25
-
§
BIOLOGIYAN
I О‘QITISHDA TA’LIM-TARBIYANING
UZVIYLIGI
BIOLOGIYAN
I О‘QITISHDA TA’LIM – TARBIYA
MASALALARI
О‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati
insonni intellektual va ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq
bо‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirishni
nazarda tutadi.
Ushb
u vazifalarni hal etish uzluksiz ta’lim tizimida о‘qitiladigan barcha о‘quv
fanlari qatori biologiyaning ham zimmasiga yuklanadi. Barkamol shaxs – fuqaroni
shakllantirish vazifasining muvaffaqiyatli hal etilishi
avvalo, о‘quvchilarda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirishni talab etadi.
Tabiat tо‘g‘risidagi yetakchi fanlarning biri sanalgan – biologiya zimmasiga
о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ancha ma’suliyatli vazifalar
tushadi. Shu
sababli, ham maktab biologiya о‘quv fanining mazmuni
о‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda katta imkoniyatlarga ega.
Biologiyan
i о‘qitishda avvalo, о‘quvchilarni biologiyaning asosiy g‘oya,
nazariya, qonuniyatlari va tushunchalari, amaliyot
, xalq xо‘jaligining turli
tarmoqlarida tutgan о‘rni, biologik bilimlarni о‘zlashtirishning ahamiyati bilan
tanishtirish nazarda tutiladi va shu
orqali о‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish va insonning tabiat va jamiyatga ongli munosabatini tarkib toptirish
bilan uzviy bog‘langan holda ta’lim-tarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi.
Mazkur tizim о‘zida о‘quvchilar tomonidan fan asoslarini mustahkam
о‘zlashtirishlari barobarida, ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish,
о‘quvchilarni ma’naviy-ahloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy,
jismoniy, gigiyenik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalarini
mujassamlashtiradi.
171
Ilmiy dunyoqarashni sha
kllantirish. О‘quvchilarning biologiya о‘quv fanini
о‘rganishi biologik obektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayot faoliyati
qonuniyatlarini tushunishg
a olib keladi. Bu bilimlar о‘quvchilarning ilmiy
dunyoqarashi va e’tiqodlari sitemasini tashk
il etadi. О‘quvchilarning ilmiy
dunyoqarashi biologik qonuniyatlarni “tabiat-inson-jamiyat” munosabatlarining
tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tushunishga asoslanadi.
“Ilmiy dunyoqarash” tushunchasiga biologiya
о‘qitish metodikasining turli
manbalarida turlicha yondoshilgan. Jumladan, B.YE.Raykov ilmiy dunyoqarash
tushunchasini “dunyo haqidagi bilimlar o’quv qo’llanmasi”, V.V. Vsesvyatskiy
“tabiatga nisbatan t
о‘g‘ri qarashlar o’quv qo’llanmasi”, N.M.Verzilin va
V.M.Korsunskaya “insonning atrof muhitga munosabati, jamoa va jamiyatdagi
xulq-atvorini aniqlaydigan ilmiy tasavvurlar va tushunchalar tizimi” deb ta’rif
berganlar.
Pedagogik ensiklopediyada “ilmiy dunyoqarash falsafiy, ilmiy, siyosiy,
iqtisodiy, huquqiy, ahloqiy, estetik ideallar va e’tiqodlar yig‘indisi, insonning
moddiy borliq haqidagi qarashlari o’quv qo’llanmasi hisoblanib, shular asosida
inson tabiat va ijtimoiy muhitga
о‘z munosabatini namoyon etadi” deb ta’rif
berilgan.
Ushbu ta’rif asosida biologiya
о‘qitish metodikasi ilmiy dunyoqarashni
shakllantirishda ahamiyatga molik b
о‘lgan tushunchalarni aniqlash, mazkur
tushunchalarni shakllantirish uchun zarur b
о‘ladigan shart-sharoitlarni va asosiy
bosqichlarni, biologiyani
о‘rganish natijasida vujudga keladigan qarashlar va
e’tiqodlar tizimiga tavsif berishi, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib
toptirishdagi
о‘rnini kо‘rsatishi lozim.
Biologiyani
о‘qitishda о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga asos bо‘ladigan
tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Jonsiz va jonli tabiatning kimyoviy tarkibidagi
о‘xshashliklar, yuz beradigan
hodisalarning umumiyligi va uzviyligi;
Tirik organizmlarda sodir b
о‘ladigan hayotiy jarayonlar va
о‘zgaruvchanliklarni tushunishda, muammoli о‘quv topshiriqlarini hal etishda
172
biologik qonunlar bilan bir qatorda, fizik-kimyoviy qonunlardan foydalanish orqali
fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish;
Moddiy borliqdagi hodisa va voqealarni
о‘rganishning zarurati, ekologik
fojealarning sabablari va ularni bartaraf etish tadbirlari;
Inson tomonidan tabiat qonunlarini
о‘rganish va undan samarali va oqilona
foydalanish y
о‘llari;
Tabiiy hodisalarning
о‘zaro bog‘liqligi va rivojlanishida sabab-oqibat
bog‘lanishlar.
Inson – ijtimoiy mavjudot.
Tabiatni muhofaza qilish – bu sayyoramizda hayotni asrashning asosi;
Umumiy
о‘rta ta’lim maktablarida botanika, zoologiya, odam va uning
salomatligi
о‘quv kurslari mazmun jihatdan faktlarga boy bо‘lishi bilan bir
qatorda, har bir mavzuda
о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish
imkonini beradi.
Botanika
о‘quv fani dasturidan о‘rin olgan “О‘simlik-yaxlit organizm”
mavzusini
о‘rganishda о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga asos
b
о‘ladigan bilimlar umumlashtiriladi, tabiatni muhofaza qilishga doir
k
о‘nikmalarni amaliyotga qо‘llash imkoniyati tug‘iladi. Mazkur biologik bilimlar
muayyan darajada
о‘quvchilarning atrof-muhitga bо‘lgan munosabati, hatti-
harakatini belgilaydi. Shu sababli
о‘qituvchi ushbu mavzuni о‘rganishda jiddiy
tayyorgarlik k
о‘rishi, о‘quvchilarning e’tiborini mazkur bilimlarga tayanib, tabiiy
boyliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyatini anglagan holda ularni asrash
lozimligi haqida xulosa chiqarishiga y
о‘naltirishi lozim. Mavzuni о‘rganish
jarayonida
о‘simlikning barcha organlari о‘zaro bog‘liqligi, organizm bilan atrof-
muhit
о‘rtasida uzviylik mavjudligi yoritiladi. Mazkur bilimlar о‘quvchilarning
о‘simlikning yaxlit organizm ekanligi, biologik jarayonlarning borishida
organlarning ishtiroki, biologik hodisalarning sodir b
о‘lishida sabab-oqibat
bog‘lanishlarini anglashga yordam beradi.
О‘qituvchi о‘quvchilar faoliyatini
о‘simlik organizmining tuzilishi va funksiyasi, kо‘payish usullari, yashash
muhitiga moslashishi xaqidagi bilimlarini umumlashtirish, ilmiy dunyoqarashga
173
oid xulosalar chiqarishga y
о‘llaydi. О‘quvchilarning о‘simliklarning hujayraviy
tuzilishi haqidagi bilimlarini umumlashtirish maqsadida hujayra, t
о‘qima, organ,
organlar sistemasi va organizm
о‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash va quyidagi
jadvalni t
о‘ldirish tavsiya etadi.
О‘quvchilar darslik, kо‘rgazmali vositalar va tarqatma materiallar yordamida
mustaqil ishlab, hujayra, t
о‘qima, organ, organlar sistemasi va organizm
о‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlab, muayyan xulosaga keladilar.
О‘quvchilarning о‘simliklarda boradigan hayotiy jarayonlarning mohiyatini
anglashlari, jumladan, fotosintez jarayonida
о‘simlik organlarining bajaradigan
vazifalarini aniqlash uchun quyidagi jadvalni t
о‘ldirish tavsiya etiladi.
14-jadval
О‘simlik
organlari
Fotosintez jara-
yonidagi vazifasi
Organik
moddalar harakati
va sarfidagi ulushi
О‘zaro
bog‘liqlik
Ildiz
Poya
Barg
Gul
Meva
Dars yak
unida о‘simlik organlarida sodir bо‘ladigan hayotiy jarayonlar,
ularga ta’sir kо‘rsatuvchi tashqi muhit omillari qayd etilib, bilimlar
umumlasht
iriladi va о‘simlik – yaxlit organizm ekanligi haqida xulosa chiqariladi.
Shu
ningdek , “Odam va uning salomatligi” о‘quv fanidagi “Oliy nerv
faoliyati” bobida shartsiz va shartli reflekslar, tormozlanish, nutq va fikrlash
haqida tushuncha berishda dialektik materializmning materiyaning birlamchi, ong
ikkilamchi qonuniga asoslanishi lozim, ya’ni har qanday tasavvur tashqi muhit
ta’sirida vujudga kelishi, tashqi muhit ta’ssurotlar manbai ekanligi qayd etiladi.
174
“Umumiy biologiya” о‘quv fanida moddiy olamning yaxlitligi va birligi,
о‘simliklar, hayvonlarning hujayraviy tuzilishi, prokariot va eukariot
organizmlarning о‘xshashligi va farqlari, ularda boradigan hayotiy jarayonlar
haqida tushuncha berib, tirik organizmlarning xilma-xilligi, tabiiy guruhlarda
birgalikda yashashga moslashg
anligi, ularga ta’sir kо‘rsatadigan ekologik omillar
tushuntiriladi va hayotning molekula, hujayra, organizm, populyatsiya, tur,
biogeotsenoz va biosfera darajalari mavjudligi qayd etiladi.
Biologiyan
i о‘qitishda о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilgan barcha bilimlar
DTSda qayd etilgan “Organizm-biologik sistema”, “Ekologik sistemalar”,
“Organik olam evolyusiyas
i” yо‘nalishlari bо‘yicha umumlashtiriladi va ilmiy
xulosalar chiqariladi.
Biologiya
о‘qitishda о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish
uchun quyidagi shart-sharoitlarni vujudga keltirish zarur:
О‘qituvchilar tomonidan о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini
shakllantirishda ahamiyatga molik biologik g‘oya, nazariya va tushunchalarni
chuqur ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tushunishi.
О‘qitish jarayoni (mavzu, о‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyati)ning har bir
bosqichida
о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda tutgan о‘rnini
tahlil qilish va aniqlash.
Biologiya
о‘qitishda о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga asos bо‘ladigan
tushunchalarning mazmuni va mohiyatini anglashlari, tabiiy hodisalarning
sabablarini aniqlash va dalillashda,
о‘quv muammolarini hal etishda boshqa о‘quv
fanlaridan
о‘zlashtirgan bilimlariga asoslanishi, ya’ni nafaqat tabiiy-matematik,
balki ijtimoiy-gumanitar
о‘quv fanlari bilan fanlararo bog‘lanishlarni amalga
oshirish.
Biologik qonuniyat, xulosa va umumlashmalarni biologiyaning ilmiy-
tadqiqot metodlari yordamida olingan natijalar, faktlar yordamida asoslash va
dalillash.
О‘quvchilarning tirik tabiatning umumiy qonuniyatlarini о‘rganishning
muhimligi, asosiy g‘oya va tushunchalarning rivojlanishini anglash va tushunishga
175
y
о‘naltirish asosida о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish. Bunda
о‘quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlari, muammoli vaziyatlarni vujudga
keltirish, nazariy mazmunga ega
о‘quv topshiriqlarini tayyorlash lozim.
О‘quvchilar tomonidan ilmiy dunyoqarash masalalariga bog‘liq
tushunchalarni
о‘zlashtirish darajasi va sifati, о‘zlashtirilgan bilimlarni о‘quv va
amaliy faoliyatga q
о‘llashni muntazam ravishda aniqlash, olingan natijalarga
muvofiq
о‘qitish jarayonining mazmuni va borishiga tegishli о‘zgartirishlar
kiritishi lozim.
Turli hayotiy vaziyatlarda
о‘quvchilarning nuqtai nazari, e’tiqodining
mustaqilligi, hatti-harakati va xulq-atvorining t
о‘g‘riligini dalillovchi
xususiyatlarga ega b
о‘lgan umumiy biologik tushunchalarni о‘quv va amaliy
faoliyatga q
о‘llash ehtiyojini rivojlantirish zarur.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda
о‘quvchilar tafakkurining rivojlanishi
muhim ahamiyat kasb etadi. Biologiya
о‘quv fanlarining mazmuni dialektik-
materialistik nuqtai nazardan yoritilishi,
о‘quvchilar tomonidan organik olam va
unda sodir b
о‘ladigan о‘zgarishlarni tushunibgina qolmasdan, balki tirik
organizmlarda boradigan hayotiy jarayonlarning mohiyati, mazkur jarayonlarga
ta’sir k
о‘rsatadigan omillar, tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashishi va
xilma-xilligining sabablarini anglaydilar. Biologiyani
о‘qitishda о‘qituvchi
о‘quvchilarning mantiqiy fikr yuritishiga, taqqoslash, umumlashtirish va xulosa
chiqarishga zamin tayyorlaydigan
о‘quv topshiriqlarini tayyorlashi lozim.
О‘qitishning bu shaklda tashkil etilishi о‘quvchilarning faktlar, hodisalarning
о‘zaro bog‘liqligi ustida mulohaza yuritishiga yordam beradi. Mulohaza yuritish
о‘quvchilarning о‘quv materialini ongli va puxta о‘zlashtirishiga imkon yaratadi.
О‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish ularda mustaqil va ijodiy fikrlashni
tarkib toptirishga bog‘liq b
о‘ladi. Bu masalalar “Biologiyani о‘qitishda
о‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni tarkib toptirish” mavzusida batafsil
yoritilgan.
Dostları ilə paylaş: |