O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

25
-
§
BIOLOGIYAN
I О‘QITISHDA TA’LIM-TARBIYANING 
UZVIYLIGI
BIOLOGIYAN
I О‘QITISHDA TA’LIM – TARBIYA
MASALALARI 
О‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati 
insonni intellektual va ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq 
bо‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirishni 
nazarda tutadi. 
Ushb
u vazifalarni hal etish uzluksiz ta’lim tizimida о‘qitiladigan barcha о‘quv 
fanlari qatori biologiyaning ham zimmasiga yuklanadi. Barkamol shaxs – fuqaroni 
shakllantirish vazifasining muvaffaqiyatli hal etilishi 
avvalo, о‘quvchilarda ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirishni talab etadi. 
Tabiat tо‘g‘risidagi yetakchi fanlarning biri sanalgan – biologiya zimmasiga 
о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ancha ma’suliyatli vazifalar 
tushadi. Shu 
sababli, ham maktab biologiya о‘quv fanining mazmuni 
о‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda katta imkoniyatlarga ega.
Biologiyan
i о‘qitishda avvalo, о‘quvchilarni biologiyaning asosiy g‘oya, 
nazariya, qonuniyatlari va tushunchalari, amaliyot
, xalq xо‘jaligining turli 
tarmoqlarida tutgan о‘rni, biologik bilimlarni о‘zlashtirishning ahamiyati bilan 
tanishtirish nazarda tutiladi va shu 
orqali о‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirish va insonning tabiat va jamiyatga ongli munosabatini tarkib toptirish 
bilan uzviy bog‘langan holda ta’lim-tarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi. 
Mazkur tizim о‘zida о‘quvchilar tomonidan fan asoslarini mustahkam 
о‘zlashtirishlari barobarida, ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish, 
о‘quvchilarni ma’naviy-ahloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, 
jismoniy, gigiyenik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalarini 
mujassamlashtiradi. 
171 


Ilmiy dunyoqarashni sha
kllantirish. О‘quvchilarning biologiya о‘quv fanini 
о‘rganishi biologik obektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayot faoliyati 
qonuniyatlarini tushunishg
a olib keladi. Bu bilimlar о‘quvchilarning ilmiy 
dunyoqarashi va e’tiqodlari sitemasini tashk
il etadi. О‘quvchilarning ilmiy 
dunyoqarashi biologik qonuniyatlarni “tabiat-inson-jamiyat” munosabatlarining 
tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tushunishga asoslanadi.
“Ilmiy dunyoqarash” tushunchasiga biologiya 
о‘qitish metodikasining turli 
manbalarida turlicha yondoshilgan. Jumladan, B.YE.Raykov ilmiy dunyoqarash 
tushunchasini “dunyo haqidagi bilimlar o’quv qo’llanmasi”, V.V. Vsesvyatskiy 
“tabiatga nisbatan t
о‘g‘ri qarashlar o’quv qo’llanmasi”, N.M.Verzilin va 
V.M.Korsunskaya “insonning atrof muhitga munosabati, jamoa va jamiyatdagi 
xulq-atvorini aniqlaydigan ilmiy tasavvurlar va tushunchalar tizimi” deb ta’rif 
berganlar.
Pedagogik ensiklopediyada “ilmiy dunyoqarash falsafiy, ilmiy, siyosiy, 
iqtisodiy, huquqiy, ahloqiy, estetik ideallar va e’tiqodlar yig‘indisi, insonning 
moddiy borliq haqidagi qarashlari o’quv qo’llanmasi hisoblanib, shular asosida 
inson tabiat va ijtimoiy muhitga 
о‘z munosabatini namoyon etadi” deb ta’rif 
berilgan. 
Ushbu ta’rif asosida biologiya 
о‘qitish metodikasi ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirishda ahamiyatga molik b
о‘lgan tushunchalarni aniqlash, mazkur 
tushunchalarni shakllantirish uchun zarur b
о‘ladigan shart-sharoitlarni va asosiy 
bosqichlarni, biologiyani 
о‘rganish natijasida vujudga keladigan qarashlar va 
e’tiqodlar tizimiga tavsif berishi, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib 
toptirishdagi 
о‘rnini kо‘rsatishi lozim. 
Biologiyani 
о‘qitishda о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga asos bо‘ladigan 
tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
Jonsiz va jonli tabiatning kimyoviy tarkibidagi 
о‘xshashliklar, yuz beradigan 
hodisalarning umumiyligi va uzviyligi; 
Tirik organizmlarda sodir b
о‘ladigan hayotiy jarayonlar va 
о‘zgaruvchanliklarni tushunishda, muammoli о‘quv topshiriqlarini hal etishda 
172 


biologik qonunlar bilan bir qatorda, fizik-kimyoviy qonunlardan foydalanish orqali 
fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish; 
Moddiy borliqdagi hodisa va voqealarni 
о‘rganishning zarurati, ekologik 
fojealarning sabablari va ularni bartaraf etish tadbirlari; 
Inson tomonidan tabiat qonunlarini 
о‘rganish va undan samarali va oqilona 
foydalanish y
о‘llari; 
Tabiiy hodisalarning 
о‘zaro bog‘liqligi va rivojlanishida sabab-oqibat 
bog‘lanishlar. 
Inson – ijtimoiy mavjudot. 
Tabiatni muhofaza qilish – bu sayyoramizda hayotni asrashning asosi;
Umumiy 
о‘rta ta’lim maktablarida botanika, zoologiya, odam va uning 
salomatligi 
о‘quv kurslari mazmun jihatdan faktlarga boy bо‘lishi bilan bir 
qatorda, har bir mavzuda 
о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish 
imkonini beradi. 
Botanika 
о‘quv fani dasturidan о‘rin olgan “О‘simlik-yaxlit organizm” 
mavzusini 
о‘rganishda о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga asos 
b
о‘ladigan bilimlar umumlashtiriladi, tabiatni muhofaza qilishga doir 
k
о‘nikmalarni amaliyotga qо‘llash imkoniyati tug‘iladi. Mazkur biologik bilimlar 
muayyan darajada 
о‘quvchilarning atrof-muhitga bо‘lgan munosabati, hatti-
harakatini belgilaydi. Shu sababli 
о‘qituvchi ushbu mavzuni о‘rganishda jiddiy 
tayyorgarlik k
о‘rishi, о‘quvchilarning e’tiborini mazkur bilimlarga tayanib, tabiiy 
boyliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyatini anglagan holda ularni asrash 
lozimligi haqida xulosa chiqarishiga y
о‘naltirishi lozim. Mavzuni о‘rganish 
jarayonida 
о‘simlikning barcha organlari о‘zaro bog‘liqligi, organizm bilan atrof-
muhit 
о‘rtasida uzviylik mavjudligi yoritiladi. Mazkur bilimlar о‘quvchilarning 
о‘simlikning yaxlit organizm ekanligi, biologik jarayonlarning borishida 
organlarning ishtiroki, biologik hodisalarning sodir b
о‘lishida sabab-oqibat 
bog‘lanishlarini anglashga yordam beradi. 
О‘qituvchi о‘quvchilar faoliyatini 
о‘simlik organizmining tuzilishi va funksiyasi, kо‘payish usullari, yashash 
muhitiga moslashishi xaqidagi bilimlarini umumlashtirish, ilmiy dunyoqarashga 
173 


oid xulosalar chiqarishga y
о‘llaydi. О‘quvchilarning о‘simliklarning hujayraviy 
tuzilishi haqidagi bilimlarini umumlashtirish maqsadida hujayra, t
о‘qima, organ, 
organlar sistemasi va organizm 
о‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash va quyidagi 
jadvalni t
о‘ldirish tavsiya etadi. 
О‘quvchilar darslik, kо‘rgazmali vositalar va tarqatma materiallar yordamida 
mustaqil ishlab, hujayra, t
о‘qima, organ, organlar sistemasi va organizm 
о‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlab, muayyan xulosaga keladilar. 
О‘quvchilarning о‘simliklarda boradigan hayotiy jarayonlarning mohiyatini 
anglashlari, jumladan, fotosintez jarayonida 
о‘simlik organlarining bajaradigan 
vazifalarini aniqlash uchun quyidagi jadvalni t
о‘ldirish tavsiya etiladi. 
14-jadval 
О‘simlik 
organlari 
Fotosintez jara-
yonidagi vazifasi 
Organik 
moddalar harakati 
va sarfidagi ulushi 
О‘zaro 
bog‘liqlik 
Ildiz 
Poya 
Barg
Gul
Meva
Dars yak
unida о‘simlik organlarida sodir bо‘ladigan hayotiy jarayonlar, 
ularga ta’sir kо‘rsatuvchi tashqi muhit omillari qayd etilib, bilimlar 
umumlasht
iriladi va о‘simlik – yaxlit organizm ekanligi haqida xulosa chiqariladi. 
Shu
ningdek , “Odam va uning salomatligi” о‘quv fanidagi “Oliy nerv 
faoliyati” bobida shartsiz va shartli reflekslar, tormozlanish, nutq va fikrlash 
haqida tushuncha berishda dialektik materializmning materiyaning birlamchi, ong 
ikkilamchi qonuniga asoslanishi lozim, ya’ni har qanday tasavvur tashqi muhit 
ta’sirida vujudga kelishi, tashqi muhit ta’ssurotlar manbai ekanligi qayd etiladi. 
174 


“Umumiy biologiya” о‘quv fanida moddiy olamning yaxlitligi va birligi, 
о‘simliklar, hayvonlarning hujayraviy tuzilishi, prokariot va eukariot 
organizmlarning о‘xshashligi va farqlari, ularda boradigan hayotiy jarayonlar 
haqida tushuncha berib, tirik organizmlarning xilma-xilligi, tabiiy guruhlarda 
birgalikda yashashga moslashg
anligi, ularga ta’sir kо‘rsatadigan ekologik omillar 
tushuntiriladi va hayotning molekula, hujayra, organizm, populyatsiya, tur, 
biogeotsenoz va biosfera darajalari mavjudligi qayd etiladi. 
Biologiyan
i о‘qitishda о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilgan barcha bilimlar 
DTSda qayd etilgan “Organizm-biologik sistema”, “Ekologik sistemalar”, 
“Organik olam evolyusiyas
i” yо‘nalishlari bо‘yicha umumlashtiriladi va ilmiy 
xulosalar chiqariladi. 
Biologiya 
о‘qitishda о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish 
uchun quyidagi shart-sharoitlarni vujudga keltirish zarur: 
О‘qituvchilar tomonidan о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini 
shakllantirishda ahamiyatga molik biologik g‘oya, nazariya va tushunchalarni 
chuqur ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tushunishi. 
О‘qitish jarayoni (mavzu, о‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyati)ning har bir 
bosqichida 
о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda tutgan о‘rnini 
tahlil qilish va aniqlash. 
Biologiya 
о‘qitishda о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga asos bо‘ladigan 
tushunchalarning mazmuni va mohiyatini anglashlari, tabiiy hodisalarning 
sabablarini aniqlash va dalillashda, 
о‘quv muammolarini hal etishda boshqa о‘quv 
fanlaridan 
о‘zlashtirgan bilimlariga asoslanishi, ya’ni nafaqat tabiiy-matematik, 
balki ijtimoiy-gumanitar 
о‘quv fanlari bilan fanlararo bog‘lanishlarni amalga 
oshirish. 
Biologik qonuniyat, xulosa va umumlashmalarni biologiyaning ilmiy-
tadqiqot metodlari yordamida olingan natijalar, faktlar yordamida asoslash va 
dalillash. 
О‘quvchilarning tirik tabiatning umumiy qonuniyatlarini о‘rganishning 
muhimligi, asosiy g‘oya va tushunchalarning rivojlanishini anglash va tushunishga 
175 


y
о‘naltirish asosida о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish. Bunda 
о‘quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlari, muammoli vaziyatlarni vujudga 
keltirish, nazariy mazmunga ega 
о‘quv topshiriqlarini tayyorlash lozim. 
О‘quvchilar tomonidan ilmiy dunyoqarash masalalariga bog‘liq 
tushunchalarni 
о‘zlashtirish darajasi va sifati, о‘zlashtirilgan bilimlarni о‘quv va 
amaliy faoliyatga q
о‘llashni muntazam ravishda aniqlash, olingan natijalarga 
muvofiq 
о‘qitish jarayonining mazmuni va borishiga tegishli о‘zgartirishlar 
kiritishi lozim. 
Turli hayotiy vaziyatlarda 
о‘quvchilarning nuqtai nazari, e’tiqodining 
mustaqilligi, hatti-harakati va xulq-atvorining t
о‘g‘riligini dalillovchi 
xususiyatlarga ega b
о‘lgan umumiy biologik tushunchalarni о‘quv va amaliy 
faoliyatga q
о‘llash ehtiyojini rivojlantirish zarur. 
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda 
о‘quvchilar tafakkurining rivojlanishi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Biologiya 
о‘quv fanlarining mazmuni dialektik-
materialistik nuqtai nazardan yoritilishi, 
о‘quvchilar tomonidan organik olam va 
unda sodir b
о‘ladigan о‘zgarishlarni tushunibgina qolmasdan, balki tirik 
organizmlarda boradigan hayotiy jarayonlarning mohiyati, mazkur jarayonlarga 
ta’sir k
о‘rsatadigan omillar, tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashishi va 
xilma-xilligining sabablarini anglaydilar. Biologiyani 
о‘qitishda о‘qituvchi 
о‘quvchilarning mantiqiy fikr yuritishiga, taqqoslash, umumlashtirish va xulosa 
chiqarishga zamin tayyorlaydigan 
о‘quv topshiriqlarini tayyorlashi lozim. 
О‘qitishning bu shaklda tashkil etilishi о‘quvchilarning faktlar, hodisalarning 
о‘zaro bog‘liqligi ustida mulohaza yuritishiga yordam beradi. Mulohaza yuritish 
о‘quvchilarning о‘quv materialini ongli va puxta о‘zlashtirishiga imkon yaratadi. 
О‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish ularda mustaqil va ijodiy fikrlashni 
tarkib toptirishga bog‘liq b
о‘ladi. Bu masalalar “Biologiyani о‘qitishda 
о‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni tarkib toptirish” mavzusida batafsil
yoritilgan. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin