Va bu yerda biz quyidagi formulaga egamiz.
Maqsadga intiluvchanlik. + O‘ziga ishonch. + Mustaqillik va javobgarlikni his qilishga tayyorlik. + Strategik fikrlash qobiliyati. + Sog‘lig‘ingizga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish. + O‘z imkoniyatlarini kengaytirish istagi. + Ijodkorlik. + Donolarning fikrlari. = MUVAFFAQIYAT.
Siz doimo tongda yaxshi kayfiyatda uyqudan turishingizni tilaymiz. Baxtli va muvaffaqiyatli bo‘ling.
Muvaffaqiyatli inson bo‘lish sirlari
(45 daqiqa).
Mashg‘ulotni jihozlash: Audio, video materiallar, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.
Mashg‘ulotning turi: Suhbat, munozara, savol-javob.
Mashg‘ulotning ta’limiy maqsadi: “Motivasiya” tushunchasi bilan tanishtirish, dastlabki tushuncha berish, o‘z-o‘zini baholash darajasi haqida tasavvurini rivojlantirish, yutuqlarga erishishga doir o‘z-o‘zini baholash ehtiyojiga keltirish.
O‘quvchilarga berilgan mavzu bo‘yicha tushuncha berish, ularda muvaffaqiyat formulasi tushunchasini shakllantirish.
Mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarda kasblarga nisbatan mehr, qadriyat tushunchalarini shakllantirish. Kasb tanlashda xarakter, o‘z imkoniyatini to‘g‘ri baholash, amalga tatbiq qilish kabi xususiyatlarni tarbiyalash.
Mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Olgan bilimi amaliyotda, hayotida tatbiq etilishini ko‘ra bilish imkoniyatini rivojlantirish. O‘z-o‘zini tahlil qilish –o‘z xarakterini, intellektual qobiliyatini, mahoratini, jismoniy kuchini aniqlash imkonini shakllantirish.
Mashg‘ulotning davomiyligi: 45 daqiqa
Har bir inson uchun muvaffaqiyat tushunchasi alohida rol o‘ynaydi. Bu so‘z har birimiz uchun ma’lum bir ma’noga ega. Ammo bu so‘zning ta’rifi va unga erishish kalitlari mavjud.
Muvaffaqiyat - bu ma’lum bir tizimda unga erishish usullari va sirlarining kombinasiyasi, uning maqsadlarga erishish va istalgan maqomga erishish qobiliyatini olishdir.
Omadni boshqaradigan odamning bir qator o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
imkoniyatlarni ko‘radi, bahona topishga moyil emas va qandaydir to‘siqlarni ixtiro qilmaydi;
u barqarorlikka intilmaydi, lekin ko‘proq narsani xohlaydi;
kechiktirmasdan harakat qiladi;
boshqalardan yordam kutmay, mustaqil ravishda uning uchun nima motivasiya rolini bajarishini biladi;
maqsadga erishishda muvaffaqiyasizlikdan qo‘rqmaydi;
individual kichik natijalardan qoniqish hosil qilmaydi, balki katta orzuga yo‘l ochadi;
o‘z kuchlariga ishonadi;
sabrli bo‘lishni biladi;
xavflarni qanday qilib oqilona bartaraf etishni biladi;
qoqilishlardan qo‘rqmaydi.
Dostları ilə paylaş: |