O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

Gigiyenik ta’lim-tarbiya
о‘quvchilarning sog‘liklarini saqlash va 
mustahkamlash shart-sharoitlari va ularni vujudga keltirish haqidagi bilimlarga 
asoslanadi. Tabiatshunoslikni 
о‘qitishda gigiyenik tarbiya asosiy о‘rinni egallaydi 
va mavzu mazmuniga bog‘liq holda amalga oshiriladi. 
Masalan, botanikani 
о‘rganishda о‘simliklarning inson salomatligiga 
k
о‘rsatadigan ijobiy ta’siri, ularning atrof-muhitning mussafoligini saqlashdagi roli 
yoritiladi. Bakteriyalar b
о‘limi о‘rganilganda, bakteriyalarning xilma-xilligi, 
xayotiy faoliyati, tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini 
о‘rganish bilan bir 
qatorda, parazit bakteriyalar, ular tomonidan keltirib chiqariladigan kasalliklar, 
mazkur kasalliklarni yuqtirmaslik chora-tadbirlari haqida ma’lumot beriladi. 
183 


Zoologiyani 
о‘qitishda hayvonot olamining xilma-xilligi, tabiat va inson 
hayotidagi ahamiyatini qayd etish bilan birga, parazit tarzda hayot kechiruvchi 
hayvonlar, ularning rivojlanish sikli, oraliq x
о‘jayinlari, kasallik tashuvchi 
organizmlar, kelib chiqadigan kasalliklar, ularni yuqtirmaslik y
о‘llari haqida 
ma’lumot beriladi. 
Odam va uning salomatligi 
о‘quv fanida о‘quvchilarning о‘z salomatliklarini 
asrash, shaxsiy gigiyena b
о‘yicha bilimlari rivojlantiriladi, har bir organlar 
sitemasini 
о‘rganish davrida organlar sistemasining ishiga jismoniy tarbiya va 
sportning ijobiy ta’siri, kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini 
olish va bartaraf etish y
о‘llari haqida ilmiy tushunchalar beriladi. 
Mehnat tarbiyasi
. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda mehnat tarbiyasi 
muhim rol 
о‘ynaydi. 
Shu sababli ham uzluksiz ta’lim tizimi oldiga q
о‘yilgan muhim vazifa, fan va 
texnikaning hozirgi bosqichidagi rivoji, davlat va jamiyat ehtiyojlari, 
о‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlariga muvofiq holda kasb tanlashga 
y
о‘llash, ularda mehnat va о‘quv mehnati kо‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor 
qaratish zarurligi k
о‘rsatilgan. Mehnat tarbiyasi о‘qitishning nazariya va 
amaliyotning uzviy bog‘liqligi prinsipini amalga oshirish, 
о‘quvchilarda mehnat 
faoliyatiga nisbatan ijobiy motivlar, mehnat vositalari va qurollariga nisbatan 
ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, 
о‘quvchilar о‘rtasida о‘zaro hamkorlikni 
vujudga keltirishga zamin tayyorlaydi. 
О‘quv dasturidan о‘rin olgan mavzular bо‘yicha laboratoriya va amaliy 
mashg‘ulotlarni 
о‘tkazish jarayonida о‘quvchilarda mikroskop bilan ishlash, 
mikropreparatlar, o’quv qo’llanmalar tayyorlash, darslik, k
о‘rgazma vositalari va 
tarqatma materiallari ustida mustaqil ishlash kabi 
о‘quv mehnati kо‘nikmalari 
shakllantiriladi. Bu k
о‘nikmalar kelgusida о‘quvchilarning tanlaydigan kasbi 
b
о‘yicha mehnat kо‘nikmalariga aylanishi mumkin.
Tabiatshunoslikni 
о‘qitishda о‘rganilayotgan mavzu mazmuniga bog‘liq 
holda 
о‘quvchilarda mehnat madaniyati kо‘nikmalarini, jumladan, kо‘rgazmali 
jihozlar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda foydalaniladigan 
о‘quv jihozlari 
184 


va asboblari bilan ishlash, ish stoli, biologiya darsligi, daftarini toza va ozoda 
saqlash, 
о‘quv topshiriqlari va uy vazifalarini о‘z vaqtida va talab darajasida 
bajarishga e’tiborni qaratish lozim. 
Tabiatshunoslikni 
о‘qitishda о‘quvchilarni kasbga yо‘llash, mehnat tarbiyasi-
ni amalga oshirishga imkon beradigan bilim va k
о‘nikmalarni quyidagi guruhlarga 
ajratish mumkin: 
Qishloq x
о‘jalik, mikrobiologiya, tabiatni muhofaza qilish, inson 
mehnati faoliyatining ilmiy-nazariy asoslari; 
Ishlab chiqarish mehnati samaradorligi, 
о‘simliklar va hayvonlarning 
mahsuldorligini oshirishni ta’minlovchi texnika va texnologiyalarning asoslari 
bilan tanishtirish; 
Biologik qonuniyatlar va umumiy k
о‘nikmalardan amaliy faoliyat va 
turmushda foydalanish asoslari bilan tanishtirish. 
О‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlashda qishloq xо‘jaligi 
mehnati k
о‘nikmalari muhim ahamiyatga ega. Ular jumlasiga tuproqqa ishlov 
berish, 
о‘g‘itlash, о‘simliklarni sug‘orish, urug‘ni ekishga tayyorlash, ekish, 
о‘simliklarni parvarish qilish, hosilni yig‘ish va saqlash, shuningdek, qishloq 
x
о‘jaligi hayvonlarini boqish, zararkunandalariga qarshi kurash, mehnat qurollari 
bilan ishlash kabilarni kiritish mumkin. 
Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda 
о‘qituvchi о‘quvchilarni mehnat 
faoliyatiga psixologik jihatdan tayyorlash, mehnat madaniyatini takomillashtirish, 
shuningdek, 
о‘quvchilarning о‘zlashtirgan nazariy bilimlaridan foydalangan holda 
aqliy va jismoniy mehnatni t
о‘g‘ri tashkil etish kо‘nikmalarini tarkib toptirishga 
e’tiborni qaratishi lozim. Mehnat tarbiyasining asosiy vazifalaridan biri barkamol 
shaxsning asosiy fazilatlari b
о‘lgan mehnatsevarlikni rivojlantirish sanaladi. Bu 
jarayonda 
о‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy, aqliy, hissiy-irodaviy, ruhiy, 
jismoniy jihatdan uyg‘un rivojlanishini amalga oshirish maqsadida xalqimizning 
boy ma’naviy durdonalari b
о‘lgan hadislar, hikmatli hikoyalar, maqollardan 
foydalanish tavsiya etiladi. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin