yuritishning tarkibiy qismlaridan, xususan, mustaqil fikr yuritish
kо‘nikmalaridan
foydalanishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki,
о‘quvchilarda nomlari zikr etilgan
fikr yuritish
kо‘nikmalarini rivojlantirmay turib ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirish mumkin emas. Ijodiy fikr yuritish
kо‘nikmalari
ijodiy faoliyat tajribalarining asosini tashkil etadi. Ijodiy faoliyat tajribalarini
egallashda
о‘quvchilar aqliy faoliyat usullari bо‘lgan о‘rganilayotgan obektni tahlil
qilish, taqqoslash, tarkibiy qismlarga ajratish, sintezlash, sabab-oqibat
bog‘lanishlarini tasavvur qilish, umumlashtirish va xulosa yasashni egallagan
bо‘lishlari lozim. Shundagina о‘quvchilar ijodiy faoliyatning asosini tashkil
etadigan xususiyatlar:
Tanish obektlarning yangi xususiyatlari va vazifalarini topishi;
Tanish vaziyatlardagi muammolarni mustaqil ravishda hal etish;
Bilim va k
о‘nikmalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llash orqali
muammoni hal etish;
О‘zlashtirgan bilim va kо‘nikmalarni amaliyotda ijodiy qо‘llashga о‘rganishi
mumkin.
О‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini
rivojlantirishning muhim sharti,
о‘quvchilarning о‘z fikrlarini dalillash va asoslash
sanaladi. Shu sababli,
о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalari
asosan,
о‘quv munozaralari va bahslar orqali rivojlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: