Ekologik tarbiya.
“Hozir XXI asr bо‘sag‘asida, fan-texnika taraqqiyoti jadal
sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Dunyon
ing jо‘g‘rofiy-siyosiy tuzilishi о‘zgar-
moqda. Bunday sharoitd
a inson tomonidan biosferaga kо‘rsatilayotgan ta’sirini
tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab
qolishning
о‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning о‘zaro munosabatlarida
muvozanatga erishish muammolari borgan s
ari dolzarb bо‘lib qolmoqda”
Sayyoramizda ekologik muammolar va tanglik yuz berayotgan jarayonda
о‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish zarurati kelib chiqadi.
Ekologik madaniyat umumiy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sanalib,
shaxsning ma’naviy hayoti va kundalik hayotida hatti-harakat shaklida namoyon
bо‘ladigan, hayotning va tabiatning bebaho ahamiyatini anglash, ularni
asrab
avaylash, muhofaza qilishd
a faollik kо‘rsatish kabi sifatlarni о‘z ichiga oladi.
Ushbu madaniyat albatta
о‘quvchilarning ekologik ta’lim va tarbiyasi asosida
vujudga keladi. Ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi
о‘quvchilarda tabiatga
nisbatan burch va ma’suliyat, ongli munosabatni tarkib toptirish, sharqona odob-
ahloq meyorlariga mos xulq-atvorni shakllantirish sanaladi.
О‘qituvchi har bir darsda, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va
ekskursiyalarda
о‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish bо‘yicha rejali
va muntazam ish olib borishi zarur.
Tabiatshunoslikni
о‘qitishda ekologik masalalar keng qamrovli bо‘lib,
hamma
о‘quv fanlarida mujassamlashgan. Ushbu о‘quv materiallari
о‘quvchilarning tabiatdagi uyg‘unlik, unda sodir bо‘ladigan
hodisalar, о‘zgarishlar,
ular
о‘rtasidagi uzviylik va mazkur uzviylikni, о‘zaro bog‘lanishlarni buzib
yuborish osonligini tushunishga imkon beradi. Masalan, qishloq x
о‘jaligi
dalalarida zaharli pestitsid va gerbitsidlardan foydalanish, k
о‘zlangan natijaga olib
kelishi mumkin, lekin bu jarayonda dorivor
о‘simliklar va foydali hasharotlar ham
nobud b
о‘ladi. Ularni yegan qushlar ham qirilib ketadi. Natijada shu arealdagi oziq
zanjiri buzilib ketishi,
о‘simliklar qoplami ham muayyan darajada о‘zgarishlarga
uchrashi tayin.
179
О‘qituvchi biologiya о‘quv fanini о‘qitish orqali ekologik tushunchalar:
organizm va muhitning
о‘zaro bog‘liqligi, tabiiy jamoalarning
almashinuvi,
biogeotsenozlar, ekologik sistemalarning
о‘zgarishi, biosfera, insonning ekologik
omil ekanligi va h.k.
о‘quvchilar tomonidan mustahkam о‘zlashtirishlari, kо‘nikma
va malakalarni egallashiga erishishi lozim.
О‘quvchilarda ekologik madaniyatni tarkib toptirishda quyidagi vazifalar
amalga oshirilishi lozim:
О‘quvchilar tomonidan tabiatning yaxlitligi, jamiyat va tabiatning о‘zaro
aloqadorligi haqidagi ilmiy bilimlarni
о‘zlashtirish, tabiatga nisbatan
ongli
munosabatni tarkib toptirishga asos b
о‘ladigan ekologik bilim, kо‘nikma va
malakalarni egallashga erishish;
Tabiat va uning tarkibiy qismlarining keng ma’nodagi ahamiyatini
tushunish, tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklarning farqiga yetish;
Tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, atrof-muhitning
tozaligini
asrash, k
о‘kalamzorlashtirish va tabiiy boyliklarni kо‘paytirish uchun amalga
oshiriladigan tadbirlar, ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish motivlarini
shakllantirish.
Ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda quyidagi k
о‘rsatmalarga amal
qilish zarur:
Tabiat va atrof muhitni
о‘rganish va о‘zlashtirish insonning bilish va amaliy
faoliyati birligi asosida tashkil etiladi. Shu
sababli
о‘qituvchi biologiyani
о‘qitishda tabiatning har bir tarkibiy qismi, shu jumladan, о‘simliklar,
hayvonlarning tuzilishi va hayotiy jarayonlari
о‘rganilganda о‘quvchilarga ilmiy
bilimlar berish bilan birga, mazkur bilimlarni amaliyotga tatbiqi haqida ham
ma’lumot berishi, har bir organizmga tashqi
muhitning k
о‘rsatadigan ta’siri,
organizmlarning yashash muhitiga moslashishini tushuntirilishi;
Insonning jonsiz va jonli tabiatga,
о‘simliklar olami va hayvonot dunyosiga
k
о‘rsatgan ijobiy va salbiy ta’sirini yoritish asosida, tabiat, inson va jamiyat
munosabatlari tushuntirilishi, fan sohalari b
о‘yicha tо‘plangan ilmiy bilimlar
integratsiyasi va fanlararo bog‘lanishlar amalga oshirilishi;
180
Sayyoramizda vujudga kelgan lokal va global ekologik muammolarni hal
etishda dunyo
hamjamiyati, davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyati, ya’ni
ushbu ekologik muammolarning hal etilishida davlatlararo umumiy aloqadorlik
masalalari haqida ma’lumot berilishi;
О‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish barkamol shaxsni
kamolga yetkazish borasida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy
ishlarning asosiy
tarkibiy qismi ekanligini nazarda tutish zarur.
Dostları ilə paylaş: