2 Mavzu: Hissiyotlarni boshqarish (Soft skills)
Mashg‘ulot maqsadi: • Turli xil hissiyotlarning noverbal ifodalab bering.
• Ularning salbiy va ijobiy his-tuyg‘ularini emosiyalarini farqlash.
• Ular qancha stressni boshdan kechirganini va stress nimaga o‘xshashligini va undagi kechinmalarni aniqlang.
• O‘quvchilar mashg‘ulotlar vaqtida muayyan his-tuyg‘ularni(emosiyalarni) yengishning o‘ziga xos usullarini o‘rganishadi.
Kerakli jihozlar: • Boshlovchi avvaldan kichik qog‘ozga turli xil emosiyalar nomini yozib qo‘yishi lozim ("hissiyotlar" o‘yini uchun har bir qog‘ozga bittadan hissiyot nomi). Emosiyalar ro‘yxati ushbu mashg‘ulot rejasidan so‘ng keltirilgan.
• Guruh uchun badiiy materiallar - har bir kishi uchun.
• Qalam yoki markerli oq taxta yoki flipchart, bo‘r , o‘chirg‘ich bilan qora doska.
• Ushbu mashg‘ulotning ssyenariysi quyida kursiv bilan berilgan.
Mashg‘ulotning borishi: Boshlovchi o‘quvchilarni bugungi mashg‘ulot bilan qutlaydi.
Guruhning asosiy qoidalarini eslating (qoidalar aniq yozilgan plakatlarga ishora qiling):
• Hurmatga asoslangan muloqot va munosabatdan foydalaning
• Guruhda barchaning ishtiroki muhimdir
• Bir-biringizni tinglang
• Boshqalarga ham fikr bildirish uchun teng imkoniyat bering
• Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang
• Mashg‘ulot vaqtida oshkor qilingan har qanday shaxsiy ma’lumotlar qat’iy sir saqlanadi
• Og‘zaki tahqirlash yoki zo‘ravonlik ta’qiqlanadi
• Zarur bo‘lmagan hollarda, mashg‘ulot davomida uyali telefondan foydalanish taqiqlanadi
1-mashq: “His-tuyg‘ular” o‘yini • Quyidagi emosiyalarni qog‘ozchalarga yozing. O‘quvchilar tasodifiy ravishda 1 ta qog‘ozni tanlashlari uchun har bir qog‘ozchani buklab, shlyapa, sumka yoki savatga solinadi.
• O‘quvchilar tanlagan emosiyalarini birovga bildirmasliklari yoki ko‘rsatmasliklari zarur.
• Keyin ular yalpi guruhlar oldida navbatma-navbat bu his-tuyg‘ularni so‘z ishlatmasdan, tana harakatlari yordamida tushuntirishga harakat qiladilar. Shu zaylda, o‘quvchilar o‘zlarining his-tuyg‘ularini namoyish etish uchun ixtiyoriy ravishda navbat bilan o‘rin almashadilar.
Gʻazab
Baxtiyorlik
Qoniqish
Stress holati
Lol qolmoq
Ajablanmoq
Umidsizlik
Musibat
Xijolat bo‘lish
Holdan toyish
Sevgi
Yolg‘izlik
Qo‘rqinch
Gʻurur