tutilgan.
Shaxsning bu xususiyatlari
о‘quv-bilish, ijtimoiy-foydali mehnat
jarayonida k
о‘zga tashlanadi. Maktab biologiya о‘quv fanlari о‘quvchilarda
vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda muhim
о‘rin tutadi.
Tabiatshunoslikni
о‘qitishda о‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashda Respublikamizning g
о‘zal tabiati, yer
osti va usti boyliklari, xalq
x
о‘jaligini rivojlantirishda qо‘lga kiritilgan yutuqlar, barkamol shaxsni kamolga
yetkazish maqsadida qabul qilingan “Sog‘lom avlod” Davlat dasturi, sog‘liqni
saqlash sohasida qabul qilingan qonunlar, tabiatni
muhofaza qilish yuzasidan
о‘tkazilayotgan tadbirlar bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek,
о‘rta asrlarda yashagan ulug‘ allomalarning jahon sivilizatsiyasiga
q
о‘shgan hissalari, ularning ma’naviy qarashlari, hadislar, hikmatli
hikoyalardan
foydalanish tavsiya etiladi.
О‘rganilayotgan mavzu mazmuniga bog‘liq holda tabiatni ilmiy-nazariy,
hissiy-estetik jihatdan
о‘rganishni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish – insonning tabiatga
nisbatan ongli, ma’naviy-axloqiy munosabatlari meyorlarining asosini tashkil
etadigan yuksak vatanparlik burchning shakllanishiga zamin tayyorlaydi.
О‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samaradorligi
quyidagilarga
bog‘liq: О‘quvchilarning hissiyotiga ta’sir kо‘rsatadigan о‘quv materiallarini
tanlash; Tanlangan о‘quv materialining о‘rganilayotgan о‘quv materiali bilan
uzviyligini ta’minlash orqali milliy g‘ururni shakllantirish;
О‘qituvchi tomonidan о‘quv materiallarini ehtirosli bayon etish;
О‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda samarali
metod va vositalardan foydalanish; О‘quvchilarni о‘rganilayotgan
mavzu mazmuni
bilan bog‘liq holda kasb tanlashga, Vatanning ravnaqi va mustaqillikning
mustahkamlanishi
ga hissa qо‘shishga
safarbar etish; Sharq ma’naviyati
durdonalari, hadislar, hikmatli hikoyalar va afsonalardan foydalanish.
Vatanparvarlik tarbiyas
i о‘qitishning barcha shakllarida,
shu jumladan, sinfdan
tashqari mashg‘ulotlarida amalga oshirish, bunda vatanni madh etuvchi she’rlar,
qо‘shiqlar, san’at asarlari, ma’naviyat durdonalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: