Mashg‘ulotlar uchun zaruriy jihozlar: •Mashq daftarchasi (har bir o‘quvchiga bittadan)
•Qalam yoki markerli oq doska yoki flipchart yoki bo‘r , o‘chirg‘ich bilan qora doska
•Guruh qoidalari aniq yozilgan plakatlar taxtasi
•Ushbu mashg‘ulotlar ssenariysi ko‘rsatilgan kursivli yozuvlar
Mashg‘ulotning borishi: •o‘quvchilarni asosiy hayotiy ko‘nikmalar darsi bilan tanishtiring va qutlang
•siz o‘z nutqingizda quyidagi namunalardan foydalanishingiz yoki ularni o‘zingizga moslashtirib qo‘llashingiz mumkin:
-Asosiy hayotiy ko‘nikmalar kursining tajribaviy darsiga xush kelibsiz! Ehtimol, sizda hayot ko‘nikmalari nima degan savol tug‘ilar?!
Og‘zaki tahqirlash yoki zo‘ravonlik ta’qiqlanadi. Uyali telefonlarni o‘chirib, o‘quvchilar sumkalariga joylashtirilishi lozim - o‘quvchilar mashg‘ulotlarda SMS yozishlari mumkin emas! Mazkur mashg‘ulotlar maktab mashg‘ulotlardan tamomila farq qiladi.
-Siz va men endi sherikmiz. Biz birgalikda bilimlarimizni oshiramiz.
Shu sababli, guruh muhokamasi va fikr almashish muhimdir.
Shu bilan birga, mavzudan chetga chiqayotgan munozaralarni yoki biron bir ishtirokchi muhokamalarda hukmronlik qilsa va boshqalarga o‘z fikrlarini bo‘lilishga to‘sqinlik qilsa, muhokamalarni to‘xtatish yoki qayta yo‘naltirishga zarurat tug‘ilishi ham mumkin.
Bundan tashqari, sinf ishlari ham ko‘zda tutilgan. Ba’zi vazifalar mustaqil ravishda, boshqalari sheriklar bilan bajarilsa, boshqalari kichik guruhlarning ishtirokini talab qiladi.
Boshlovchi: “Bugun biz stressni boshqarish haqida gapirishdan boshlaymiz. Stress - bu hayotning ajralmas qismidir. Ba’zida stress juda kuchli bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lib, bu ayniqsa balog‘atga yetish kabi o‘tish davrlarida jiddiy seziladi. Har kim biron bir darajada stressdan aziyat chekadi. Hech kim stressdan qochib qutula olmaydi. Ba’zida stress darajasi yuqoriroq, ba’zan esa pastroq. Hamma turlicha qabul qiladi. Bugun siz stress nima, uning kelib chiqish sabablari va uni yengishning samarali usullari to‘g‘risida ko‘proq bilib olasiz.
Yuqorida aytib o‘tganimdek, stressni hayotimizdan yo‘qota olmaymiz, ammo uni yengib o‘tishni o‘rganishimiz mumkin. Ushbu mashg‘ulot stress haqidagi suhbatimizni boshlab beradi. Kelgusi mashg‘ulotlarda yana stressni muhokama qilamiz”.