tinglovchilarni savol berishga undash Quyidagi so‘zlarni ayting: “E’tiboringiz uchun rahmat! Endi savollaringizga javob berishim mumkin!”
Ushbu so‘zlardan keyin auditoriyaga qarab qadam qo‘ying.
O‘n qo‘lingizni, xuddi o‘zingiz savol berayotganingizdek, ko‘taring.
Zalga qarab pauzani saqlang. Qarashningizni bir ishtirokchidan ikkinchisiga o‘tkazing.
Auditoriyani tinchlikni saqlashga (ko‘rsatkich barmoqni lablarga qo‘yish), aplodismentga da’vat etish (qo‘lar bilan chapak chalishni ko‘rsatish) va boshqa shu kabi imo-ishoralardan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Taqdimotchining start pozisiyasi Oyoqlarni 15-30 sm ga qo‘ying. Chap oyog‘ingiz o‘ng oyog‘ingizga nisbatan oldinroq qo‘ying. O‘n oyog‘ingizga suyaning. Qaddingizni rostlang. Boshingizni sag‘al eging. Bir tomondan ikkinchi tomonga qarab chayqalib turmang. Qo‘llaringiz jestlar uchun tayyor tursin.
Taqdimotchining joyini o‘zgartirishlari Agarda taqdimotchi mikrofon yoki tribunaga bog‘lanib qolmagan bo‘lsa, u auditoriya bo‘ylab harakatlanishi, vaqti-vaqti bilan joyini almashtirib turishi lozim.
Taqdimotchining mikro-harakatlari Taqdimot jarayonida taqdimotchi joyini almashtirib, mikroharakatlarni qo‘llashi lozim. Mikoroharakatlarga quyidagilar kiradi:
-o‘nga bir qadam;
-chapga bir qadam;
-orqaga bir qadam;
-oldinga bir qadam.
Taqdimotchiga ma’qul bo‘lgan joylar Taqdimot jarayonida taqdimotchi o‘zi uchun auditoriyada qulay bo‘lgan ikkita-uchta joyni aniqlab olishi zarur. Bu dasturiy fikrlarni aytish, savollarni berish yoki ishonarli tarzda suhbat olib brish uchun qulay bo‘lgan joylardir.
Ammo, taqdimotning asosiy qismini o‘tkazishda taqdimotchi o‘zi uchun ma’qul deb belgilagan markaziy joyi ham bo‘lishi kerak.
Agarda tinglovchilar e’tiborini slaydlarga qaratgan bo‘lsangiz mikroharakatlaringiz bilan ularga xalaqit bermang.