9-§
UMUMIY О‘RTA TA’LIM О‘QUV YURTLARIDA BIOLOGIK
TA’LIM MAZMUNI
1.Umumiy
о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’lim mazmuni asoslari.
XXI asr –
informatsion texnologiyalar asri. Bu asr oʻz
mutaxassislaridan
umuman oldingidan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va
undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim, oʻz sohasida iloji boricha koʻproq
m
aʻlumotni bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan boʻlsa,
endi bu bilimlar hal
qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar,
sohalar boʻyicha mukammal onlayn maʻlumotlar bazalari yaratildiki,
endi bu
maʻlumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi planga tushib qoldi.
Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan
yangi
maʻlumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “kosa tagidagi nimkosa”ni
koʻra olish kompetensiyasi birinchi oʻringa koʻtarilayapti.
Dostları ilə paylaş: