O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

Ma’naviy-ahloqiy tarbiya.
Insonning ma’naviyati uning ongida aks etgan 
barcha ijobiy ruhiy, intellektual fazilatlar, axloq esa umuminsoniy va millatning 
176 


milliy qadriyatlari asosida jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan 
ma’qullangan xulq-atvor meyorlari o’quv qo’llanmasi sanaladi. Barkamol shaxsni 
kamolga yetkazishda ma’naviy-axloqiy yetuklik muhim ahamiyat kasb etadi. Shu 
sababli, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’limni isloh qilish 
y
о‘nalishlaridan biri “milliy mustaqillik prinsiplari va halqning boy intellektual 
merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta’limning barcha 
darajalari va b
о‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini 
rivojlantirish” deb belgilangan. Ushbu vazifalarni biologiyani 
о‘qitish jarayonida 
hal etish uchun 
о‘qituvchi darsda umumiy osoyishtalik, shaxsning rivojlanishi 
uchun qulay psixologik muhit, 
о‘quvchilarda ongli intizomni vujudga keltirishi, 
tahsil olishdagi burch va ma’suliyatni tarkib toptirishi lozim. 
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri tabiatni 
о‘rganish 
jarayonida 
о‘quvchilarda tabiat, mehnat, insonlarga nisbatan e’tiborli munosabatda 
b
о‘lish, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish, topshirilgan vazifalarni tо‘la-
t
о‘kis, sifatli bajarish, rasmiylashtirish, ongli intizom, burch va ma’suliyatni tarkib 
toptirish, insonning qadr-qimmatini hurmat qilishga 
о‘rgatish sanaladi. 
О‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda о‘quv faoliyatini rag‘batlantirish va 
asoslash, ijobiy hatti-harakatlarni q
о‘llab-quvvatlash, salbiy holatlarni muhokama 
qilish, 
о‘qituvchining shaxsiy namunasi va ijobiy hatti-harakatlarni kо‘rgazmali 
k
о‘rsatish muhim rol о‘ynaydi.
О‘quvchilarning organik olam va uning obektlarini о‘rganishda, о‘simliklar, 
hayvonlarning rivojlanishi, ularning xilma-xilligi, hayotini saqlab qolish va 
k
о‘paytirish uchun qayg‘urishi, g‘amxо‘rlik qilishi, yordam berishi haqidagi ilmiy 
bilimlar, muayyan k
о‘nikma va malakalarni tarkib toptirishga e’tiborini qaratishi 
zarur. Tabiat, inson va jamiyat 
о‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishda, 
Yerda hayotni saqlab qolishda biologik bilimlardan foydalanishning ahamiyati, 
insonning tabiatga nisbatan insonparvarlashtirilgan munosabatining roli k
о‘rsatib 
о‘tiladi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin