uyg‘un rivojlanishini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya
о‘quvchilarning aqliy va
ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan uzviy holda amalga oshirilgandagina kutilgan
natijalar, jumladan,
о‘z salomatligini asrash va mustahkamlash, hatti-
harakatlarning gigiyenik meyorlari, harakat k
о‘nikmalarini tarkib toptirish
mumkin. Jismoniy tarbiya masalasi biologiyani
о‘qitish metodikasida inson
organizmining tuzilishi, hayotiy jarayonlari, rivojlanishi bilan uzviylikda
о‘rganish
orqali amalga oshiriladi. “Odam va uning salomatligi”
о‘quv kursida о‘quvchilar u
yoki bu jismoniy mashqlarning bajarilishi organlar sistemasi ishiga ta’siri, sport
bilan
shug‘ullanishning ahamiyati, organizmni
chiniqtirish, gigiyenik
k
о‘nikmalarni hosil qilishning ilmiy asoslari bilan tanishadilar.
Shuningdek, Vatanimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida
olib borilayotgan tadbirlar, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, sog‘lig‘ining
mustahkamlanishi uchun yaratilgan sharoitlar qayd etiladi. Jismoniy tarbiyaning
muhim y
о‘nalishi – gigiyenik kо‘nikmalarni kundalik odatlarga aylantirish,
hayotda gigiyenik meyorlarga amal qilishga ongli munosabat, sog‘lom turmush
tarzi k
о‘nikmalarini tarkib toptirish, yoshlikdan sport bilan shug‘ullanishga
y
о‘naltirishdan iborat. Sport bilan shug‘ullangan о‘quvchilarda iroda va salomatlik
mustahkamlanishi, aniq maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni bardosh va chidam
bilan yengishga kabi ijobiy fazilatlar vujudga kelishi k
о‘rsatib о‘tiladi.
Dostları ilə paylaş: