O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

Iqtisodiy tarbiya.
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga 
о‘tishi, ta’lim-
tarbiya jarayonida 
о‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish zaruratini keltirib 
chiqaradi. 
О‘quvchilar botanika, zoologiya, umumiy biologiya о‘quv fanlarida 
о‘simlik va hayvonlarning mahsuldorligi, dalalarning unumdorligini oshirish, 
tuproq va yerga nisbatan munosabatini tubdan 
о‘zgartirish, olinadigan 
mahsulotlarni ham miqdor, ham sifat jihatdan orttirish masalalari bilan 
tanishadilar. 
О‘qituvchi о‘rganilayotgan mavzu mazmuniga bog‘liq holda iqtisodiy 
tarbiyani amalga oshirishi zarur.
Masalan, “Poyaning eniga 
о‘sishi” mavzusida daraxt tanalarining qurilish, 
mebelsozlik, qog‘oz tayyorlash sanoati va h.k.da keng miqyosda foydalanishi qayd 
etiladi. 
О‘quvchilarda tejamkorlikni vujudga keltirish uchun о‘qituvchi о‘quvchilar 
e’tiboriga quyidagi ma’lumotlarni havola etadi. Bir tonna qog‘oz tayyorlash uchun 
50-80 yoshdagi 15-16 ta daraxt tanasi sarf b
о‘ladi. Daraxtlarni saqlab qolish uchun 
qanday tadbirlarni amalga oshirish zarur deb 
о‘ylaysiz? degan savolni qо‘yadi. 
О‘quvchilar daraxtzorlarni kо‘paytirish, keraksiz qog‘ozlarni tо‘plash va qayta 
ishlashga topshirish zarurligini qayd etadilar. 
О‘qituvchi 60 kg qog‘oz bitta 
daraxtning, 50 t qog‘oz 100 ga yerdagi daraxtzorlarni asrab qolishini aytadi.
Iqtisodiy tarbiya 
о‘qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan 
tashqari mashg‘ulotlarida amalga oshirish, bunda vatanimizning iqtisodiyoti va 
xalq x
о‘jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirishda biologiya fanining tutgan 
о‘rniga oid ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Jismoniy tarbiya
- har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishning 
ajralmas qismi b
о‘lib, о‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy, aqliy, estetik jihatdan 
182 


uyg‘un rivojlanishini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya 
о‘quvchilarning aqliy va 
ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan uzviy holda amalga oshirilgandagina kutilgan 
natijalar, jumladan, 
о‘z salomatligini asrash va mustahkamlash, hatti-
harakatlarning gigiyenik meyorlari, harakat k
о‘nikmalarini tarkib toptirish 
mumkin. Jismoniy tarbiya masalasi biologiyani 
о‘qitish metodikasida inson 
organizmining tuzilishi, hayotiy jarayonlari, rivojlanishi bilan uzviylikda 
о‘rganish 
orqali amalga oshiriladi. “Odam va uning salomatligi” 
о‘quv kursida о‘quvchilar u 
yoki bu jismoniy mashqlarning bajarilishi organlar sistemasi ishiga ta’siri, sport 
bilan 
shug‘ullanishning ahamiyati, organizmni 
chiniqtirish, gigiyenik 
k
о‘nikmalarni hosil qilishning ilmiy asoslari bilan tanishadilar. 
Shuningdek, Vatanimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida 
olib borilayotgan tadbirlar, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, sog‘lig‘ining 
mustahkamlanishi uchun yaratilgan sharoitlar qayd etiladi. Jismoniy tarbiyaning 
muhim y
о‘nalishi – gigiyenik kо‘nikmalarni kundalik odatlarga aylantirish, 
hayotda gigiyenik meyorlarga amal qilishga ongli munosabat, sog‘lom turmush 
tarzi k
о‘nikmalarini tarkib toptirish, yoshlikdan sport bilan shug‘ullanishga 
y
о‘naltirishdan iborat. Sport bilan shug‘ullangan о‘quvchilarda iroda va salomatlik 
mustahkamlanishi, aniq maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni bardosh va chidam 
bilan yengishga kabi ijobiy fazilatlar vujudga kelishi k
о‘rsatib о‘tiladi. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin