O’zbekiston Respublikasi Xalq


  Ekologik tarbiya



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

178 


Ekologik tarbiya.
“Hozir XXI asr bо‘sag‘asida, fan-texnika taraqqiyoti jadal 
sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Dunyon
ing jо‘g‘rofiy-siyosiy tuzilishi о‘zgar-
moqda. Bunday sharoitd
a inson tomonidan biosferaga kо‘rsatilayotgan ta’sirini 
tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning 
о‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning о‘zaro munosabatlarida 
muvozanatga erishish muammolari borgan s
ari dolzarb bо‘lib qolmoqda” 
Sayyoramizda ekologik muammolar va tanglik yuz berayotgan jarayonda 
о‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish zarurati kelib chiqadi.
Ekologik madaniyat umumiy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sanalib, 
shaxsning ma’naviy hayoti va kundalik hayotida hatti-harakat shaklida namoyon 
bо‘ladigan, hayotning va tabiatning bebaho ahamiyatini anglash, ularni asrab 
avaylash, muhofaza qilishd
a faollik kо‘rsatish kabi sifatlarni о‘z ichiga oladi.
Ushbu madaniyat albatta 
о‘quvchilarning ekologik ta’lim va tarbiyasi asosida 
vujudga keladi. Ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi 
о‘quvchilarda tabiatga 
nisbatan burch va ma’suliyat, ongli munosabatni tarkib toptirish, sharqona odob-
ahloq meyorlariga mos xulq-atvorni shakllantirish sanaladi. 
О‘qituvchi har bir darsda, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va 
ekskursiyalarda 
о‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish bо‘yicha rejali 
va muntazam ish olib borishi zarur. 
Tabiatshunoslikni 
о‘qitishda ekologik masalalar keng qamrovli bо‘lib, 
hamma 
о‘quv fanlarida mujassamlashgan. Ushbu о‘quv materiallari 
о‘quvchilarning tabiatdagi uyg‘unlik, unda sodir bо‘ladigan hodisalar, о‘zgarishlar, 
ular 
о‘rtasidagi uzviylik va mazkur uzviylikni, о‘zaro bog‘lanishlarni buzib 
yuborish osonligini tushunishga imkon beradi. Masalan, qishloq x
о‘jaligi 
dalalarida zaharli pestitsid va gerbitsidlardan foydalanish, k
о‘zlangan natijaga olib 
kelishi mumkin, lekin bu jarayonda dorivor 
о‘simliklar va foydali hasharotlar ham 
nobud b
о‘ladi. Ularni yegan qushlar ham qirilib ketadi. Natijada shu arealdagi oziq 
zanjiri buzilib ketishi, 
о‘simliklar qoplami ham muayyan darajada о‘zgarishlarga 
uchrashi tayin. 
179 


О‘qituvchi biologiya о‘quv fanini о‘qitish orqali ekologik tushunchalar: 
organizm va muhitning 
о‘zaro bog‘liqligi, tabiiy jamoalarning almashinuvi
biogeotsenozlar, ekologik sistemalarning 
о‘zgarishi, biosfera, insonning ekologik 
omil ekanligi va h.k. 
о‘quvchilar tomonidan mustahkam о‘zlashtirishlari, kо‘nikma 
va malakalarni egallashiga erishishi lozim.
О‘quvchilarda ekologik madaniyatni tarkib toptirishda quyidagi vazifalar 
amalga oshirilishi lozim: 
О‘quvchilar tomonidan tabiatning yaxlitligi, jamiyat va tabiatning о‘zaro 
aloqadorligi haqidagi ilmiy bilimlarni 
о‘zlashtirish, tabiatga nisbatan ongli 
munosabatni tarkib toptirishga asos b
о‘ladigan ekologik bilim, kо‘nikma va 
malakalarni egallashga erishish; 
Tabiat va uning tarkibiy qismlarining keng ma’nodagi ahamiyatini 
tushunish, tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklarning farqiga yetish; 
Tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, atrof-muhitning tozaligini 
asrash, k
о‘kalamzorlashtirish va tabiiy boyliklarni kо‘paytirish uchun amalga 
oshiriladigan tadbirlar, ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish motivlarini 
shakllantirish. 
Ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda quyidagi k
о‘rsatmalarga amal 
qilish zarur: 
Tabiat va atrof muhitni 
о‘rganish va о‘zlashtirish insonning bilish va amaliy 
faoliyati birligi asosida tashkil etiladi. Shu sababli 
о‘qituvchi biologiyani 
о‘qitishda tabiatning har bir tarkibiy qismi, shu jumladan, о‘simliklar, 
hayvonlarning tuzilishi va hayotiy jarayonlari 
о‘rganilganda о‘quvchilarga ilmiy 
bilimlar berish bilan birga, mazkur bilimlarni amaliyotga tatbiqi haqida ham 
ma’lumot berishi, har bir organizmga tashqi muhitning k
о‘rsatadigan ta’siri, 
organizmlarning yashash muhitiga moslashishini tushuntirilishi; 
Insonning jonsiz va jonli tabiatga, 
о‘simliklar olami va hayvonot dunyosiga 
k
о‘rsatgan ijobiy va salbiy ta’sirini yoritish asosida, tabiat, inson va jamiyat 
munosabatlari tushuntirilishi, fan sohalari b
о‘yicha tо‘plangan ilmiy bilimlar 
integratsiyasi va fanlararo bog‘lanishlar amalga oshirilishi;
180 


Sayyoramizda vujudga kelgan lokal va global ekologik muammolarni hal 
etishda dunyo hamjamiyati, davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyati, ya’ni 
ushbu ekologik muammolarning hal etilishida davlatlararo umumiy aloqadorlik 
masalalari haqida ma’lumot berilishi;
О‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish barkamol shaxsni 
kamolga yetkazish borasida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning asosiy 
tarkibiy qismi ekanligini nazarda tutish zarur. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin