O’zbekiston Respublikasi Xalq


  Baynalminal tarbiya



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

185 


Baynalminal tarbiya.
Respublikamizda qabul qilingan milliy istiqlol 
mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri millatlararo totuvlik hisoblanadi. 
“Millatlararo totuvlik g‘oyasi-umumbashariy qadriyat b
о‘lib, turli xil xalqlar 
birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, 
shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati b
о‘lib xizmat qiladi. Bu – g‘oya bir 
jamiyatda yashab, yagona maqsad y
о‘lida mehnat qilayotgan turli millat va 
elatlarga mansub kishilar 
о‘rtasidagi о‘zaro hurmat, dо‘stlik va hamjihatlikning 
ma’naviy asosidir”
1
. “Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 
millatlarni 
о‘zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash istiqlol mafkursining asosiy 
maqsadlaridan biridir. U halqimizga xos b
о‘lgan olijanoblik va insonparvarlik 
fazilatlariga asoslanadi”. 
Millatlaro totuvlik shaxsda mavjud b
о‘lgan baynalminal tarbiyaning 
natijasida vujudga keladi. Biologiyani 
о‘qitishda о‘quvchilarni baynalminal ruhda 
tarbiyalash uchun mavzu mazmuniga bog‘liq holda biologiya fanining rivojiga 
hissa q
о‘shgan jahonning yetuk olimlari, ularning hayoti va ijodiy faoliyati, jahon 
sivilizatsiyasiga buyuk hissa q
о‘shgan turli millat vakillari bilan tanishtirish orqali 
ularga ular tomonidan yaratilgan umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida 
tarbiyalash maqsadga muvofiq.
Baynalminal tarbiya 
о‘qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan 
tashqari mashg‘ulotlarda amalga oshirish, bunda biologiya fanining rivojiga hissa 
q
о‘shgan jahonning yetuk olimlari, ularning hayoti va ijodiy faoliyatiga 
bag‘ishlangan kechalar tashkil etish va 
о‘tkazish tavsiya etiladi. 
Tabiatshunoslikni 
о‘qitish samaradorligi ta’lim va tarbiyaning uzviyligini 
amalga oshirilishiga bog‘liq. Mazkur masalalar biologiyani 
о‘qitish metodikasida 
alohida 
о‘rganilishi, ta’lim-tarbiya jarayonining barkamol shaxsni shakllantirishda 
tutgan 
о‘rnini kо‘rsatish bilan izohlanadi, lekin о‘qitish jarayonida bu masalalar 
bir-biri bilan uzviy, uyg‘unlashtirilgan holda amalga oshiriladi. 
Tabiatshunoslikni 
о‘qitishda ta’lim va tarbiyaning uzviyligini amalga 
oshirish uchun quyidagilarni nazarda tutish lozim: 
186 


О‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish shaxsning rivojlanishida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish 
о‘quvchilar 
tomonidan fan asoslarini chuqur 
о‘rganishi bilan uzviy bog‘langan. Ilmiy 
dunyoqarash - barcha ta’lim-tarbiyaviy jarayonning asosi. 
Mehnat tarbiyasi 
о‘quvchilarni ta’lim va kasbga yо‘naltirish bilan uzviy 
bog‘langan. 
О‘quvchilarda mehnat kо‘nikmalarini shakllantirish, mehnat 
faoliyatiga tayyorlash, shaxsning ilmiy-nazariy bilimlarni 
о‘zlashtirganlik darajasi, 
vatanparvarligi va jismoniy rivojlanishiga asoslanadi. 
Estetik tarbiya ma’naviy-axloqiy, aqliy, mehnat, gigiyenik va jismoniy tarbiya 
bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshiriladi. 
О‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini, ularning aqliy, ma’naviy-axloqiy, 
ekologik, estetik va gigiyenik tarbiya bilan uyg‘un holda vujudga keladi. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin