3. Uzviylik, izchillik;
4. Yangi mavzularni,
kо‘rgazmali bayon etish kerak deb utiradi.
Bilim olishda tushunib
о‘rganish, ilmiy tadqiqotchining poklikka rioya
etishiga alohida e’tobor beradi, jamiyatning ravnaqi ma’rifatning rivojiga bog‘liq
degan g‘oyani ilgari suradi.
Abu Rayxon Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog‘laydi. Zero,
insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlikdir. Beruniy inson har
tomonlama kamolga yetishi uchun u ilmli b
о‘lishi bilan birga mehnatsevar va
hunar egasi b
о‘lishi ham kerak deydi. U inson kamolotida uch narsa muhimligini
ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasida ham e’tirof qiluvchi irsiyat, muhit,
tarbiyadir. Ma’lum bir davrda inson kamolotiga irsiyat, muhitning ta’sirini inkor
etib, faqat tarbiyani tan oladilar. Lekin Beruniy
о‘z zamondoshlari-Farobiy, Ibn
Sinolar kabi inson kamolotida har uchalasini ham muhim deb hisoblaydi. YA’ni u
insonning kamolotga yetishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot asosiy rol
о‘ynasada, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush qonuniyatlari ham katta
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlqaydi. Beruniy nazarida inson kamolga
yetishning eng muhim omillari ilm-ma’rifatli b
о‘lishi va yuksak axloqlilikdir.
Beruniy ilmiy bilimga oid, ta’lim metodlari haqidagi qarashlari bilan ta’lim
nazariyasida
о‘ziga xos maktab yaratadi. Beruniyning ham tabiiy, ham ijtimoiy
fanlarni qamrab olgan 150 dan ortiq asari mavjuddir.
Abu Ali Ibn Sino – butun musulmon Sharqning ulkan qomusiy axli, jahon
ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyondalaridan biridir. Ibn Sino
о‘rta asr
fanining turli sohalari falsafa, tibbiyot tabiatshunoslik, badiiy adabiyot
bо‘yicha
29
yozgan asarlari bilan
о‘chmas iz qoldirgan, u о‘z davrida