O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

«Olimlar raisi»
unvoni 
bilan taqdirlandi. Uning yirik asarlariga quyidagilarni kiritish mumkin 
«Tib 
qonunlari», «Ash-Shifo», «Al-qonun», «An-Najot», «Donishnoma»
va 
boshqalar. 
Ibn Sino 
о‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy 
qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalangan va maxsus risolalarda talqin qilgan. 
Shuningdek fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi 
о‘ringa tibbiyot fanlarini 
qо‘yadi. 
Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda 
о‘qitish zarurligini qayd etar 
ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya qilish zarurligini ta’kidlqaydi: 
1. Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib q
о‘ymaslik; 
2.Ta’limda yengildan og‘irga borish oraliq bilim berish: 
3.
О‘qitishda jamoa bо‘lib maktabda о‘qitishga e’tibor berish; 
4.Bilim berishda bolalarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 
5.
О‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qо‘shib olib borish; 
Bu talablar hozirgi davr tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. 
Ibn Sino 
о‘qituvchining qanday bо‘lishi kerakligi tо‘g‘risida qator fikrlarni 
bayon etadi. Ular quyidagilardir: 
1.Bolalar bilan muomulada bosiq, jiddiy 
bо‘lish; 
2.Berilayotgan bilimni talabalar qanday 
о‘zlashtirib olayotganiga e’tibor 
berish; 
3.Ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish; 
4.Talabaning xotirasi, bilimlarini egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini 
bilishi; 
5.Fanga qiziqtira olish; 
6.Berilayotgan bilimlarni eng muhimlarini ajratib bera olish; 
7.Bilimlarni talablarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda 
berish; 
8.Har bir 
sо‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bо‘lishiga erishish 
zarur, deydi olim. 
30 


Ibn Sino ta’limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin u og‘zaki 
ifodalash, tajribalarini baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy 
fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish 
qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad 
bо‘lgan.
Ibn Sino aqliy, axloqiy 
tarbiya bilan bir qatorda inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim 
ahamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatidan tahlil qiladi. Ibn Sinogacha 
insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning ta’siri haqida bizlarda bir yaxlit 
ta’limot yaratilmagan edi.
Jismoniy mashqlar
tо‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, 
badanni toza tutish, tartibga rioya etish, inson sog‘lig‘ini saqlashda muhim 
omillardan ekanini ham ilmiy ham amaliy jihatidan asosladi. 
Xulosa qilib aytganda, Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning 
ham aqliy, ham ahloqiy estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning 
kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin