O’zbekiston Respublikasi Xalq


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

Mustahkamlash uchun savollar: 
1. Tirik tabiat burchagi qanday ta’lim tarbiyaviy ahamiyatga ega? 
2. Tirik tabiat burchagi qanday tashkil etiladi? 
3. Tirik tabiat burchagida 
qaysi о‘simliklar о‘rin oladi? 
4. Tirik tabiat burchagida qaysi hayvonlar boqiladi? 
5. Tirik tabiat burchagini jihozlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak? 
165 


24-§ MAKTAB 
О‘QUV TAJRIBA UCHASTKASI
 
О‘quvchilarga aniq puxta, mantiqiy tuzilgan plan asosida ishlash uquvini 
singdirish zarur. Buning uchun maktab 
о‘quv tajriba uchastkasida katta pedagogik 
imkoniyatlar bor. Uchastka teritoriyasida tashkil etishning, ekin va k
о‘chatlar 
ekishning pedagogik 
о‘ylangan rejasini tuzishni birinchi о‘ringa qо‘yilishi kerak. 
О‘quvchilar maktab uchastkasida ishlab, biologiyadan olgan bilimlarini 
yangi olingan 
о‘simlik va hayvonlar misolida mustahkamlaydilar. Ular qishloq 
x
о‘jalik ekinlarini yetishtirishning va hayvonlar parvarishining eng muxim 
agronomik usullari t
о‘g‘risida tasavvurlar hamda ular bilan ishlashning muayyan 
sistemadagi k
о‘nikmalarni hosil qiladilar. Uchastkadagi ishlar о‘quvchilarda 
tashkilotchilik, jamoatchilik k
о‘nikmalarini, mehnat madaniyatini, estetik 
tuyg‘ularni, 
о‘simlikni kо‘paytirish bilan tabiatni qayta ishlab chiqarish 
k
о‘nikmalarini tarbiyalashi kerak. о‘quv tajriba uchastkasida kuzda, bahorda 
botanika, zoologiya va umumiy biologiya b
о‘yicha darslar va amaliy 
mashg‘ulotlar, yozda, kuzda va bahorda tajribalar q
о‘yish va kuzatishlar о‘tkazish, 
botanika, zoologiya va umumiy biologiya darslarga tarqatiladigan va 
demonstratsiya materiallari tayyorlashlash b
о‘yicha darsdan tashqari ishlar 
о‘tkaziladi. Uchastkada yosh tabiatshunoslar ish olib boradi va maktab, sinfdan 
tashqari tadbirlar: hosil kuni, bog‘ kuni, qushlar kuni, k
о‘rgazmalar, ota-onalar, 
boshqa maktab 
о‘quvchilari uchun ekskursiyalar va shu kabilar tashkil qilinadi. 
Maktab uchastakasida, maktabda 
о‘rganiladigan о‘simliklar: dala, poliz, rezavor 
mevalar, manzarali va yovvoyi 
о‘simliklar bо‘lishi kerak. Shunga muvofiq, 
uchastka aniq chegaralangan: dala, poliz, rezavor meva, manzarali, biologik va 
zoologik b
о‘limlarga ega bо‘lishi zarur. Uchastkada metrologik stansiya, 
auditoriya barpo etish zarur. Har bir b
о‘limda о‘simlik kolleksiyasi va ular ustida 
tajriba 
о‘tkazish uchun joy ajratiladi. 
Dala b
о‘limi ikki: kolleksiya va tajriba qismlarga bо‘linadi.
Kolleksiya qismi quyidagi dalalarga ajratiladi: birinchi dalaga – suli, 
о‘tlar; 
ikkinchi dalaga – donli ekinlar: javdar bug‘doy, arpa, tariq, makkaj
о‘xori; uchinchi 
dalaga – dukkakli ekinlar: n
о‘xot, loviya, soya va yem xashak о‘tlari, beda; 
166 


t
о‘rtinchi dalaga – tolali ekinlar: zig‘ir, kanop, moyli ekinlar: kungaboqar, 
kanakunjut, yeryong‘oq; beshinchi dalaga – chopiq talab ekinlar: kartoshka, qand 
va xashaki lavlagilar; oltinchi dalaga – efirli va dorivor 
о‘simliklar yalpiz; yettinchi 
dalaga – texnika ekinlari: g‘
о‘za, kanop ekinlari. 
Tajriba qismlarida birinchi dalada qora shudgorda begona 
о‘tlarni paydo 
b
о‘lishi va ularga qarshi kurash, yashil о‘g‘itlar bilan о‘g‘itlangan va 
о‘g‘itlanmagan yerda kelgusi yilda g‘alla ekish. Ikkinchi dalada ekishning yaxshi 
usulini aniqlash. Uchinchi dalada beda va unga aralashtirilgan pichan hosili. 
T
о‘rtinchi dalada kartoshkalarning yer ustki tugunaklarini hosil qilish, chopiqni 
ta’siri, kartoshkani k
о‘paytirish usullari, kartoshkadan yuqori hosil olish. 
Sabzovot ekinlarini b
о‘limida – alohida uchastkaga kо‘p yillik ekinlar 
kolleksiyasi: yernok shavel, ravoch 
о‘tqaziladi. Bо‘limning qolgan maydonini 
sabzovot almashlab ekish uchun 4 ta dalaga ajratiladi. 1-Dalada: g
о‘ng bilan yangi 
о‘g‘itlangan yerga bargli ekinlar, har xil navli karam: mosh va qizil karam, gul 
karam, pomidor, piyoz. 2-Dalada: mevali ekinlar. 3-Dalada: mineral 
о‘g‘itlar bilan 
о‘g‘itlangan yerga ildiz mevali: sabzi, lavlagi, sholg‘om, rediska. 4-Dalada: 
dukkakli ekinlar: loviya, n
о‘xat va ertangi kartoshka ekiladi. 
Sabzovot ekinlari ustida 
о‘tkaziladigan tajribalar quyidagilar bо‘lishi 
mumkin:yerga q
о‘shimcha ishlov berishning tasiri,qalamchadan kо‘paytirish, 
chatishtirish, novdalarning chilpishning tasiri, yaxshi 
о‘simliklarni urug‘lik uchun 
ajratish, asosiy ekinlar: karam, pomidor, lavlagi, piyoz, bodring va boshqalardan 
yuqori xosil yetishtirish. 
Bu tajribalarning barchasidan botanika V-VI sinflardagi mavzularni 
о‘tishda, 
umumiy biologiyadan IX- sinfda “K
о‘payish va individual rivojlanish”, 
“Genetika va seleksiya asoslari” mavzularini 
о‘tishda foydalaniladi.
Rezavor- meva ekinlari b
о‘limining katta qismi mevali bog‘ uchun, 
kichikroq qismi rezavor-meva ekinlari va pitomnik uchun ajratiladi. 
Kolleksiya uchun boqqa olcha, nok, d
о‘lana о‘simliklarini ekish kerak. 
Rezavor- meva b
о‘limini tashkil qilishda katta yoshli meva daraxtlari ular 
ustida kuzatish olib borish uchun, tez 
о‘zgaruvchan yosh, shakl beriladigan 
167 


daraxtlarga unchalik qiziqarli b
о‘lmaydi. Shuning uchun maktab uchastkasida 
pitomnik b
о‘lishi zarur. Rezavor- meva ekinlari gullarni sun’iy changlatish, mevali 
daraxtlarni kurtak va iskana payvand qilish, rezavor - mevalarni parxishlab va 
qalamchalardan k
о‘paytirish bо‘yicha tajribalar о‘tkaziladi. Vegetativ kо‘paytirish 
k
о‘nikmalariga alohida etibor berish kerak. 
Manzarali 
о‘simliklar bо‘limida quyidagi о‘simliklar bir yilliklardan: -
baxmalgul, tamaki: ikki yilliklardan: -kartoshkagul, gulsafsar. Butalardan:-siren, 
chirmashib 
о‘sadigan о‘simliklar-yovvoyi tok, pechakgul.Manzarali о‘simliklar 
bilan V-VI va IX sinf 
о‘quvchilari yovvoyi о‘simliklarni madaniylashtirish 
b
о‘yicha, chatishtirish, payvandlash parxishlab kо‘paytirish, kun uzunligini tasiri, 
о‘g‘itlab sug‘orishning ta’siri, shonalarni chilpish bilan о‘simlikni gullash vaqtini 
о‘zgartirish bо‘yicha tajribalar о‘tkazadilar. 
О‘simliklar biologiyasi bо‘limi,botanika,zoologiya,umumiy biologiya 
kurslari 
bо‘yicha ahamiyatga ega bо‘lgan о‘simliklar biologiyasi bо‘limi maktab 
о‘kuv tajriba uchastkasida bо‘lish kerak. Bu yerda eng muhim biologiya 
qonunlarini aniqlashtiruvchi tajribalar 
qо‘yiladi.Yovvoyi о‘simliklarni о‘tqazish 
о‘quvchilarni etiborini о‘rab olgan tabiatni bilab olishga qaratiladi. 
Zoologiya 
bо‘limida tajribalar va amaliy ishlar uchun quyonlar, volerlarda 
yoki tovuqxonalarda tovuqlar 
bо‘lishi shart. Xayvonlarning о‘simlik muhiti bilan 
bо‘lgan tabiiy bog‘lanish ishini tushuntirish uchun uchastkaning о‘simliklari 
bо‘lgan turli bо‘limlardan foydalaniladi. Misol: sabzovot bо‘limida о‘quvchilar 
ba’zi bir zararkunandalar rivojlanishini kuzatish uchun ajratib 
qо‘yadilar. 
Rezavor-meva b
о‘limida meva daraxtlarning zararkunandalarini ustida kuzatishlar 
olib boriladi. 
Metereologik stansiya uchun yer, daraxtlar va imoratlardan uzoqroqda 
joy ajratiladi: uni 
о‘simliklar biologiyasi bо‘limining oldida yoki dala о‘simliklari 
b
о‘limining о‘rtasida joylashtirilgani maqul. Odam va uning salomatlik kursini 
о‘qitish protsessida uchastkadan foydalanish mumkin. Chunonchi VIII sinfda 
о‘quvchilar ustidan ularning mehnat faoliyatida alohida kuzatishlar olib borish 
mumkin. Maktab uchastkasida t
о‘g‘ri va notо‘g‘ri ritmda ishlaganda charchash 
168 


darajasini hisobga olish mumkin.Uchastkada yopiq joy b
о‘lishi zarur, uning ostida 
о‘quvchilar yomg‘ir yog‘ayotgan vaqtda yashirinadilar kuzda esa о‘simliklarni 
quritish uchun foydalaniladi. Maktab uchastkasida asboblarning saqlanadigan 
asboblar ombori b
о‘lishi shart, u yerda belkurak, metin hashkash, arra, bolg‘a, bog‘ 
qaychisi b
о‘lishi shart. Uchastkadagi ishlar о‘quvchilarga tashkilotchilik, 
jamoatchilik 
k
о‘nikmalarini, mehnat madaniyatini estetik tuyg‘ularini, 
о‘simliklarni kо‘paytirish bilan tabiatni qayta ishlab chiqarishni kо‘nikmalarni 
tarbiyalash kerak. Maktab uchastkasida maktabda 
о‘rganiladigan о‘simliklar: dala 
poliz, rezavor-meva, manzarali va yovvoyi 
о‘simliklar bо‘lishi kerak.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin