O’zbekiston Respublikasi Xalq


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

Mustahkamlash uchun savollar: 
1.Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha? 
2.Maktab darsligiga 
о‘yilgan asosiy talablar? 
3.Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzqilishi? 
4.Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzqilishi? 
5.Odam va uning salomatligi darsligining mazmuni, tuzqilishi? 
191 


27-§ UMUMIY O’RTA TA’LIMI MUASSASALARIDA BIOLOGIYANI 
О‘QITISHNING О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
Uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi 
bо‘lgan о‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasalarida biologiyani umumta’lim fani sifatida 
о‘qitish yagona о‘quv 
dasturi asosida tashkil etilsa-da u ikki 
yо‘nalishda amalga oshiriladi. 
Akademik litsey 
о‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal о‘stirish, 
ularning chuqur, tabaqalashtirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan muassasa 
ekanligini hisobga olgan holda, biologiyani 
о‘qitishda ilmiy-nazariy masalalarga 
keng 
о‘rin berish, о‘quvchilarning chuqur о‘zlashtirayotgan fani bilan fanlararo 
bog‘lanishlarni amalga oshirish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlari, mustaqil, 
ijodiy va mantiqiy fikr yuritish, tajriba 
qо‘yish va kuzatish kо‘nikmalarini 
rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish masalalariga e’tiborni qaratish, 
ilmiy-tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar mazmuni va 
natijalari, biolog olimlarning hayoti, ularning fan rivojiga 
qо‘shgan hissalari bilan 
tanishtirish, uchrashuvlar tashkil etish tavsiya etiladi. 
Kasb-hunar kollejlarining 
о‘quvchilari tanlagan kasblari bо‘yicha ixtisoslik 
olishlarini nazarda tutgan holda biologiyani 
о‘qitishda kо‘proq amaliy masalalarga, 
ayniqsa qishloq 
xо‘jalik, tibbiyot, о‘rmonchilik, baliqchilik, oziq-ovqat, yengil sanoat, 
hamda xalq 
xо‘jaligining boshqa sohalarida biologiyaning tutgan о‘rniga ahamiyat 
qaratiladi. 
О‘quv yurtining ixtisosligiga bog‘liq holda jamoa, fermer, о‘rmonchilik 
xо‘jaliklari va tibbiyot muassasalariga ekskursiyalar uyushtirish, tabiatni muhofaza 
qilishning nazariy va amaliy masalalariga e’tiborni qaratish lozim.
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologik ta’lim mazmuni 
davlat ta’lim standartlari bilan meyorlangan, shu asosda 
о‘quv dasturi tayyorlangan 
va unga muvofiq holda darslikning yangi avlodi yaratilgan. 
Biologiya 
darsligida 
о‘kuvchilarning 
о‘quv-bilish 
faoliyatini 
faollashtiradigan, mustaqil ishlashi va ijodiy fikr yuritish, 
о‘zlashtirgan bilimlarini 
nazorat qilishi va 
о‘z-о‘zini baholash, mantiqiy fikr yuritish operatsiyalarini 
bajarish natijasida biologik bilimlarni ongli 
о‘zlashtirish kо‘nikmalarini 
egallashlariga zamin tayyorlangan. 
192 


О‘qituvchi biologik ta’lim samaradorligiga erishish va о‘quvchilarning bilish 
faoliyatini tashkil etish va boshqarishi uchun ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari 
va ularni 
о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirish usullarini bilishi lozim.
Ta’lim mazmunining tarkibiy qismi 
bо‘lgan bilimlar о‘quvchilar tomonidan 
о‘kuv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur qilish, abstrakt fikr 
yuritish, 
о‘rganilgan ma’lumotlarni yodda saqlash, bilimlarni tanish odatiy va yangi 
kutilmagan vaziyatlarda 
qо‘llash bosqichlari yordamida о‘zlashtiriladi. 
О‘quvchilarda faoliyat turlari - kо‘nikma va malakalarni shakllantirish kо‘nikma 
tarkibiga kiradigan ish usullarni aniqlash va ularni bajarish,
kо‘rsatmaga binoan shu 
ish usullarini takror mashq qilish, 
kо‘nikmalarni tanish, odatiy va kutilmagan yangi 
vaziyatlarda ijodiy 
qо‘llash kabi bosqichlarni о‘z ichiga oladi. 
Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi 
bо‘lgan ijodiy faoliyat tajribalari 
о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritishiga zamin tayyorlab, uni 
о‘qituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirish mumkin emas. О‘quvchilarda 
ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish uchun ular 
о‘kuv materialini mustaqil 
ravishda 
о‘zlashtirishlari, о‘quv topshiriqlarini bajarish jarayonida muammolarni 
idrok etishi, tasavvur qilishi, abstrakt fikr yuritishi, 
о‘rganilayotgan obektlarni tahlil 
va sintez qilishi, taqqoslashi, 
о‘xshashlik va umumiy tomonlarini aniqlashlari, fikr va 
g‘oyalarni umumlashtirib, xulosa yasash orqali bilim, 
kо‘nikma va malakalarini yangi 
kutilmagan vaziyatlarda 
qо‘llashni о‘rganishlari lozim. 
Ta’lim mazmunining 
tо‘rtinchi tarkibiy qismi hisoblangan qadriyatlar tizimi 
о‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash, 
о‘quvchilarda tabiat va butun borliqqa 
nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi. 
О‘quvchilar mazkur 
tarkibiy qismni 
о‘zlashtirishlari uchun avval о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va 
malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlar ijodiy 
qо‘llashlari, bir sо‘z bilan aytganda 
faol 
о‘quv-bilish faoliyati talab etiladi. 
Ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari davlat ta’lim standartlarining asosini 
tashkil etadi. 
Davlat ta’lim standartlari tahlili uning quyidagi tarkibiy qismlardan iboratligini 
k
о‘rsatdi: 
193 


Asosiy qism – ta’lim-tarbiya jarayonidan k
о‘zlangan maqsad va vazifalarni 
amalga oshirishga imkon beradigan biologik bilim, k
о‘nikma va malakalarning o’quv 
qo’llanmasi sanaladi. Ta’lim mazmunining asosiy qismi bilimlar, faoliyat turlari – 
k
о‘nikma va malakalardan iborat bо‘ladi.
 
Kengaytiruvchi tarkibiy qism – 
о‘kuvchilarning biologik bilimlari va mustaqil 
hayotga tayyorgarligini orttirishga imkon beradigan, shaxs yoki gurux qiziqishlarini 
rivojlantirishga y
о‘nalti-rilgan ta’lim mazmuning bir qismi. Bu qism ta’lim 
mazmunining ijodiy faoliyat tajribalari va qadriyatlar tizimini 
о‘z ichiga oladi. 
Yordamchi qism – biologiya kursining mantiqiy strukturasining yaxlitligini 
ta’minlovchi ta’lim mazmuninining ma’lum bir b
о‘limi. О‘quvchilarning qiziqishlari, 
istagi va ehtiyojlari asosida darsdan va sinfdan tashqari tashkil etiladigan 
mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil etadi.
Q
о‘shimcha tarkibiy qism - о‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari 
y
о‘nalishi va mahalliy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan ta’lim 
mazmunining bir qismi. 
DTS ning asosiy va kengaytiruvchi tarkibiy qismlari 
о‘zgarmas bо‘lib, о‘quv 
fanining asosiy fundamental va amaliy masalalarini yoritadi, yordamchi va q
о‘shimcha 
tarkibiy qismlari 
о‘kuvchilarning kelgusida egallaydigan mutaxassisliklariga bog‘liq 
holda 
о‘kuv fanining о‘zgarib turadigan qismi sanaladi. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin