8-§ BIOLOGIYA DARSLIKLARINING TAHLILI
1.Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha.
Maktab biologiya kursini
о‘qitishda qо‘llaniladigan vositalar orasida darslik
alohida
о‘rin tutadi. Darslik о‘quvchilarning mustaqil bilim olishini asosiy manbai
hisoblanadi. Har bir darslik
о‘quv qо‘llanmadan farqli ravishda о‘quv
dasturi
asosida yoziladi.
О‘qitishning maqsadi va vazifalariga, о‘quvchilarning yosh
xususiyatlariga, tayyorgarlik darajasiga qarab darslik xajmi va bilimlar sistemasi
belgilanadi.
2.Maktab darsligiga q
о‘yilgan asosiy talablar.
Birinchidan,
maktab darsligi ilmiy
bо‘lishi, ya’ni fanning rivojlanishini,
sо‘nggi yutuqlarini о‘zida ifoda etmog‘i;
Ikkinchidan, u
о‘quvchilar uchun tushunarli, ya’ni
ularning yoshiga,
tayyorgarlik darajasiga mos
bо‘lishi;
Uchinchidan, darslik
о‘quvchi uchun qiziqarli bо‘lishi, unda har bir
mavzuga
mos rangli rasmlar, sxemalar, jadvallar,
qо‘shimcha
qiziqarli
ma’lumotlar, topshirilar, savollar
о‘rin olmog‘i;
Tо‘rtinchidan, darslik о‘quvchilarning mustaqil bilim olishiga, ijodiy
rivojlanishiga, mantiqiy tafakkurini
о‘stirishga qaratilgan bо‘lishi;
Beshinchidan, darslik
milliy istiqlol mafkurasini
о‘quvchilar ongiga
singdirish uchun
yо‘naltirilgan bо‘lishi;
Oltinchidan, darslik mahalliy sharoitda keng tarqalgan
о‘simliklar,
hayvonlar, odamlarning tashqi va ichki
tuzilishi, hayot faoliyati yoritishi;
Yettinchidan, darslik
о‘quvchi salomatligini saqlashga qaratilishi;
Sakkizinchidan, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan tejab tergab
foydalanishga
о‘quvchilarni о‘rgatishga qaratilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: