O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi xorazm viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog’liqdir. Ularning har ikkalasi bir-biriga ta’sir etadi, biri ikkinchisini to’ldiradi, mazmunan boyitadi



Yüklə 125,12 Kb.
səhifə8/14
tarix02.01.2022
ölçüsü125,12 Kb.
#34895
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Tilavov Zokirjon Zaripbayevich. Kurs ishi

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog’liqdir. Ularning har ikkalasi bir-biriga ta’sir etadi, biri ikkinchisini to’ldiradi, mazmunan boyitadi.

Umuminsoniy qadriyatlar kishilarning talab va ehtiyojlari asosida aql-zakovat bilan yaratilgan, ularning tasavvurlari, taffakkurlari, kelajak orzu-istaklari, e’tiqodlari, axloq qoidalarini o’zida mujassam etgan, hayotda sayqal topgan ma’naviy boylik bo’lib, tarbiyaning tayanch vositalaridan hisoblanadi. Qolaversa, bunday qadriyatlar tarixiy taraqqiyotda hayotda sinalgan, jamiyat taraqqiyotida ahamiyatli ijtimoiy hodisadir.

Umuminsoniy qadriyat hayot uchun qimmatli, inson qalbida o’chmas iz qoldiradigan, insoniyat ijtimoiy manfaati, ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, ularni ezgulikka yo’llaydigan ma’naviy boylikdir. Umuminsoniy ma’naviy boyliklarga ilm-fan, falsafiy tafakkur yutuqlari, adabiyot, me’morchilik, san’at asarlari, kashfiyot, ixtirolar, ma’naviy madaniyat durdonalari, hurfikrlilik, umuminsoniy axloqiy me’yorlar kiradi.

Umuminsoniy qadriyat o’z ijobiy ahamiyatini yo’qotmaydi. Inson ozodligi, Vatan, inson salomatligi, intellektual va aqliy mulklar, vaqt, har bir shaxsning yashash, bilim olish, keksayganda ijtimoiy himoyalash imkoniyatlari, adolat, mehnatsevarlik, ezgulik, yaxshilik, tinchtotuvlik, do’stlik, halollik, vatanparvarlik, ota-onani hurmat qilish, farzandlar haqida g’amxo’rlik, vijdon, burch baynalminachlik kabi qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi.

Xalqlarning ulug’vorligi milliy mahdudlikda emas, balki umuminsoniy xususiyatlarga ega ekanligida, jahon tsivilizatsiyasiga qo’shadigan hissasidadir. Ayni chog’da boshqa bir narsani ham e’tibordan qochirmaslik kerak. Gap shundaki, milliy manfaatlarni, milliy qadriyatlarni umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarga qarama-qarshi qo’yish, muayyan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa muammolarni qaysidir millat va elatning manfaatlariga xilof ravishda hal etishga intilish, milliy manfaat bahonasida milliy xudbinlikni, tekinxo’rlikni olqishlash millatlararo munosabatlar taraqqiyotiga salbiiy ta’sir o’tkazadi. Bir millatning manfaat va qadriyatlari boshqa millatnikidan ajralmagan holda o’rganilishi kerak. Mamlakatimizda yashovchi har bir millat va elat singari o’zbek xalqning ham o’ziga yarasha ajoyib moddiy, ma’naviy, tarixiy qadriyatlari bor. Ularni oqilona va xolisona o’rganish mustaqillik sharoitidagi iqtisodiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotning shartlaridan biridir.

Demak, umuminsoniy qadriyatlarni mohiyati va mazmuniga ko’ra quyidagicha tasniflash mumkin:



  1. Inson va insoniyat — eng oliy qadriyatlardir.

  2. Insoniyatning mavjud bo’lishi uchun zarur bo’lgan tabiiy imkoniyatlar, mehnat, mehnat qurollari va mehnat mahsulotlarining birligi moddiy hayot qadriyatlari .

  3. Jamiyat hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan va insoniyatning taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan ijtimoiy soha va tuzilmalar (oila, millat, sinf, davlat) majburiy ijtimoiy hayot qadriyatlari tushunchasida ifodalanadi.

  4. Kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ilmiy bilimlar, falsafiy, axloqiy, estetik g’oya va ideayalar yig’indisi ma’naviy hayot qadriyatlari deb ataladi.

Xalqimizning yaxshi an’na, udumlari, mehnatsevarlik, halollik, mehmondo’stlik, yaxshi qo’ni-qo’shnichilik, katta va kichiklar, farzandlar va ota-ona o’rtasidagi hurmat singari ajoyib insoniy xislatlar qayta tiklanmoqda. Ming yillar mobaynida shakllangan ma’naviy va milliy qadriyatlar hozirgi davrda yaratilgan ma’naviy boyliklar bilan qo’shilib, taraqqiyotimizni tezlatadi, g’oyaviy va ma’naviy poklanishni ta’minlashga ko’maklashadi.

Shunga ko’ra xalqimizning buyuk farzandlari xotirasini abadiylashtirish, ularning qadr-qimmatini tiklash, tavalludlarini tantanali ravishda o’tkazishda respublikamizda keyingi vaqtlarda ko’p xayrli ishlar qilanayotganligini e’tirof etmoq lozim.

Mamlakatimizda inson qadrini e’zozlash, uning obro’-e’tiborini tiklashda mintaqamizdagi shaharlar, tumanlar, xo’jaliklar, maktablar, ko’chalarga xalqimizning ulug’ farzandlari nomlarining berilishi tarbiyaviy ahamiyat kasb etayotganligini ham unutmaslik zarur. Lekin bunday ishlar shoshma-shosharlik bilan emas, balki oqilona hal qilinishi lozim. Bizningcha, al-Xorazmiy, Amir Temur, Navoiy, Bobur kabi buyuk insonlarning muborak nomlari yirik ilmiy markazlar, mashhur universitetlar, harbiy o’quv bilimgohlariga berilsa, tarixiy haqiqatga mos tushgan bo’lardi.

Millat endigina oyoqqa turadigan va milliy davlatchilik qaror topayotgan bosqichda ijobiy ma’nodagi millatchilik birlashtiruvchi, uyushtiruvchi vazifani o’taydi. «Millatchilik» siyosiy tusga kirsa, kuchli salbiy yo’nalish kasb etadi. Davlat va millat xavfsizligiga, mintaqaviy va keng ko’lamdagi xavfsizlikka, kuchli tahdidga aylanib ketishi ham mumkin. Millatchilik O’zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida millatlararo munosabatlarga xavf solishi ehtimoldan holi emas. U Markaziy Osiyodagi respublikalarning xududiy-ma’muriy chegaralarini vujudga keltirish sohasida Roesiya imperiyasi olib borgan va Sovet hokimiyati davom ettirgan siyosat oqibatlariga borib takalishini unutmaslik lozim. Chor Rossiyasi, so’ngra esa Sovet davlatining aniq maqsadga qaratilgan migratsiya siyosati Markaziy Osiyo mintaqasi aholisining polietnik tarkibi yanada xilma-xil bo’lishiga olib keldi. O’zbekistonda yashayotgan boshqa millatlarning vakillari orasida ham etnik-madaniy asoslarda jipslashish jarayonlari faol yuz bermoqda. Hozirgi kunda anchagina o’zbeklar O’zbekistondan tashqarida yashamoqda. Masalan, Tojikistonda jami aholining 24,4 foizini, Qirg’izistonda — 13,8 foizini. Turkmanistonda — 9,0, Qozog’istonda — 2,5 foizini o’zbeklar tashkil qiladi. Shuning uchun ham Markaziy Osiyoning suveren davlatlari o’rtasida chuqur va har tomonlama aloqalar o’rnatish, «Turkiston — umumiy uyimiz» g’oyasiga asoslangan o’zaro munosabatlarga e’tibor bermoq zarur. Milliy munosabatlar hamisha dolzarb masala hisoblanadi. Agar milliy masala to’g’ri hal qilinmasa, jamiyat 2 tomonlama zarar ko’radi:

1) mamlakat ichida millatlar o’rtasida kelishmovchilik, nizolar chiqib turadi, bu esa iqtisodiy rivojlanishga ham, ma’naviy yuksalishga ham salbiy ta’sir qiladi;

2) mamlakatning chet el davlatlari bilan bo’ladigan munosabatlariga rahna tushadi.

Madaniy ma’rifiy sohada G’arb va Sharqning o’ziga xos qiyofalari borligini ko’p mutafakkirlar e’tirof etgan. Xususan, Abu Ali ibn Sino o’zining «Sharq falsafasi» asarida olimlarni «g’arbchilar» va «sharqchilar»ga ajratar ekan, ba’zi kishilarning falsafiy yo’nalishda yunon falsafasiga yopishib olish holatlarini johilliklari, aqllarining zaifligi oqibati deb baholagan edi. Ulug’ hind mutafakkiri Sevami Vivekanada: «Evropa ovozi — siyosat ovozidir va bu borada uning ustozi qadimgi Yunonistondir» deydi. Sharq ovozi — ruhiyat va ma’naviy ovozdir — barcha payg’ambarlarning butun hayot faoliyatlari Ruhni targ’ib qilishga qaratilgan.

Kommunistik mafkura qurboni bo’lgan rus sharqshunos va ruhiyatshunos olimasi E.P.Blavatskaya shunday degan: «Sharq tarbiyasi an’anasining asosida birdamlik va uyg’unlik falsafasi yotadi. Sharqda ustoz o’z shogirlariga «bir ko’lning barmoqlari singari» birdam va uyg’un bo’lish ruhini singdiradi. Yana mafkuraviy tazyiqqa uchragan rus sharqshunos olimlaridan biri S.F.Oldenburg fikricha: «G’arb moddiy madaniyat borasida tuban va ayanchlidir». Insoniyatning haqiqiy umumbashariy madaniyati G’arb tsivilizatsiyasi va Sharq ma’naviyatining qo’shilishi asosisda yaratilgandir.

G’arbchilik ruhida sho’ro fani ilmiylikka emas, balki mafkuraviylikka asoslangan edi. Qadimgi Sharq deganda Evropa ko’prok muloqotda bo’lgan Misr, Ossuriya, Bobil va G’arbiy Osiyo tushunilar va faqat ularning tarixi bilan cheklanilar edi.

Umuminsoniy qadriyatlar negizida 2 ta kontseptsiya turadi. Bular — Evropamarkazchilik kontseptsiyasi va Osiyomarkazchilik kontsepiiyasi oqimlarilir.

Tsivilizatsiya va umuman madaniyat rivojlanishidagi murakkab, uzoq va qarama-qarshi kurash shunga olib keldiki, turli irqchilik nazariyalari, mustamlachilik mafkurasi va siyosati yuzaga kelishi bilan go’yoki G’arb ilg’or, uyg’un rivojlanuvchi, taraqqiy etuvchi sifatida, Sharq esa sustkash, dangasa, an’analarga yopishib olgan tarzda qaralib, G’arb bilan Sharq bir-biriga qarama-qarshi qilib ko’yilgan edi. Bu narsa, jumladan, fanda ham ko’zga tashlanadi. Shunday tadqiqotlarning «asosi» sifatida turli sabablarni bichib-to’qib chiqarishdan ham tap tortilmagan: Chunonchi, G’arb kishisining miyasi va tafakkur tarzi Sharq kishisining miyasi va tafakkur tarzidan mutlaqo boshqacha, ya’ni ustun ekanligi ta’kidlanadi. Sharqda ham darhol buning aksini isbotlashga kirishib ketildi, ya’ni sharqliklar o’z ustunliklarini da’vo qila boshlashadi. Har ikkala markazchilik-tsentrizm vakillari, haqiqiy madaniyat tsivilizatsiyasini chetda qoldirib, hatto qadimgi faylasuflarning fikrlarini tan olmay qo’yishdi. Shu o’rinda loakal qadimgi yunon faylasufi Geraklit «sog’lom fikr-hamma uchun umumiy» deganini eslash zarur.

Markazchilik g’oyasining takrorlanishi hozirgi kunda ham yuz berib turganligini unutmaslik zarur. Bunday harakatlar faylasuflar, madaniyat xodimlari vakillari va umuman jahon xalqlari va mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikka rahna solishga xizmat qilayotgani ham ma’lum. Binobarin, zamonaviy fan esa G’arb va Sharqni bir-biriga qarama-qarshi qo’yishning asossiz ekanligini isbotlovchi rad etib bo’lmaydigan dalillarga ega.

Shu boisdan ham bugungi kunda asosiy yo’nalishni umuminsoniy qadriyatlarga qaratish — zamonaviy tsivilizatsiya va mustahkamlanishning zaruriy sharti va omilidir. Bunday yondashuv Sharq va G’arbning falsafiy ta’limotlari, oqim, yo’nalishlari va umuman ular madaniyatlari o’rtasidagi musobaqa va hamkorlikning zarurligini ko’rsatib beradi. Busiz bugungi kunda olamshumul muammolarni echish mushkul.

Bu sohada mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov 1995 yil 3 oktyabrda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining ochilish marosimida so’zlagan nutqida «tanlagan o’z taraqqiyot va islohot yo’lidan tezkorlik bilan ilgari siljishga kuchli ruhiy-quvvat beradigan milliy madaniyatimiz, Sharq falsafasining hayotbaxsh va teran buloqlaridan bahramand bo’lish muhimdir» degan edi.

«Nur Sharqdan». Bu Rim imperiyasida keng tarqalgan maqol. Yaqin vaqtlargacha Yunon va Rimda ilmu fanning rivoj topishida Misr, umuman, Yakin Sharq mamlakatlari asos bo’lib xizmat qilganligi aytilgan. Haqiqatan ham, eramizdan avvalgi Ioniya fani va falsafasi Yaqin Sharq ta’siri ostida emas, balki zardushtiylik ta’limoti asosida shakllangan.

Sharq madaniyati, ilm-fani, falsafasi va adabiyotining ta’siri Janubiy Frantsiya, Provans, Shimoliy Frantsiya va Italiyada sezilarli darajada kuchli bo’ladi. Parijda Sharq she’riyatining ta’siri ostida Trubadur va Turuverlar lirikasi, Italiyada «yangi yoqimli uslub» shakllandi.



Agar G’arbiy Evropa fan va texnika rivojining oliy darajasiga ko’tarilgan bo’lsa, Sharq xalqlari inson qalbini, ruhiyatini o’rganishda yuqori darajaga ko’tarildilar. Rus adibi S.Sultinskiy: «G’arb — oqil, Sharq — donishmand, G’arb — kenglik, Sharq — teranlik, G’arb — harakat bilan yashagan, Sharq esa orzu-umid bilan, agar G’arbning atoqli olimlari faol bo’lsalar, Sharqda ular faylasuflar... G’arbga nisbatan bir necha asrlar avval Sharqda ilm-fanning deyarli barcha sohalari uchun asos yaratilgan edi», deb yozgan.


Yüklə 125,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin