hodisalarning tabiiy-ilmiy sabablarini bilish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini
tushunishga imkon yaratish;
О‘simliklarni parvarish qilish va hayvonlarni boqishning ilmiy asoslariga
e’tiborni qaratish,
о‘quvchilarni
mavsumiy dala ishlariga, maktab tajriba yer
maydonchalarida, bog‘ va poliz ekinlari maydonlaridagi ishlarga jalb etish orqali
ularning kasb tanlashiga, jumladan, qishloq x
о‘jalik, meditsina, veterinariya va h.k.
kabi ixtisosliklar bilan tanishishiga sharoit yaratish;
О‘quvchilarning ekologik madaniyatini takomillashtirish, tabiatga nisbatan
ongli va omilkorona munosabatini tarkib toptirish;
О‘quvchilarning о‘z organizmi, sog‘ligini asrash, profilaktika chora-
tadbirlari, vrach
kelguncha birinchi yordam k
о‘rsatish, sanoat korxonalari va
qishloq x
о‘jaligi ishlab chiqarishidagi xavfsizlik chora-tadbirlari, ishni ilmiy
asosda tashkil etish haqidagi bilimlarini kengaytirish;
О‘quvchilarning gigiyenik ta’lim-tarbiyasini amalga oshirish, gipodinamiya
(kam harakat qilish), chekish, alkogol, not
о‘g‘ri ovqatlanish,
kun tartibiga amal
qilmaslikning zararini tushuntirishga yordam berish;
О‘quvchilarda sharqona odob-ahloq, insoniy fazilatlarni shakllantirish, ular
ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat, Ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash sanaladi.
Umumiy
о‘rta ta’lim maktablarida biologiyadan quyidagi fakultativ
mashg‘ulotlar tashkil etish tavsiya etiladi.
17-jadval
Fakultativ mashg‘ulotlar
Soatlar
Sinflar
.
О‘simliklar hayoti
34
VI sinf
.
Hayvonlar hayoti
34
VII sinf
.
Odam fiziologiyasi
68
VIII sinf
.
Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza
qilish
34
VIII sinf
.
Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi
34
VIII sinf
Qishloq
xо‘jaligi hayvonlari fiziologiyasi va
34
IX sinf
205
.
zootexnika asoslari
.
Umumiy biologiya
68
IX sinf
.
Genetika va seleksiya asoslari
68
IX sinf
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologiyadan quyidagi
fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etish tavsiya etiladi.
Fakultativ mashg‘ulotlar
Soatlar
Bosqichlar
.
Organik olam evolyusiyasi
68
I-kurs
.
Genetika va seleksiya asoslari
68
I-kurs
.
Molekulyar biologiya
68
I-kurs
.
Biotexnologiya asoslari
68
I-kurs
Fakultativ mashg‘ulotlarning
xilma-xilligi
о‘quvchilarning qiziqish va
ehtiyojlarini
tо‘laroq qondirish, biologiya fanining eng istiqbolli yо‘nalishlari,
biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari bilan tanishtirish, biologiyaga doir bilimlarni
amaliyotga
qо‘llash va mahalliy sharoitning kadrlarga bо‘lgan ehtiyojlarini qoplash
imkonini beradi.
Quyida VI-sinflar uchun m
о‘ljallangan “О‘simliklar hayoti” fakultativ
mashg‘ulotining mazmuni beriladi.
“
О‘simliklar hayoti” fakultativ mashg‘uloti kursini о‘rganish о‘quvchilarni
о‘simliklarning
hayotiy jarayonlari, yovvoyi va madaniy vakillarining xilma-xilligi,
inson hayoti va tabiatdagi ahamiyati bilan tanishtirish, tabiiy biogeotsenozlardagi
о‘zaro aloqalar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirishga imkon beradi.
О‘simliklarning tarixiy rivojlanishi, о‘simlik organizmining hujayraviy tuzilishi
va hayotiy jarayonlarning moddiy asoslari haqidagi bilimlar
о‘quvchilarning ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish uchun asos b
о‘lib xizmat qiladi.
О‘simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati,
inson faoliyatining
о‘simliklarning alohida turlariga va tabiiy guruhlarning yashash muhitiga ta’sirini
206
о‘rganish о‘quvchilarni tabiatga ma’suliyat bilan munosabatda bо‘lish, ularga
ekologik, iqtisodiy, estetik, axloqiy tarbiya berish imkonini yaratadi.
О‘simliklarni ekish, parvarish qilish va kо‘paytirishning ilmiy asoslari haqidagi
bilimlarni kengaytirish
о‘quvchilarning kasb ta’limiga, mehnat va iqtisodiy tarbiyasini
amalga oshirishga yordam beradi.
Kurs davomida olib borilgan mashg‘ulotlar
о‘quvchilarning nafaqat biologik
bilim, k
о‘nikma va malakalari, balki kuzatish va tajriba о‘tkazish, amaliy va о‘quv
mehnati k
о‘nikmalarining rivojlantirishga zamin yaratadi.
Kursning mazmuni
о‘qitishning turli shakl va metodlari: ma’ruza, laboratoriya
mashg‘ulotlari, ekskursiya, kuzatish
о‘tkazish, tajriba qо‘yish, amaliy ishlar, о‘quv
tajriba yer maydonida ijtimoiy-foydali mehnatdan
о‘z о‘rnida samarali foydalanishni
talab etadi.
Shuningdek,
ushbu kursni
о‘tkazishda о‘quvchilarning tabiatshunoslik,
geografiya va 5-sinfda botanikadan olingan bilimlari asos b
о‘lib xizmat qilishi,
fanlararo va mavzulararo bog‘lanishlarni amalga oshirish
о‘qituvchining diqqat
markazida b
о‘lmog‘i lozim.
Umumiy
о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf о‘quvchilari uchun mо‘ljallangan
“
О‘simliklar hayoti” fakultativ mashg‘ulotini о‘tkazish 34 soatga mо‘ljallangan
b
о‘lib, shundan “Kirish” mavzusiga 2 soat, “О‘simliklarning tuzilishi va hayot
faoliyati”
mavzusi
о‘simlik hujayrasi va tо‘qimalarining tuzilishi va hayot faoliyati,
oziqlanish,
о‘simliklarning nafas olishi, о‘simliklarda moddalarning harakatlanishi,
о‘simliklarning о‘sishi, rivojlanishi va kо‘payishi kabi masalalarni qamrab olgan
b
о‘lib, ularni о‘rganishga 20 soat, “О‘simliklarning xilma-xilligi. Ularning yashash
muhitiga moslashganligi” mavzusi
о‘simliklar olamining xilma-xilligi, tabiiy
guruhlarda
о‘simliklarning hayoti kabi masalalarni mujassamlashtirib uni о‘rganishga
12 soat vaqt ajratilgan.
Dostları ilə paylaş: