Mustahkamlash uchun savollar:
1.Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha?
2.Maktab darsligiga
о‘yilgan asosiy talablar?
3.Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzqilishi?
4.Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzqilishi?
5.Odam va uning salomatligi darsligining mazmuni, tuzqilishi?
191
27-§ UMUMIY O’RTA TA’LIMI MUASSASALARIDA BIOLOGIYANI
О‘QITISHNING О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi
bо‘lgan о‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalarida biologiyani umumta’lim fani sifatida
о‘qitish yagona о‘quv
dasturi asosida tashkil etilsa-da u ikki
yо‘nalishda amalga oshiriladi.
Akademik litsey
о‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal о‘stirish,
ularning chuqur, tabaqalashtirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan muassasa
ekanligini hisobga olgan holda, biologiyani
о‘qitishda ilmiy-nazariy masalalarga
keng
о‘rin berish, о‘quvchilarning chuqur о‘zlashtirayotgan fani bilan fanlararo
bog‘lanishlarni amalga oshirish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlari, mustaqil,
ijodiy va mantiqiy fikr yuritish, tajriba
qо‘yish va kuzatish kо‘nikmalarini
rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish masalalariga e’tiborni qaratish,
ilmiy-tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar mazmuni va
natijalari, biolog olimlarning hayoti, ularning fan rivojiga
qо‘shgan hissalari bilan
tanishtirish, uchrashuvlar tashkil etish tavsiya etiladi.
Kasb-hunar kollejlarining
о‘quvchilari tanlagan kasblari bо‘yicha ixtisoslik
olishlarini nazarda tutgan holda biologiyani
о‘qitishda kо‘proq amaliy masalalarga,
ayniqsa qishloq
xо‘jalik, tibbiyot, о‘rmonchilik, baliqchilik, oziq-ovqat, yengil sanoat,
hamda xalq
xо‘jaligining boshqa sohalarida biologiyaning tutgan о‘rniga ahamiyat
qaratiladi.
О‘quv yurtining ixtisosligiga bog‘liq holda jamoa, fermer, о‘rmonchilik
xо‘jaliklari va tibbiyot muassasalariga ekskursiyalar uyushtirish, tabiatni muhofaza
qilishning nazariy va amaliy masalalariga e’tiborni qaratish lozim.
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologik ta’lim mazmuni
davlat ta’lim standartlari bilan meyorlangan, shu asosda
о‘quv dasturi tayyorlangan
va unga muvofiq holda darslikning yangi avlodi yaratilgan.
Biologiya
darsligida
о‘kuvchilarning
о‘quv-bilish
faoliyatini
faollashtiradigan, mustaqil ishlashi va ijodiy fikr yuritish,
о‘zlashtirgan bilimlarini
nazorat qilishi va
о‘z-о‘zini baholash, mantiqiy fikr yuritish operatsiyalarini
bajarish natijasida biologik bilimlarni ongli
о‘zlashtirish kо‘nikmalarini
egallashlariga zamin tayyorlangan.
192
О‘qituvchi biologik ta’lim samaradorligiga erishish va о‘quvchilarning bilish
faoliyatini tashkil etish va boshqarishi uchun ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari
va ularni
о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirish usullarini bilishi lozim.
Ta’lim mazmunining tarkibiy qismi
bо‘lgan bilimlar о‘quvchilar tomonidan
о‘kuv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur qilish, abstrakt fikr
yuritish,
о‘rganilgan ma’lumotlarni yodda saqlash, bilimlarni tanish odatiy va yangi
kutilmagan vaziyatlarda
qо‘llash bosqichlari yordamida о‘zlashtiriladi.
О‘quvchilarda faoliyat turlari - kо‘nikma va malakalarni shakllantirish kо‘nikma
tarkibiga kiradigan ish usullarni aniqlash va ularni bajarish,
kо‘rsatmaga binoan shu
ish usullarini takror mashq qilish,
kо‘nikmalarni tanish, odatiy va kutilmagan yangi
vaziyatlarda ijodiy
qо‘llash kabi bosqichlarni о‘z ichiga oladi.
Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi
bо‘lgan ijodiy faoliyat tajribalari
о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritishiga zamin tayyorlab, uni
о‘qituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirish mumkin emas. О‘quvchilarda
ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish uchun ular
о‘kuv materialini mustaqil
ravishda
о‘zlashtirishlari, о‘quv topshiriqlarini bajarish jarayonida muammolarni
idrok etishi, tasavvur qilishi, abstrakt fikr yuritishi,
о‘rganilayotgan obektlarni tahlil
va sintez qilishi, taqqoslashi,
о‘xshashlik va umumiy tomonlarini aniqlashlari, fikr va
g‘oyalarni umumlashtirib, xulosa yasash orqali bilim,
kо‘nikma va malakalarini yangi
kutilmagan vaziyatlarda
qо‘llashni о‘rganishlari lozim.
Ta’lim mazmunining
tо‘rtinchi tarkibiy qismi hisoblangan qadriyatlar tizimi
о‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash,
о‘quvchilarda tabiat va butun borliqqa
nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi.
О‘quvchilar mazkur
tarkibiy qismni
о‘zlashtirishlari uchun avval о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va
malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlar ijodiy
qо‘llashlari, bir sо‘z bilan aytganda
faol
о‘quv-bilish faoliyati talab etiladi.
Ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari davlat ta’lim standartlarining asosini
tashkil etadi.
Davlat ta’lim standartlari tahlili uning quyidagi tarkibiy qismlardan iboratligini
k
о‘rsatdi:
193
Asosiy qism – ta’lim-tarbiya jarayonidan k
о‘zlangan maqsad va vazifalarni
amalga oshirishga imkon beradigan biologik bilim, k
о‘nikma va malakalarning o’quv
qo’llanmasi sanaladi. Ta’lim mazmunining asosiy qismi bilimlar, faoliyat turlari –
k
о‘nikma va malakalardan iborat bо‘ladi.
Kengaytiruvchi tarkibiy qism –
о‘kuvchilarning biologik bilimlari va mustaqil
hayotga tayyorgarligini orttirishga imkon beradigan, shaxs yoki gurux qiziqishlarini
rivojlantirishga y
о‘nalti-rilgan ta’lim mazmuning bir qismi. Bu qism ta’lim
mazmunining ijodiy faoliyat tajribalari va qadriyatlar tizimini
о‘z ichiga oladi.
Yordamchi qism – biologiya kursining mantiqiy strukturasining yaxlitligini
ta’minlovchi ta’lim mazmuninining ma’lum bir b
о‘limi. О‘quvchilarning qiziqishlari,
istagi va ehtiyojlari asosida darsdan va sinfdan tashqari tashkil etiladigan
mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil etadi.
Q
о‘shimcha tarkibiy qism - о‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari
y
о‘nalishi va mahalliy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan ta’lim
mazmunining bir qismi.
DTS ning asosiy va kengaytiruvchi tarkibiy qismlari
о‘zgarmas bо‘lib, о‘quv
fanining asosiy fundamental va amaliy masalalarini yoritadi, yordamchi va q
о‘shimcha
tarkibiy qismlari
о‘kuvchilarning kelgusida egallaydigan mutaxassisliklariga bog‘liq
holda
о‘kuv fanining о‘zgarib turadigan qismi sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |